59. 40 xil bolt va 13 xil gaykadan bittadan olinib, necha xil juftlik tuzish mumkin?
520
60. Bir mamlakatda 4 ta shahar bor ekan: A, B, C va D. A shahardan B ga 5 ta yoʻl, B shahardan C ga 4 ta yoʻl olib borarkan. A dan D ga 6 ta yoʻl, D dan C ga 3 ta yoʻl bilan borish mumkin ekan. A shahardan C shaharga necha xil yoʻl bilan borish mumkin?
38
61. Necha xil usulda 5 ta kitobdan 3 tadan qilib tanlab olish mumkin?
10
62. Necha xil usulda 7 odamdan 3 kishidan qilib komissiya tuzish mumkin?
35
63. "AKA" so’zidagi harflar yordamida nechta so’z tuzish mumkin?
3
64. "PLANET" so’zidagi harflar yordamida nechta so’z tuzish mumkin?
720
65. Bir oʻquvchida qiziqarli matematikaga oid 7 ta kitob, ikkinchi oʻquvchida esa 9 ta badiiy kitob bor. Ular necha xil usul bilan birining bitta kitobini ikkinchisining bitta kitobiga ayirboshlashi mumkin?