1. XIX asr o’rtalarida Qo’qon xonligining siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli XIX asr boshida Norbutabiydan so‘ng uning o‘g‘li Olimxon 1801-1810 yy


XIX asr oxiri-XX asr boshlarida qoraqalpoqlarning madaniy hayoti



Download 0,63 Mb.
bet27/47
Sana22.02.2023
Hajmi0,63 Mb.
#913932
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   47
Bog'liq
3 kurs savollar O\'zbekiston tarixi(javoblari bn)

31. XIX asr oxiri-XX asr boshlarida qoraqalpoqlarning madaniy hayoti
20-asr boshlarida qoraqalpoq adabiyotida she’riyat yetakchilik qildi.
Hozirgi zamon qoraqalpoq adabiyotining asoschilari A. Musaev, S.
Majitov, K. Avezov, K. Yormanov, I. Fozilov, N. Dovqoraev, A. Begimov, J. Aymurzaev, D. Nazberganov, M. Daribaev, A. Shomuratov, S. Qurbonniyozov va boshqalarning ijodida madaniyat va ma’rifat, ta’lim, mehnat, tabiat, xalqlar do‘stligi, ayollar tengligi va boshqa umuminsoniy masalalar asosiy mavzulardan bo‘ldi.
Ajiniyoz Kasibay o‘g‘li (taxallusi Zevar, 1811-1878yy.) ham qoraqalpoq xalqining mashhur shoirlaridan biridir. Ajiniyoz she’rlarida vatanparvarlik va insonparvarlik g‘oyalari ustunlik qiladi. Shoirning “Bo‘zatov” dostonida qoraqalpoq xalqining boshqa yurtlarga majburan ko‘chib ketishi kuylanadi. Ajiniyoz oldin eski maktabda, so‘ngra Xivadagi Sherg‘ozixon madrasasida o‘qigan. Qoraqalpoq ziyolilari orasida birinchilardan bo‘lib oxund darajasiga erishgan. O‘zbek, qozoq, turkman tillarini yaxshi bilgan. Ajiniyozning yuzga yaqin she’r va dostonlari adabiy merosi sifatida bizga yetib kelgan. She’rlarida vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalari kuylangan. “Kerak”, “Bo‘ladi”, “Bo‘lmasa”, “Yaxshi”, “Yigitlar” kabi asarlarida Ajiniyozning insonparvar g‘oyalari, falsafiy qarashlari ifodalangan. Asarlari xalq orasida keng tarqalgan. “Qiz Mengesh bilan aytishuv” asari mashhur. 1999 yil O‘zbekistonda Ajiniyoz tavalludining 175 yilligi keng nishonlandi. Nukus shahrining xushmanzara joyida shoir nomi bilan ataluvchi maydon barpo etildi va Ajiniyozga haykal o‘rnatildi.
Berdimurod Qarg‘aboy o‘g‘li Berdaq (1827-1900 yy) qoraqalpoq klassik adabiyotining mashhur namoyondalaridan biridir. Berdaq shoirning lirik, satirik, didaktik she’rlari, tarixiy dostonlari diqqatga sazovor. Berdaq avval ovul maktabida, so‘ng madrasada tahsil ko‘rgan. Alisher Navoiy, Fuzuliy, Maxtumquli va qoraqalpoq shoiri Kunxo‘ja asarlarini chuqur mutolaa qilgan, ulardan o‘rgangan. U tarixni va xalq, og‘zaki ijodini yaxshi bilgan. Berdaqning lirik she’rlarida, dostonlarida qoraqalpoq xalqining 18-19-asrlardagi ijtimoiy hayoti o‘z ifodasini topgan. U o‘z davri voqealariga, ijtimoiy munosabatlarga zukko shoir sifatida baho beradi. Asarlarida tenglik, insonparvarlik, adolat va vatanparvarlik g‘oyalari ilgari suriladi. Berdaq ijodida mehnatkash xalqning ahvoli asosiy mavzudir (“Bo‘lgan emas”, “Soliq”, “Bu yil”, “Umrim” va b.). Shoir haqiqat uchun, mehnatkash ommaning baxti va kelajagi uchun fidokor kurashchilarni orzu qiladi (“Xalq uchun”,”Menga kerak” va b.). Tarixiy mavzudagi “Avlodlar”, “Omongeldi”, “Oydo‘stbiy”, “Ernazarbiy” asarlarida shoir xalq qaxramonlarini faxr bilann kuylaydi. Berdaqning “Avlodlar” asari tarixiy voqealar solnomasi bo‘lib, qoraqalpoq xalqi bilan boshqa turkiy xalqlar hayotidagi mushtarak voqealar qalamga olinadi, qabila va xalqlarning kelib chiqishi haqidagi fikrlari bayon qilinadi. Berdaq ba’zi ta’magir ruhoniylarning kirdikorlarini fosh etadi (“Yaxshiroq”, “Shekilli” va b.), ayollar huquqini himoya qiladi, yoshlarni vatanni sevishga, ma’rifat cho‘qqilarini egallashga chaqiradi (“O‘g‘limga”, “Ahmoq bo‘lma” va boshqalar).
She’riy mushohadalari va hayotga karashlarida Berdaq mehnatkashlarning baxtiyor yashashini orzu qildi. Berdaq xalqni baxtli qilish haqida o‘ylar ekan, Ollohdan madad so‘raydi (“Yordam ber”), baxt haqida fikr yuritadi (“Izladim”), odil podshoni orzu qiladi (“Kerak”), baxtiyor yashaydigan jamiyat qurilishiga umid qiladi. Berdaq ijodi xalq og‘zaki adabiyoti an’analariga yaqin turadi. Ijodi serqirraligi, asarlarining g‘oyaviy va badiiy yuksakligi bilan qorakalpoq adabiyoti tarixida asosiy mavqeni egallaydi. Uning ko‘pgina asarlari o‘zbek va boshqa xalqlar tillariga tarjima qilingan. O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda Berdaq tavalludining 170 yilligi keng nishonlandi (1998).
Shuningdek, Otesh Alshinbay o‘g‘li (1828— 1902), Qulmurot Qurbon o‘g‘li (1845— 1926), Omar Sugirimbet o‘g‘li va boshqa shoirlarning she’r, doston va boshqa asarlari qoraqalpoq adabiyoti tarixida munosib o‘rin egallaydi. Ularning ijodida qoraqalpoq xalqining XIX asrdagi ijtimoiy – iqtisodiy hayoti aks etgan.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish