Xalqaro huquq tushunchasi Xalqaro huquq deganda davlatiararo
ommaviy-huquqiy xarakterdagi siyosiy, harbiy-siyosiy, harbiytexnikaviy,
iqtisodiy, valuta-moliyaviy, ilmiy-texnikaviy, madaniy va
gumanitar munosabatlami tartibga soluvchi xalqaro-huquqiy (shartnomaviy
va odat) normalar yig'indisi tushuniladi.
Berilgan ta’rifdan kelib chiqadiki, xalqaro huquqning subyektlari
davlatiar bo'lib, uning tartibga solish obyekti esa davlatlararo munosabatlardir
(uning konkret turlari - siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy,
harbiy-texnik, moliyaviy va boshq.). Keltirilgan ta’rif xalqaro huquqning
o'ziga xosligini aks ettiradi, shunday bo‘lsa-da, aytish lozimki,
bu ta’rifni to'Uq deb hisoblay olmaymiz. Shunday qilib, davlatiar -
hozirgi zamon xalqaro huquqining yagona subyektlari emas. Ular bu
huquqning asosiy suveren subyektlaridir, shuning uchun ham qisqacha
ta’rifda barcha subyektlami sanab o'tmasa ham bo'ladi. Xalqaro
huquq to'g'risidagi bilimlaming yig'ilib borishi davomida bu ta’rif
kerakli tarzda aniqlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |