Reklama saytlari. Bu turdagi saytlarga asosan reklama agentliklari va reklamalarni joriy
qilish saytlari kiradi.
Tijorat saytlari. Bu turdagi saytlarga internet do’konlar, internet to’lov tizimlari va internet
konvertasiya tizimlari saytlari kiradi, masalan: websum.uz, webmoney.ru, egold.com
Ko’ngilochar saytlar. Bu turdagi saytlarga kompyuter o’yinlariga, fotogalereyalarga,
sayohat va turizmga, musiqa va kinonamoyishlarga bag’ishlangan saytlarni kiritish mumkin,
masalan: mp3.uz, melody.uz, cinema.uz
Ijtimoiy tarmoqlar saytlari. Bu turdagi saytlarga tanishish, do’stlarni qidirish, anketalarni
joylashtirish va o’zaro muloqot o’rnatishga bag’ishlangan saytlarni kiritish mumkin, masalan:
sinfdosh.uz, id.uz, odnoklassniki.ru
Korxona va tashkilotlar saytlari. Bu turdagi saytlarga davlat korxonalari, xo’jalik va
boshqaruv organlari saytlari kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |