1. Viruslardan himoyalashning usullari.
Kompyuter viruslaridan himoya qilishning uchta chegarasi mavjuddir:
viruslarni kirib kelishini bartaraf etish;
agar virus baribir kompyuterga kirgan bo‘lsa, virus hujumini bartaraf etish;
agar hujum baribir amalga oshgan bo‘lsa, buzuvchi oqibatlarni bartaraf etish. Himoya qilishni amalga oshirishni uchta usuli mavjuddir:
himoya qilishning dasturli usullari;
himoya qilishning apparatli usullari;
himoya qilishning tashkiliy usullari.
Muhim ma’lumotlarni himoya qilish masalasida ko‘pincha maishiy yondashish ishlatiladi: “kasallikni davolagandan ko‘ra uning oldini olgan yaxshiroq”.
Ma’lumotlar bilan ishonchli va xavfsiz ishlashga faqat shundagina erishiladiki, agar istalgan kutilmagan hodisa, shu jumladan kompyuterni to‘liq fizik ishdan chiqarish ham, xaloqatli oqibatlarga olib kelmasligi kerak.
2. Viruslarni payqash va ulardan himoyalanuvchi dasturlar.
Kompyuter viruslarini payqash, o‘chirish va ulardan himoya qilish uchun maxsus dasturlarning bir nechta turlari ishlab chiqilgan, ular viruslarni payqash va yo‘qotish imkonini beradi. Bunday dasturlar virusga qarshi dasturlar deb ataladi. Virusga qarshi dasturlarning quyidagi turlari mavjud:
1) detektorlar dasturi;
2) doktorlar dasturi yoki faglar;
3) taftishchilar dasturi;
4) filtrlar dasturi;
5) vaksinalar dasturi yoki immunizatorlar.
Detektorlar dasturi ma’lum bir virus uchun tavsifli bo‘lgan baytlar ketma-ketligini (virus signaturalari) tezkor xotirada va fayllarda qidirishni amalga oshiriladi, va virusni payqaganda mos xabarni beradi. Doktorlar dasturi yoki faglar, hamda vaksinalar dasturi nafaqatgina viruslar bilan zararlangan fayllarni topmasdan, balki ularni “davolaydi” ham, ya’ni fayldan virus-dastur tanasini o‘chiradilar, fayllarni boshlang‘ich holatga qaytaradilar. Taftishchilar dasturi viruslardan himoya qilishning eng ishonchli usullariga tegishlidir. Taftishchilar, kompyuter virus bilan zararlanmaganda, kataloglarning dasturlarini va diskning tizimli sohalarini boshlang‘ich qiymatini eslab qoladilar, keyin esa davriy ravishda yoki foydalanuvchining xoxishi bo‘yicha joriy holatni boshlang‘ich holat bilan taqqoslaydi. Taftishchilar dasturi yetarlicha rivojlangan algoritmlarga ega, stels-viruslarni payqaydilar, va hattoki tekshirilayotgan dasturdagi versiyalarini o‘zgarishlarini virus tomonidan kiritilgan o‘zgarishlardan farqini payqaydilar.
3. Virusga qarshi himoya qilish vositalari
Axborotni himoya qilishning asosiy vositasi eng muhim ma’lumotlarni zaxirali nusxalash hisoblanadi. Ma’lumotlarni zaxiralashda yana shuni inobatga olish kerakki, barcha ro‘yxatdan o‘tgan va parolli ma’lumotlarni, Internetning tarmoqli xizmatlariga murojaat qilish uchun, alohida saqlash kerak. Ularni kompyuterda saqlamaslik kerak. Odatdagi saqlash joyi - bo‘lim raxbarining seyfidagi xizmat kundaligidir. Axborotni zaxirali nusxalash bo‘yicha tadbirlar rejasini tuzib olib zaxirali nusxalar kompyuterda alohida saqlanish kerakligini inobatga olish kerak. Ya’ni masalan, o‘sha kompyuterning alohida qattiq diskida axborotni zaxiralash faqatgina xavfsizlik illyuziyasini yaratadi. Virusga qarshi himoya qilishning yetarlicha ko‘p dastur vositalari mavjuddir.
Virusdan himoya qilish uchun ishlatish mumkin:
• axborotni himoya qilishning umumiy vositalari, ular magnit disklarini fizik buzishdan kafolatlash, kabi, noto‘g‘ri ishlaydigan dasturlar yoki foydalanuvchilarning noto‘g‘ri harakatlari kabi foydalidir;
• virus bilan zararlanish ehtimolini kamaytirish imkonini beradigan profilaktik choralar;
• viruslardan himoya qilish uchun maxsus dasturlar.
4. Zamonaviy amaliy viruslarga himoyalanish uchun zarur bo‘lgan asosiy chora-tadbirlar.
Kompyuterni kompyuter viruslari bilan zararlanishini oldini olish va disklarda axborotlarni ishonchli saqlashni ta’minlash uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak: - kompyuterni zamonaviy virusga qarshi dasturlar, masalan ESET NOD 32 Antivirus yoki Kasperskiy, bilan ta’minlang va ularning versiyalarini doimo yangilab boring; - boshqa kompyuterlarda yozilgan axborotlarni disketadan o‘qishdan oldin o‘zingizni kompyuterdagi virusga qarshi dastNurni ishga tushirib bu disketalarni virus borligiga doimo tekshiring; - o‘zingizni kompyuteringizga arxivlangan ko‘rinishdagi fayllarni ko‘-chirib o‘tishda, tekshirish sohasini hozirgina yozilgan fayllar bilan cheklagan holda, ularni qayta arxivlangandan keyin tezda qattiq diskda tekshiring; - oldindan OT ni yozishdan himoya qilingan tizimli disketadan yuklab, fayllarni, xotiralarni va tizimli sohalarni yozishdan himoya qilingan disketadan virusga qarshi dasturlarni ishga tushirib kompyuterning qattiq disklarini viruslar borligiga davriy ravishda tekshirib boring; - boshqa kompyuterda ishlaganda o‘zingizni disketani, agar ularga axborotni yozish amalga oshirilmasa, yozishdan har doim himoya qiling;
Do'stlaringiz bilan baham: |