14-variant
1.15. Radiusi va og‘irligi bir xil bo‘lgan ikkita sharcha iplarga osilgan bo‘lib, ularning sirtlari bir-biriga tegib turadi. Osilish nuqtasidan sharchaning markazigacha bo‘lgan oraliq 10 sm. Har bir sharchaning og‘irligi 5-10-3N. Iplarning tarangligi 0,098 N ga teng bo‘lishi uchun sharchalarga qancha zaryad berish kerak?
2.21. Ampermetrning qarshiligini cheksiz kichik deb hisoblab, 19-rasmdagi sxemada ampermetr va voltmetrning ko‘rsatish bo‘yicha reostat qarshiligi R aniqlanadi. Haqiqatda ampermetr qarshiligi RA ga teng bo‘lganda topilgan qarshilikning nisbiy xatoligi aniqlansin,
Masalani Ra = 0.2 Om va R quyidagilarga teng bo‘lgandagi hol uchun echilsin: 1) 1 Om, 2) 10 Om, 3) 100 Om.
3.30. Uzunligi 20 sm va diametri 5 sm bo‘lgan solenoidda 103 ga teng bo‘lgan magnit maydon kuchlanganligi olish kerak. 1) SHu solenoidning amper-o‘ramlar soni, 2) o‘ramlari 0,5 mm diametrli mis simdan qilingan bo‘lsa, o‘ramlar uchlariga qo‘yilgan potensiallar ayirmasi topilsin. Solenoid maydonini bir jinsli deb hisoblansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |