1. Voizlik san'ati rivoji jarayonida bu san'atning qanday tarmoqlari yuzaga kelgan



Download 40,78 Kb.
Sana16.03.2022
Hajmi40,78 Kb.
#498061
Bog'liq
1. Voizlik san\'ati rivoji jarayonida bu san\'atning qanday tarmoq


1. Voizlik san'ati rivoji jarayonida bu san'atning qanday tarmoqlari yuzaga kelgan.
A. Dabirlik, xatiblik, muzakkirlik.
B. Ritorika, dialektika.
D. Askiya, nadiya.
E. Tog'ri javob yo'q.

2. Dastlab qaysi so'z diniy baytlarni omma oldida chiroyli, baland ovozda aytish ma'nosida ishlatilgan bo'lsa, keyinchalik ayrim kishilarning sifatlarini haddan ortiq maqtovchi kishilarga nisbatan ishlatilgan?


A. Maddoh.
B. Badihago'y.
D. Askiyachilik.
E. Suxandon.

3. Notiqlik san'ati qayerda shakllangan?


A. Yunoniston.
B. Italiya.
D. Xitoy.
E. Germaniya.

4. Makedoniyada falsafa maktabi ochgan va katta kutubxona tashkil qilgan notiq kim?


A. Aristotel.
B. Plutarx.
D. Sitseron.
E. Demosfen.

5. Qaysi notiq Fukidid asarlarini 8 marotaba qayta ko'chirib, uni deyarli yoddan o'zlashtirgan?


A. Demosfen.
B.Sitseron.
D. Aristotel.
E. Plutarx.

6. Umumiy ritorikaning sohasini toping.


A. B va E javoblar tog'ri.
B. Munozara nazariyasi.
D. Tog'ri javob yo'q.
E. Jamoat nutqi nazariyasi.

7. Xutubi jihodiya qanday nutq?


A. Jangovar nutqlar.
B. Yuqori tabaqa nutqi.
D. Oddiy xalq nutqi.
E. Shoir nutqi.

8. G'aribona maqom qanday nutq?


A. Oddiy xalq nutqi.
B. Yuqori tabaqa nutqi.
D. Jangovar nutq.
E. Shoir nutqi.

9. Ritorikaning boshlang'ich qismini nima deb ataymiz?


A. Ritorik kanon.
B. Ritorik pafos
D. Ritorik takror.
E. Ritorik urg'u.

10. Qaysi davlatda ritorik maslahat yordami mavjud?


A. Yaponiya.
B. Qirg'iziston.
D. Qozog'iston.
E. Italiya.

11. Qaysi atama arabcha ''zakiy'' so'zidan olingan?


A. Askiyachi.
B. Voizlik.
D. Diktor.
E. Badihago'y.

12. Qaysi atama ''da'vat'', ''xitob'' ma'nolarini bildiradi?


A. Voizlik.
B. Badihago'y.
D. Suxandon.
E. Askiyachi.

13. Kim notiqlik san'atini 5 qismga bo'lib o'rgatadi?


A. Aristotel.
B. Demosfen.
D. Sitseron.
E. Plutarx.

14. Ifodali o'qish asoslari qaysi fanlar bilan aloqador?


A. Barcha javoblar tog'ri.
B. Tilshunoslik, psixologiya.
D. Pedagogika, falsafa.
E. Folklor, adabiyotshunoslik.

15. Kim nutq jarayonida tinglovchi diqqatini jalb qilishni birlamchi vositasi ohangdorlikda deb bilgan?


A. Ray Grokx.
B. Mark Tulley.
D. Sitseron.
E. Sill.

16. Yunon mulkida notiqlik san’ati qachon paydo bo’lgan?


A. Eramizdan avval V asr
B. Eramizdan avval III asr
D. Eramizdan avval VII asr
E. Eramizdan avval VI asr

17. Yunonistonda demokratiya tuzumining qaror topishi har bir ozod fuqaroga qanday imkon berdi?


A. Davlatni boshqarish ishlarida qatnashish
B. O’z yeriga egalik
D. Boshqa davlatga borish
E. Tillarni o’rganish

18. Notiqlik nafaqat davlat ishlarida, balki … ham zarur bo’la boshladi.


A. Sudda
B. Tashqi ishlarda
D. Hokimiyatda
E. Mudofaa vazirligida

19. Sudlanuvchilarga ta’sirli matnlar yozib beradiganlar kimlar deyiladi?


A. Logograflar
B. Notiqlar
D. Pediatrlar
E. Psixologlar

20. Notiqlikning qanday turlari mavjud?


A. Sud notiqligi, siyosiy notiqlik, harbiy notiqlik
B. Siyosiy notiqlik, sud notiqligi
D. Sud notiqligi, harbiy notiqlik
E. Epideytik notiqlik, siyosiy notiqlik

22. Arastu qanday oilada tug’ilgan?


A. Shifokor
B. Dehqon
D. Notiq
E. O’qituvchi

23. Arastu nechinchi yilda tug’ilgan?


A. Er .avv.384-yil
B. Er.avv.348-yil
D. Er .avv.385-yil
E. Er .avv.386-yil

24. Arastu 17 yoshida kimga shogird tushgan?


A. Platon
B. Geradot
D. Demokrit
E. Gemokrit

25. Yusuf Xos Hojib qaysi asar muallifi hisoblanadi?


A. “Qutadg’u bilig”
B. “Hibbat ul-haqoyiq”
D. “Qobusnoma”
E. “Devonu lug’otit turk”

26. Mahmud Koshg’ariy qalamiga mansub asarni belgilang?


A. “Devonu lug’otit turk”
B. “Qobusnoma”
D. “Qutadg’u bilig”
E. “Hibbat ul-haqoyiq”

27. “Mahbub ul-qulub”ning nechanchi bobi voizlik haqida?


A. 24-bobi
B. 23-bobi
D. 22-bobi
E. 25-bobi

28. “Futuvvatnomai sultoniy” kimning asari?


A. Husayn Voiz Koshifiy
B. Yusuf Xos Hojib
D. Mahmud Koshg’ariy
E. Kaykovus

29. “Tariqat ahlining odobi” qaysi asarning tarkibi hisoblanadi?


A. “Futuvvatnomai sultoniy”
B. “Hibbat ul-haqoyiq”
D. “Qutadg’u bilig”
E. “Devonu lug’otit turk”

30. Nutq madaniyati va uslubiyat ilmi taʼlim sifatida qayerda shakllangan?


A. Rim va Afina
B. Bobil
C. Damashq
D. Xuroson
31. Qadimgi davrda qaysi sanʼat turlarini mukammal egallagan arboblargina yuqori lavozimlarga saylangan?
A. Notiqlik sanʼati va sarkardalik mahorati
B. Ritorika va notiqlik
C. Voizlik
D. Suxandonlik

32. Kishilik jаmiyatidа ritоrikа vа nоtiqlik sаn’аtining o’zigа xоs mаktаbini yarаtgаn arboblar kim?


A. Demosfen, Sitseron
B. Farobiy, Ibn Sino
C. Diogen
D. Navoiy

33. Qaysi аsаrda Sultоn Bоyqаrоning mаvlоnо Irshоd nоmli so’z ustаsi bo’lgаnligi, uning zo’r nоtiq ekаnligi qаyd qilingаn?


A. “Lаtоyifut-tаvоyif”
B. "Fozil odamlar shahri"
C. "Ritorika haqida kitob"
D. “Xattotlik haqida kitob”

34. Qozi Oʻshiy nоtiqlik mаhоrаtigа bаg’ishlаngаn risоlаni toping


A. Miftohun najjoh
B. “Kitob fissan'at al-kitobat“
C. “Kitob fil- xitoba”
D. Latoyifut-tavoyif

35. “Poetika” asari kimning qalamiga mansub?


A. Arastu
B. Geradot
D. Platon
E. Demokrit

36. Taxminan IX asrgacha voizlik vazifasini kimlar bajargan?


A. shoh, harbiy sarkarda
B. xalifa
D. Notiqlar
E. Muftiy

37. Ifodali o'qishning asosiy prinsipi bu...


A. o'qiladigan matnning g'oyasi
B. A va D javob toʻgʻri
D. nutq emmotsionalligini oshirish
E. asar badiiy qimmatini chuqur tushuntirishdir.

38. O’rta Osiyo notiqligining o’ziga xos xususiyatini belgilang.


A. B va E javob toʻgʻri
B. davr tuzumining manfaatlariga xizmat qilar edi.
D. Toʻgʻri javob yoʻq
E. asar mazmunini tovush va ohang orqali o'quvchilarga ko'rgazmali qilib ko'rsatish

39.Qaysi arbob nutq madaniyatiga va odobiga oid qarashlari tizimini uchta ilmiy – lisoniy yo’nalishda bayon qilgan: nutq odobi yo’nalishi, nutq madaniyati yo’nalishi, notiqlik san'ati yo’nalishlari.


A. Navoiy
B. Sitseron
D. Ibn Sino
E. Farobiy

40. Ibn Sino nimani «Sirti tuzalgan, lekin ichidan yiringlab ketgan yara»ga qiyoslaydi?


A. Notiq tomonidan chetlab o’tilgan nuqsonlar
B. toʻgʻri javob yoʻq
C. tinglovchiga ta’sir oʻtkazolmaslik
D. pauzalarga rioya etmaslik

51. Va’z aytganda to’g’ri so’zlash, to’g’ri mantiqiy xulosalar chiqarish, mazmundor va go’zal nutq matnini tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning roliga nazariy va amaliy jihatdan katta e’tibor bergan voiz kim?


A. Forobiy
B. Sitseron
D. Navoiy
E. Demosfen

52. Forobiyning yozishicha, qaysi san'at kishiga shunday qonunlar haqida ma'lumot beradiki, bu qonunlar vositasida aql chiniqadi, inson sog’lom fikrlashga o’rganadi – haq va to’g’rilik qaysi tomonda ekanini anglaydi, turli xatolarga yo’l qo’yishdan saqlanadi


A. Mantiq
B. Ritorika
D. Voizlik
E. Huquq

53.Ifodali oʻqishning kundalik nutqdan farqi nimada?


A. kishining nutq faoliyatining maxsus e'tibor berilgan ko'rinishi boʼlganligi
B. pauzalarga e’tibor qaratilganligi
D. ekspressiv taʼsir oʻtkazishi
E. emotsionalligi

54. Nutq a'zolarini faollashtirishga ko'maklashuvchi mashqlar majmuasi


A. Nutq texnikasi
B. Nutqiy faoliyat
D. Nutqni rivojlantirish
E. Nutqni shakllantirish boʻyicha

55. Ifodali o'qishning asosiy vazifasi


A. asar mazmunini tovush va ohang orqali o'quvchilarga ko'rgazmali qilib ko'rsatish
B. asar badiiy qimmatini chuqur tushuntirishdir.
D. tinglovchiga estetik zavq bagʻishlash
E. o'qiladigan matnning g'oyasi chuqurroq yetkazib berish
56. Mashhur voiz Kaykovusning "Qobusnoma"asari 7- bobi nimaga bag'ishlangan?
A. B va E
B. notiqlik
D. so'z haqida
E. suxandonlik

57.G'arb va Sharq mamalakatlaridan bo'lgan qaysi davlatda maxsus "ritorik maslahat yordami " mavjud?


A. Yaponiya
B. Koreya
D. Hindiston
E. Rossiya

58. Islomda kishilarni ezgulikka va yaxshilikka chaqiruvchi jamoat oldida nutq so'zlovchi kishilarga kimlar deyiladi?


A. Voizlar
B. Badihago'ylar
D. Diktorlar
E. Askiyachilar

59. Arab tilidan olingan bo'lib matnni qiroat bilan o'quvchi, ifodali, ta'sirchan ovoz bilan aytuvchi ma'nosida qo'llaniladigan so'z qaysi?


A) Qiroatxonlar
B) Suxandonlar
D. Badihago'ylar
E. Voizlar

60. Notiqlik san'ati qachon va qayerda shakllana boshladi?


A) eramizdan avvalgi v asr boshlari , Yunonistonda
B) eramizdan avvalgi lV asrda , Yunonistonda
C) eramizdan avvalgi V asrda , Hindistonda
D) eramizdan avvalgi lV asrda , Hindistonda

61. Nutq a'zolarni faollashtirishga ko'maklashuvchi mashqlar majmuiga nima deyiladi?


A. Nutq vositalari
B. Nutq a'zolari
D. Tovush
E. Nutq tempi

62. Ovoz yorug'i qanday shaklda bo'ladi?


A. uchburchak C. aylana
B. shaklga ega emas D. to'rtburchak

63. Diktsiya so'zining ma'nosi nima?


A. lotincha distio-aniq, burro talaffuz qilish
B. lotincha distio- jarangdor talaffuz qilish
D. yunoncha distio- aniq talaffuz qilish
E. yunoncha distio- jarangdor talaffuz qilish

64. Tilning ustki qismi nutq tovushlarining paydo bo'lish o'rniga ko'ra necha qismga bo'linadi va ular qaysilar?


A. 3 qismga: til oldi, til orqa, til o'rta
B. 2 qismga : til orqa , til oldi
D. 3 qismga: chuqur til , o'rta til , ustki til
E. 2 qismga: chuqur qil , o'rta til

65. Nutq texnikasi o'z ob’yekti va funksiyasiga ko'ra necha qismga bo'linadi?


A. 4 qism: ovoz , nafas , artikulyatsiya, diksiya
B. 3 qism: ovoz , nafas, diksiya
D. 4 qism: ovoz , nafas, diksiya, talaffuz me'yori
E. 2 qism: artikulyatsiya, diksiya

66. Pauza so'zi qaysi tildan olingan?


A. yunoncha ( pausis)
B. yunoncha ( phusiz)
D. forscha (pausis)
E. italyancha( pauzis)

66. Urg'u haqida ma'lumot bergan "O'zbek tilining nazariy fonetikasi" kitobi muallifi kim?


A. Professor Hasanboy Jamolxonov
B. Professor Nizomiddin Mahmudov
D. Professor Muhsin Alimov
E. Professor Jo'ra Yo'ldoshev

67. "Ahli mo'minga va'z aytishda ehtiyot bo'ling .Chunki voizlikda ofat ko'p. Agar aytadigan pand-nasihatlaringga avval o'zing amal qilib, so'nggra xalqqa izhor etsang, bu voizlik durustdir"Bu so'zlar kimga tegishli?


A. Al-G'azzoliy
B. Sitseron
D. Mahmud Qoshg'ariy
E. Platon

68. Al-G'azzoliyning asarini toping?


A. “Oxiratnoma”
B. “Hibat ul haqoyiq”
D. “Voiznoma”
E. “Devoni lug'otit turk”

69. Tembr hosil qilishda qayerdan chiqayotgan tovushning yo'nalish darajasi katta ahamiyatga ega?


A. hiqildoq
B. tanglay
D. tomoq
E. og'iz bo'shlig'i.

70. Folklorshunos olim Oxunjon Safarov qaysi janr haqida “O`zbekistonning turli joylarida “total”, “chalg`ituv”, “chalg`itma”, “chalish” deb yuritiladi”-deb aytgan?


A. Tez aytish
B. Topishmoq
D. Maqol
D. Tegishmachoq

71. Ham she`riy, ham nasriy tez aytishlarda nima tugun vazifasini o`taydi?


A. Lirik chekinish
B. So`z husni
D. Badiiy qoliplash
E. Muddao husni

72. Qaysi janr kichik yoshdagi bolalar ma`lum tovushlarni to`g`ri va ohangdor talaffuz qilish ko`nikmalarini orttiradi.


A. Tez aytish
B. Topishmoq
D. Masxaralama
E. Chandish

73. Ularni dastlab kattalar bolalar uchun to`qib chiqargan bo`lsalar, vaqt o`tib bu turdagi janrga oid namunalarni bolalarning o`zlari ham ijod qilganlar. Bu qaysi janr?


A. Tez aytish
B. Topishmoq
D. Erkalama
E. Ovutmachoq

74. Olimlarning fikricha, 2 so`zli tez aytishlardan boshlanib, yana uning necha so`zli namunalari bor?


A. 34-47 so`zli
B. 25-35 so`zli
D. 40-55 so`zli
E. 10-25 so`zli

75. Tez aytishlarda qanday san`atni qo`llas asosiy belgi hisoblanadi?


A. Tav`ze san`ati
B. Ishtiqoq san`ati
D.Tajnis san`ati
E. Iyhom san`ati

76. Qanday tez aytishlar bolalarni ham ifodali o`qishga o`rgatadi, ham ovoz sozlari, ya`ni tovush paychalarining chidamliligini oshiradi?


A. She`riy shakldagi
B. Nasriy shakldagi
D. Mantiqiy
E. Barcha turdagi tez aytishlar

77. Xalq orasida topishmoq yana qanday terminlar bilan yuritiladi?


A. Jumboq, matal, top-top, cho`pchak
B.Sanama, chalg`itma, cho`pchak
D. Tutal, chalish, top-top
E. Adashish, tutal, chalg`ituv

78. Tez aytish turkman va qirg`izlarda qanday ataladi?


A. Yang`o`ltmach
B. Tiz aytkich
D. Til chapalantirgich
E. Tez go`yak

79. Ifodali o`qishda fikrni to`g`ri ifodalash uchun mantiqiy to`xtamdan tashqari yana nima muhim o`rinda turadi?


A. Ruhiy to`xtam
B. Mantiqiy urg`u
D. So`z urg`usi
E. Muddao husni

80. Nima topishmoqning silliq, ixcham, ohangdor, esda qoladigan bo`lib tuzilishini ta`minlashga xizmat qiladi?


A. Qofiya
B. Turoq
C. Urg`u
D. To`xtam (pauza)

81. Ular xuddi maqollar kabi ixcham, quyma, ta`sirchan tarzda yaratiladi?


A. Topishmoq
B. Sanama
D. To`rtlik
E. Cheklashmachoq

82. “Tez aytish” istiloh sifatida janrning birgina yetakchi xususiyatini – nafas olmay tez aytilishini ifoda etadi. Ushbu so’zlar kimga tegishli?


A. Folklorshunos O.Safarov
B. Professor H.Boltaboyev
D. Professor M.H.Mahmudov
E. Professor M.Jo`rayeva

83. Bu janr so`z birikmasi yoki tovushni to`g`ri talaffuz qilishga, uni boshqa so`z va tovushlardan farqlashga, xotirani mustahkamlash, nutqni o`stirishga yordam beradi. Bu qanday janr?


A. Tez aytish
B. Topishmoq
D. Maqol
E. To`rtlik

84. Ularning shunday namunalari borki, ularda poetik ritmdan voz kechilgan, ijtimoiy mazmundorligini bo`rttiruvchi alliteratsion ohangdorlikka urg`u qilinadi. Ular qanday janrga xoos?


A. Nasriy tez aytish
B. She`riy tez aytish
D. Jumboq
E. Hukmlagich

85. Barmoq vaznidagi she'rlarni ifodali òqishda nimalarga e'tibor berish kerak?


A. Vaznga, qofiyaga, turoqqa, band tuzilishiga
B. Sherning mazmuniga.
D. Hijolar soniga qarab.
E. She'rning vazniga.

86. 11 hijoli she'rlarda qanday holat aks ettiriladi?


A. Qahramonning sokin holati.
B. Zavqli voqealar.
D. Urush voqealari.
E. Qahramonlik holatlari

87. Sodda vazn deb nimaga aytiladi?


A. Barmoq vaznidagi she'rning barcha misralar hijolar soniga kòra tenglik hosil qilsa.
B. misralar bir bòģinga farq qilgani uchun.
D. Hijolar tengligi 3 xil bòlsa.
E. to’g’ri javob yo’q

88. "Faqat she'riy nutqda uchraydi, u uch ritmik bòlak uchun muhimdir" gap nima haqida ketyapti?


A. Pauza.
B. Vazn.
D. Hijo.
E. Turoq.

89. Ritmik pauza qanday bòlaklardan tashkil topgan ?


A. Turoq, vazn, band
B. Turoq, vazn
D. Hijo, turoq
E. Vazn, bahr

90. Barmoq vaznini kim "milliy vazn" deb atagan?


A. A.Fitrat
B. A.Chòlpon
D. H.H.Niyoziy
E. Furqat

91. Barmoq vazni kimlarning ijodida yetakchilik qilgan?


A. Fitrat, Chólpon, Hamza
B. Furqat, Chólpon
D. Hamza, Avloniy
E. Furqat, Avloniy

92. Barmoq vaznining necha turi bor?


A. 2
B. 4
D. 3
E.Tóğri javob yóq.

93. Barmoqlar óch toriga


Oqshom choģida
Dil roz aytar yoriga
Visol boģiga
Ushbu she'r barmoq vaznining qaysi turiga mansub?
A. Qóshma
B. Sodda
D. Sodda, qóshma
E. Murakkab.

94. Aruz vaznining óziga xosligi nimada?


A. She'rlarning óqilishida musiqiylik borligi
B. Hijolar miqdori kópligi
D. Bahr sonining kópligi.
E. Asosan ritmik pauzaning kuchliligi.

95. Qanday she'rlarda har bir obrazni alohida-alohida ovoz bilan óqish talab qilinadi?


A. Voqeaband she'rlarda
B. Lirik she'rlarda
D. Murakkab vazndagi she'rlarda
E. Erkin vazndagi she'rlarda

96. Erkin she’r o’zbek adabiyotida qachondan ommalasha boshladi?


A. XX asrdan
B. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida
D. XVIII asrdan
E. XIX asrdan boshlab

97. Qaysi vaznda yozilgan she’rlarda bo’g’inlar soni, ularning cho’ziq-qisqaligi, turoqlanish yoxud qofiyalanish tartibi mutlaqo erkin?


A. Sarbast
B. Aruz
D. Barmoq
E. Barcha vaznlarda keltirilgan xususiyatlar bo’lishi kerak.

98. Avval yashashni o’rgan


Keyin o’lishni
Keyin
Sochilgan suyaklaringni yig’ib,
Yana jon ato qil o’zingga-o’zing.
Keltirilgan she’riy misralar qaysi vaznda yozilgan?
A. B va E
B. Erkin
D. Barmoq
E. Sarbast

99. Erkin vazndagi she’rlar o’zbek adabiyotiga qachondan kirib keldi?


A. 30-yillarda
B. 20-yillarning boshlarida
D. 50-yillarda
E. 60-yillarda

100. O’zbek adbiyotiga erkin vazndagi she’rlar qaysi davlatlar adabiyoti ta’sirida kirib kelgan?


A. Yevropa adabiyoti
B. Amerika adabiyoti
D. Arab adabiyoti
E. Lotin Amerikasi xalqlari adabiyoti

101. She’riy nutqda gap bo’laklari tartibining o’zgarishi hodisasi nima deyiladi?


A. Inversiya
B. “poetic sintaksis”
D. Pozitsiya
E. Xiazm

102. Ushbu misralar muallifini toping.


Ulug’vor qudrat bilan chayqaladi
Chayqaladi cho’ng dengiz…
A. A. Oripov
B. G’afur G’ulom
D. Erkin Vohidov
E. M. Shayxzoda

103. Misraning boshida bitta so’zning takrorlanishi badiiy adabiyotda qanday nomlanadi?


A. Anafora
B. Epifora
D. Alliteratsiya
E. Proteza

104. Baytlar nechtagacha rukndan tashkil topgan bo’lishi mumkin?


A. 4 tadan 36 tagacha
B. 4 tadan 8 tagacha
D. 2 tadan 36 tagacha
E. 3 tadan 36 tagacha

105. Kim badiiy asarlarni turlarga ajratish an’nasini boshlab bergan?


A. Aristotel
B. Belinskiy
C. Beruniy
D. Gegel

106. Kim eposni “obyektiv poeziya” deb atagan?


A. Belinskiy
B. Aristotel
D. Beruniy
E. Gegel

107. Qaysi adabiy turda ijodkor shaxsining his-tuyg’ulari, qalb kechinmalari, lirik qahramonning ichki dunyosi birinchi o’rinda turadi?


A. Lirik
B. Epik
D. Dramatik
E. Liro-epik

108. “Kun va tun” she’riy qissasi kimning qalamiga mansub?


A. B.Boyqobilov
B. H.Sharipov
D. Muhammad Ali
E. A.A’zam

109. O’zbek aruzida 19 bahrning nechtasi mavjud?


A. 11
B. 14
D. 12
E. 15

110. Ushbu parcha qaysi asardan olingan:


Nazm anga gulshanda ochilmog’lig’i,
Nasr qaro yеrda sochilmog’ligi.
A. "Hayrat ul-abror"dan
B. "Farhod va Shirin"dan
D. "Layli va Majnun"dan
E. "Saddi Iskandariy"dan

111. "Fransuzcha so’z bo’lib, “dastlab roman tilida yozilgan asar” dеgani". Bu ta'rif qaysi atamaga tegishli?


A. roman
B. qissa
D. hikoya
E. novella
112. "Kichik hajmli nasriy asar bo’lib, tasvir ko’lami tor, syujеt va kompozitsiyasi soddaligi bilan farq qiladi". Bu qaysi janr?
A. hikoya
B. qissa
D. novella
E. roman

113. Italyancha so’z bo’lib, "yangilik" dеgan ma'noni anglatadi. Ushbu ta'rif qaysi janrga tegishli?


A. novella
B. qissa
D. hikoya
E. roman

114. Qaysi janrni ifodali o’qishda bu janrning shaklan ixchamligi, mazmunan siqiqligi, syujеti soddaligi e'tiborga olinishi lozim.


A. hikoya
B. qissa
D. novella
E. roman

115."Otam yoshligida bo’zchi, keyin Xumson va Yangibozor qishloqlarida baqqollik qilgan, o’qimagan, jahli tez, tajang bir odam edi. Onam jismoniy kuchsiz, lekin aqlli, ziyrak, rahmdil va har ishga epchil xotin edi. Do’ppi, jiyak va qo’1 ishlari bilan ko’p mashg’ul bo’lardi. Ishdan bo’shagach, ko’p vaqt kitob o’qirdi», - deb yozgan edi. Ushbu tarjimayi hol qaysi yozuvchiga tegishli?


A. Oybek
B. A.Qahhor
D. O'.Hoshimov
E. P.Qodirov

116. «Oybek mahorati» kitobi kimniki?


A. Matyoqub Qo’shjonov
B. Begali Qosimov
D. O'tkir Hoshimov
E. Naim Karimov

117. Kinomotografiyaning texnik vositalari asosida shaklangan badiiy ijod turi qaysi?


A. Kino
B. Teatr
D. spektakl
E. notiqlik

118. Qaysi san’atning yuzaga kelishi o'z navbatida, insoniyatning badiiy madaniyati tarixida obyektiv qonuniyat bosqichi bo'ldi?


A. Kino
B. Teatr
D. Spektakl
E. Notiqlik

119. XIX asrning birinchi yarmida kinosan'atining janr tizimida ko'proq qaysi xarakterdagi filmlar o'rin olgan?


A. Komediya va qo'rqinchli filmlar
B. Tragediya
C. Tarixiy
D. Komediya

120. Xarakterning ochilishida, konfiliktning yoritilishida muhim rol o'ynaydigan vosita nima?


A. Sahna nutqi
B. Ssenariy
D. deklaratsiya
E. Aktyor

121. XIII asrda teatrda yuzaga kelgan qaysi yo'nalish teatrda demokratik muhit kuchayishiga sabab bo'lgan?


A. Drama, melodrama, vodevillardan
B. Komediya, Tragediya
D. Tragediya
E. Melodrama, vodevillardan

122. 50 - yillarning oxirlarida kino san'ati bilan bir paytda ............. rivojlangan?


A) Telekran ijod
B) Ochiq Kino
C) Maxfiy kino
D) Mutolaa madaniyati

123. Multipliatsion kinoning eng keng tarqalgan shakli qaysi?


A. Rasmli va Qo'g'irchoqli
B. Rasmli va maketli
D. Qo'g'irchoqli
E. Maketli

124. Bo'lgan voqea va harakatklarni tasmaga tushiradigan kino turi?


A. Hujjatli
B. Tarixiy
D. Multipliatsion
E. Dramatik
125. Teatr san'atining tub va nodir xususiyati?
A. Aktyorlik mahorati
B. Voizlik qobilyati
D. Nutq madaniyati
E. to'g'ri javob yo'q

126. Dramaturgiya va sahna haqida yaratilgan risola nomi?


A. Natyashastra
B. Ramayana
D. Mahobxorat
E. Avesto

127. Axloqiy, satirik va kesatiq mazmunini kinoyaviy, majoziy obrazlarda aks ettiradigan tanqidaga qaratilgan kichik she’riy va nasriy asarga nima deyiladi?


A. masal
B. maqol
D. ertak
E. fard

128. “Yog’ochning boshini qurt yeydi doim” misrasida qanday majoziy fikr ilgari surilgan?


A. Zolim va mazlumlar
B. tarbiyat masalasi
D. Vatan himoyasi
E. tabiat muhofazasi

129. Qorin ochsa, ovqat bo’lsa – tanlanarmi?


Aybing shuki, uchrab qolding qornim ochganda.
Shunday qilib qo’zichoqni
Bo’ri yedi o’rmonda.
Ushbu she’riy parchada ritorik jihatdan oxirgi misralar roviy tomonidan qanday ohangda aytiladi?
A. vazmin
B. tantanavor
D. tez
E. jarangdor

130. “Syujet” terminiga mos atamani tanlang?


A. voqealar sistemasi
B. voqealar rivoji
D. janr
E. to’g’ri javob yo’q

131. Majoziy obrazlarga mos keladigan xarakterlarni tanlang:


1)bo’ri; 2)tulki; 3)quyon; 4)sher; 5)ayiq I)ayyor; II)qo’rqmas; III)qo’rqoq IV)ochko’z; V)kuchli
A. 1-IV, 2-I, 3-III, 4-II, 5-V
B. 1-IV, 2-I, 3-III, 4-V, 5-II
D. 1-V, 2-II, 3-I, 4-IV, 5-III
E. 1-V, 2-IV, 3-III, 4-II, 5-I

132. “Sharq hikoyasi” ertagi qaysi yozuvchi qalamiga mansub?


A. A.Oripov
B. Anvar Obidjon
D. A.Avloniy
E. H.K.Anderson

133. She’rni ifodali o’qishda qaysi vositalar muhim hisoblanadi?


A. vazn va turoq
B. hijo va radif
D. och qofiya va radif
E. ega va kesim

134. Urg’u, pauza, ritm… ushbu qatorni mantiqiy davom ettiring.


A. tembr, intonatsiya
B. radif, qofiya
D. vazn, turoq
E. hijo, bo’g’in

135. Urg’u, pauza, ritm ushbu qatordagi so’zlarga mos hukmni tanlang.


A. ifodali o’qishdagi vositalar
B. leksik ma’no valentligi vositalari
D. grammatik to’gri gap tuzish vositalari
E. fonetika sohasidagi terminlar

136. To’gri hukmni belgilang.


A. roviy ertakdagi qahramonlar nutqini turli ovozda so’zlaydi B. har qahramon nutqini o’qishda turli shaxslar o’qishi shart D. roviy bir necha obrazni ham bir xil ovozda so’zlaydi
E. to’g’ri hukm yo’q

137. She’riy asarlarni ifodali o’qishda qaysi faktorga e’tibor beriladi?


A. asar janriga
B. tinglovchilar yoshiga
D. asar davriga
E. tinglovchilar irqiga

138. Masallardagi qaysi omillar uni bir tekisda o’qishga yo’l qo’ymaydi?


A. voqealarning o’zgaruvchanligi
B. tinglovchi yoshi
D. janrning ixchamligi
E. majoziylik

139. Masalda qaysi xususiyatlar ustunlik qiladi?


A. ixchamlik, jo’nlik
B. qofiya, vazn
D. kinoya, majoziylik
E. o’quvchi yoshi

140. O’zbek adabiyotida kim tarbiyaviy masallar bitgan?


A. A.Avloniy
B. Sadiy Sheroziy
D. Fitrat
E. Ayniy

141. Grekchadan olingan bo’lib “ tugash “, “ to’xtash” ma’nolarini anglatuvchi so’z?


A. Pauza
B. Temp
D. Ritm
E. Akustika

142. Pauzalar nechi xil bo’ladi?


A. Grammatik, psixologik, mantiqiy pauza
B. Mantiqiy, psixologik pauza
D. Grammatik, psixologik pauza
E. Grammatik, mantiqiy pauza

143. Badiiy asarlar tarkibida mavjud tinish belgilariga asosalanib, qilingan to’xtalish qanday pauza deyiladi?


A. Grammatik pauza
B. Mantiqiy pauza
D. Psixologik pauza
E. Fonetik pauza

144. So’z guruhlarini bir-biridan ajratib, matn ma’nosini aniq va to’liq ifodalashga xizmat qiluvchi pauz … deyiladi.


A. Mantiqiy pauza
B. Grammatik pauza
D. Psixologik pauza
E. Fonetik pauza

145. “Temp “ so’zi qanday ma’noni bildiradi?


A. Sur’at, tezlik
B. To’xtash
D. Ohangdosh
E. Tovush

146. Badiiy asarda nima orqali qahramonlarning turli kayfiyati, ichki kechinmasi ifodalanadi?


A. Intonatsiya
B. Ritm
D. Temp
E. Pauza

147. Badiiy adabiyotda nimalar asarning g’oyaviy-badiiy mohiyatini ochishga xizmat qiladi.


A. Temp va ritm
B. Temp va ohang
D. Ritm va pauza
E. Pauza va intonatsiya

148.… - ifodali o’qishning his-hayajon jihatdan intensivligi, uning iztirobli , hayajonli nafasidir.


A. Temp
B. Ritm
D. Intonatsiya
E. Pauza

149. “Ritm” so’zining ma’nosi nima?


A. Vazndosh, ohangdosh
B. Daraja
D. Tezlik
E. To’xtash
150. Badiiy adabiyotda, ayniqsa, she’riyatda misradagi kichik bo’laklarning bir-biriga monand ravishda takrorlanib kelishi nimani hosil qiladi?
A. Ritm
B. Turoq
D. Qofiya
E. Hijo

151. “So’zki takror o’ldi dilkash emas” ushbu jumla kimning qalamiga mansub?


A. Navoiy
B. Jomiy
D. Atoiy
E. Lutfiy

152. Badiiy matnda nutq tovushlarining takrorlanib kelishi – bu … ?


A. Alliteratsiya
B. Anafora
D. Apostrofa
E. Epifora
153. Qaysi so’z yunonchadan olingan bo’lib “tushish “, “tushirilish” degan ma’noni bildiradi?
A. Ellipsis
B. Inversiya
D. Gradatsiya
E. Assonans

154. … - gap bo’laklarining o’rin almashinishidir.


A. Inversiya
B. Ellipsis
D. Gradatsiya
E. Assonans

155. Nutq parchalaridan biri ikkinchisining ma’nosini kuchaytirib borishdan iborat uslubiy jarayon bu - …


A. Assonans
B. Inversiya
D.Ellipsis
E. Gradatsiya

156. Dialektlizm qanday sо‘z?


A. Shevaga xos sо‘z, urg’u
B. Ma’lum ijtimoiy guruh vakillari nutqi
D. Noо‘rin qо‘llangan chet sо‘z
E. Dag’al, qо‘pol,haqorat sо‘z

157. Tildan aloqa va ta’sir qilish maqsadida bemalol va о‘ta muvofiq tarzda foydalana olishni ta’minlaydigan kо‘nikmalar jami va sistemasi nima?


A. Nutq madaniyati
B. Nutq odobi
D. Til madaniyati
E. Nutqning tо‘g’riligi

158. Sitseronning bizgacha nechta nutqi yetib kelgan?


A. 58 ta
B. 43 ta
D. 30 ta
E. 60 ta

159. Nutqning tozaligiga putur yetkazuvchi unsurlar nechta?


A. 6 ta
B. 9 ta
D. 11 ta
E. 13 ta

160. Nutq madaniyati tushunchasini ta’riflashda qanday qarashlar


mavjud?
A. Barcha javoblar tо‘g’ri
B. Nutq madaniyatini adabiy til rivojiga ongli aralashuvidir
D. Nutq madaniyati til vositalaridan о‘rinli foydalangan holda maqsadga muvofiq sо‘zlash va yoza olish san’atdir
E. Nutq madaniyati adabiy til rivojining о‘ziga xos xususiyatlaridan biri

161. Quyidagilardan qaysi biri Sitseron qalamiga mansub?


A. Notiq
B. Notiqlik bilimi haqida
D. Ritorika
E.Villiada

162. “Mutolaa madaniyati va ifodali o’qish” fani nimani о‘rganadi?


A. barcha javoblar tо‘g’ri
B. Tо‘g’ri nutqtuzish yо‘llarini va ifodalash san’atini
D. О‘zini tutishni, matnni o’qish va uqish san’atini
E. Chiroyli nutq tuzish yо‘llarini va mutolaa san’atini

163. “Mutolaa madaniyati va ifodali o’qish” fanining tekshirish predmeti nima?


A. Nutqning til qurilishi, adabiy til meyorlari va mutolaa san’ati
B. Til
D. О‘qituvchi nutqi madaniyati
E. Adabiy norma va matnni yod olish

164. Adabiy normaning qanday kо‘rinishlari mavjud?


A. Og’zaki va yozma
B. Dialektal norma
D. Jargonlar normasi
E. O’zus

165. Insoniy nutq faoliyati qanday kо‘rinishda namoyon


bо‘ladi?
A. B,D,E
B. Sо‘zlashish
D. Eshitish
E. О‘zus

166.О‘zus nima?


A. Biror til sistemasida mavjud bо‘lgan imkoniyatlarning foydalanib kelinayotgan qismi
B. Bir ijtimoiy guruhning о‘ziga xos bо‘lgan boshqalar tushunmaydigan til
D. Adabiy tilning muomaladagi qismi
E. Sо‘zning ma’no anglatuvchi qismi

167.Sud notiqligiga oid bо‘lgan qatorni toping.


A. О‘z-о‘zini ximoya qilish
B. Ilmiy notiqlik
D. Xudba notiqligi
E. Va’z nutqi

168. Logograflarga ta’rif bering.


A. Nutq matnlarini tuzuvchi kishilar
B. Tantanali nutq matnlari
D. Shevaga xos sо‘zlar
E. Siyosiy notiqlik

169. «Sо‘zlari aniq bо‘lsin, fikrini va aytmoqchi bо‘lgan


mulohazalarini ravshan, ravon aytsin» jumlasi kimga
tegishli?
A. Kaykovus
B. A. Navoiy
D. Demosfen
E. Farobiy

170. «Konselyarizmlar» nima?


A. Ish qog’ozlari uchun zarur bо‘lgan sо‘z birikmalari
B. Parazit sо‘zlar
D. Til birikmalaridagi sо‘zlar
E. Yaxlit sistema asosidagi sо‘z

171. «Qobusnoma» kimga atab yozilgan?


A. Kaykovusning о‘g’liga atab.
B. Podshoga atab.
D. Notiqlik bilimiga atab.
E. A va B .

172. A.Navoiy fikricha voiz qanday bo’lishi kerak?


A. 1, 2 va 3
B. Notiq bilimli bо‘lishi kerak
D. notiqning sо‘zi bilan ishi bir xil bо‘lishi kerak
E. Voizning sо‘zlari ta’sirchan

173. О‘rta Osiyoda notiqlik ilmiga asos solgan olimlar kim?


A. Husayin Voiz Koshifiy
B. Riyoziy
D. Mehnagiy
E. Demosfen

174. Nutq tozaligi nima?


A. Dealektizmlarning qо‘llanmasligi
B. Adabiy til normalariga yod bо‘lgan birliklarning qо‘llanmasligi
D. Nutq mantiqiyligiga rioya qilish
E. Nutq ifodaviyligini oshirish

175. Nutq tо‘g’riligi nima?


A. Tilning ma’lum bir paytda qabul qilingan normalariga
qat’iy mos kelish bilan belgilanadi
B. Tinglovchining shaxsiga tegmaydigan qilib nutq sо‘zlash
D. Jumlalarning aniq,lо‘ndaligi
E. Sо‘zning о‘zi ifodalayotgan narsaning predmet bilan mosligi

176. Nutq tо‘g’ri bо‘lishi uchun asosan nimalarga asoslaniladi?


A. Urg’u va grammatik normaga
B. Sо‘zlashuv normasiga
D. Uslubiy normaga
E. Tarixiy normaga

177. «Agar nutq noaniq bо‘lsa, u maqsadga erishmaydi» fikrlari


kimga tegishli?
A. Kaykovus B. Setsiron
D. Aristotel E. Navoiy

178. Sitseronning notiqlik san’ti nazariyasiga va tarixiga oid asarlari.


A. B va D
B.«Notiqlik haqida»
D. «Notiq va Brut»
E. «Notiq bilimi haqida»

179. A.Navoiyning qaysi asarida «Nasihat ahli voizlar zikrida» degan fasli bor?


A. «Mahbub ul-qulub»
B. «Majolis un-nafois»
D. «Nasoyim ul-muhabbat»
E. «Sabhatu anhur»

180. A.Navoiy qaysi asarida bir qancha voizlar haqida fikr bildirgan?


A. «Mahbub ul-qulub»
B. «Majolis un-nafois»
D. «Nasoyim ul-muhabbat»
E. «Sabhatu anhur»

181. Mahmud Qoshg’ariyning turkiy tillarga bag’ishlangan asarlarini kо‘rsating?


A. «Devonu lug’otit turk» va «Javohirun nahv fil lug’otit turk»
B. «Hindiston» va «Geodeziya»
D. «Poetika» va «Ritorika»
E. «Ritorika» va «Shohnoma»

182. Nahv bu …………


A. Sintaktsis, grammatika
B. She’riy asar
D. She’r о‘lchovi
E. Proza

183. «Fozil odamlar shahri» asarining muallifini toping.


A. Forobiy
B. Beruniy
D. Ibn Sino
E. Qoshg’ariy

184. M.Qoshg’ariyning tо‘liq ismini aniqlang?


A. Mahmud ibn-ul Husayin ibn Muhammad-al Qoshg’ariy
B. Mahmud ibn Muhammad-al Qog’ariy
D. Ibn Husayin Qoshg’ariy
E. Qoshg’ariy ibn-ul Husayin о‘g’li Mahmud

185. О‘qituvchi nutqi madaniyati kursining maqsadi?


A. Madaniy nutq haqida tо‘liq tasavvur hosil qilish adabiy nutq malakalarini rivojlantirish
B. Talabalarni о‘qituvchilikka tayyorlash
D. Tilshunoslikni о‘rgatish
E. Adabiy norma haqida ma’lumot berish

186. Til bu …?


A. Fikr bildirish vositasi
B. Sо‘zlashish vositasi
D. Axloq kurash, hayot kо‘zgusi, ma’naviyat belgisi
E. Ma’naviyat belgisi

187. Qaysi adib «Tarbiya»ni tо‘rt turga bо‘ladi?


A. A.Avloniy
B. Beruniy
D. Qoshg’ariy
E. Y.X.Xojib

188. Nutq madaniyati adabiy til meyorlarini puxta egallash va


ulardan nutqda tо‘liq foydalanish nutqning kommunikativ sifatlaridan qaysi biriga tegishli?
A. Nutqning maqsadga muvofiqligi
B. Nutqning mantiqiyligi
D. Nutq tozaligi
E. Nutqning ta’sirchanligi

189. Nutqning tozaligiga putur yetkazuvchi omillar.


A. Barcha javoblar tо‘g’ri
B. Jargonlar
D. Varvarizmlar
E. Dialektalizmlar

190. Aksentalogik norma nima?


A. Urg’uni tо‘g’ri qо‘llash normasi
B. Yozuv normasi
D. Imloviy norma
E. Talaffuz normasi

191. Quyidagilardan qaysilari notiqlikka mansub asarlar.


A. B va E javoblar
B. Kvintinmayaning «Notiq byuilimi haqida»
D. Joliyning «Baxariston»
E. Sitseronning «Notiqlik asarida»

192. Nutqning kommunikativ sifatlariga nimalar kiradi?


A. Aniqlik va mantiqiylik
B. Aniqligi
D. Mantiqiyligi
E. Tо‘g’riligi

193.«Hifzi lison» deb nimaga aytiladi.


A. Har millat о‘z ona tili va adabiyotini saqlashga aytiladi
B. Qadriyatlarni о‘rganishga aytiladi
D. Tо‘g’ri javob yо‘q
E. 1 va 2 javob tо‘g’ri

194. Rimda nechta notiqlik turi ma’lum?


A. 3 ta: Sud, siyosiy va va maqtov notiqligi
B. 1 ta: Sud notiqligi
D. 4 ta: Sud, siyosiy, maqtov, huquqiy notiqlik
E. 2 ta: Siyosiy notiqlik va sud notiqligi

195. Til madaniyati nima?


A. Til birliklarining ishlanganligi
B. Har qanday xabarni tinglovchiga tо‘g’ri yetkazish
D. Nutqning kommunikativ sifatlari
E. Yozma nutqni ta’sirli qilib yetkazish

196. Qaysi uslubda qо‘shma gaplar faol qо‘llanadi.


A. Ilmiy uslubda
B. Sо‘zlashuv uslubda
D. Rasmiy uslubda
E. Publistik uslubda

197. Nutqning tozaligi deganda nimani tushunasiz?


A Adabiy til me'yorlariga yot bo’lgan birliklarning qo’llanmasligi
B. Dialektizmlarning qo’llanmasligi
D. Nutqmantiqiyligiga rioya qilish
E. Nutq ifodaviyligini oshirish

198. Milliy o’ziga xosligi bilan ajralib turuvchi nutq qanday nomlanadi?


A. Og’zaki
B. Madaniy
D. Yozma
E .Badiiy

199. "Kitobxonga bir fikrni yoki bir narsani tasavvur qildirish uchun kishining boshini qotirmaydigan, ochiq ravon va sodda til kerak" .Yuqoridagi so’zlar muallifi kim?


A Qahhor
B. Oybek
D. Qodiriy
E. Oripov

200."Ey farzand, so’zning yuz va orqa tomonini bil, ularga rioya qilgil, so’zlaganda ma'noli gapir, bu notiqlikning alomatidir" so’zlari kimga tegishli?


A Kaykovus
B. Navoiy
D. Avloniy.
E. Fitrat
Download 40,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish