1. Xayol haqida tushuncha. Xayolning ijtimoiy tabiati, fiziologik mexanizmlari



Download 89 Kb.
bet8/8
Sana31.12.2021
Hajmi89 Kb.
#238050
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
XAYOL VA UNING TURLARI

Nutq faoliyatining turlari. Nutq faoliyatini turli belgilar asosida klassifikatsiya qilish mumkin.:

Nutqning psixofiziologik mexanizmi bilan bog‘liq bo‘lgan murakkablik darajasiga ko‘ra:

- xoroviy nutq; - exologik (oddiy takrorlash) nutqi;

- atash nutqi; - kommunikativ nutq.

Nutq faoliyatida rejalashtirishning (programmalashtirishning) roli bo‘yicha:

- faol nutq; - reaktiv nutq.

Nutqning ixtiyoriyligi bo‘yicha:

-ixtiyoriy; - beixtiyor (impulsiv) nutq.

Nutqning etreriorizatsiyalashgan yoki interiorizatsiyalashganligiga ko‘ra:

- tashqi nutq; - ichki nutq.

Yuqorida ko‘rsatilganlardan bir nechtasiga to‘xtalib o‘tamiz.

Ixtiyoriy va ma’lum darajada faol nutq ko‘p xollarda monologik reaktiv nutq esa dialogik nutq deb ataladi.

Monologik nutq. Monologik nutq ma’lum darajada nutqning batafsil turi hisoblanadi. Chunki monologik nutqda biz barcha ma’lumotlarni iloji boricha to‘liq berishga, notanish vaziyat va holatlarni tinglovchi tushunishi uchun batafsil tasvirlab berishga majburmiz.

Monologik nutq – nutqning faol, ixtiyoriy turlaridan biridir. monologik nutqni amalga oshirish uchun gapirayotgan odam qandaydir nutq mazmuniga ega bo‘lishi, shu mazmun asosda o‘z nutqiy mulohazasini izchil ko‘ra bilishi lozim. Boshqacha qilib aytganda notiq o‘z nutqini (gaplarnigina emas) avvaldan bir butun holda oldindan rejalashtiradi (programmalashtiradi).

Monologik nutq qiyin, murakkab bo‘lganligi sababli uni maxsus ravishda tarbiyalash, shakllantirish talab qilinadi. Masalan kichik bola yoki o‘rganmagan kishiga o‘z fikrini batafsil, monolog sifatida bayon qilish qanchalik qiyinligini barchamiz bilamiz. Shu sababli maktablarda, boshqa tipdagi o‘quv yurtlarida monologik nutqni o‘stirishga alohida e‘tibor berish lozim. Ayniqsa o‘qituvchi uchun «tili tumtoq» bo‘lishdan yomonroq, pedagogikaga zidroq narsa yo‘q. Nutqning bu turini rivojalantirish uchun turli bahslar, ma’ruzalar bilan chiqishlar, treninglar o‘tkazish lozim.

Dialogik nutq. Nutqning bu turi vaziyatga qarab yuzaga chiqadi va kontekstual (shu vaziyatdan, oldingi aytilgan fikrning mazmuni va shakllaridan kelib chiqiladi) xarakterga egadir. Dialogik nutqning xarakteristikasi monologik nutqning xarakteristikasiga qarama-qarshi.

Birinchidan, dialogik nutqda suhbatdoshlarga ma’lum bo‘lgan ayrim so‘zlar tushirib qoldiriladi. Shu sababli yozib olingan dialogik nutq o‘zgalar uchun ko‘pincha tushunarsiz bo‘ladi.

Ikkinchidan, dialogik nutq ixtiyorsiz, reaktiv nutqdir. Dialogik nutq ko‘pincha biror fikrga, luqmaga, hatto nutq bilan bog‘liq bo‘lmagan stimullarga javob tariqasida (qo‘lini eshik qisib olgan kishi «Oh!» deydi) yuzaga keladi.

Uchinchidan, dialogik nutq nixoyat darajada oz tartiblidir. dialogik nutq davomida luqma tanlash odatda programmaga ega bo‘lmasa kerak. Agar dialogik nutq jarayonida rejalashtirishga to‘g‘ri kelsa ham bu oddiy rejalashtirish bo‘ladi. Chunki, biz yuqorida ko‘rsatib o‘tganimizdek, dialogik nutq kontekstga bog‘liq ravishda boshqariladi. Ko‘p hollarda u go‘yoki o‘z-o‘zidan «oqib» kelaveradi. Dialogik nutqda qo‘llaniverib odat bo‘lib qolgan so‘zlar va so‘z birikmalari («rahmat», «yaxshi», «marhamat») juda ko‘p qo‘llaniladi.

Ichki nutq. Ichki nutq nutq faoliyatining alohida xili hisoblanadi. Ko‘pincha ichki nutq amaliy va nazariy faoliyatni rejalashtirish fazasida vosita



Xulosa

Xayol ong faoliyati bo`lib, mavjud tasavvurlar orqali yangi, hayotda mavjud bo`lmagan obrazlar, ob’ektlarni yaratishdir. Xayolning funktsiyasi – o`tgan tajriba natijalarini qayta ishlashdir. Hech narsasiz xayol mavjud bo`lishi va yaratilishi mumkin emas. Ushbu tasavvurlar xotiradan farq qiladi va xayol tasavvurlari deb ataladi. Xayol eki fantaziya, tafakkur kabi, yuksak bilish jarayonlari qatoriga kirib, kishining o`ziga xos insoniy xarakterga ega bo`lgan faoliyatlarida namayon bo`ladi. Mehnatning tayer natijasini xayolga keltirmay turib, ishga kirishib bo`lmaydi. Istalgan mehnat jarayoni xayolni uz ichiga qamrab oladi. Xayol inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bo`lib, mehnatning oxirigi va oraliq mahsulotlarida o`z ifodasini topadi, shuningdek problemali vaziyat noaniqlik ko`rsatgan hollarda xulq atvor programmasini tuzishni ta’minlaydi.



ADABIYOTLAR RUYXATI
1. A.V.Petrovskiy. “Umumiy psixologiya”, 1992 yil.

2. P.V.Ivanov .“Umumiy psixologiya”, 1972 yil.

3. A.N.Leont’ev. “Problem’ razvitiya psixika”

4. www.ziyonet.uz
Download 89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish