Lentasimon turdagi poydevorlar – bloklar-yostiqlar. Yig’ma lentasimon poydevorlar ikki turdagi bloklardan tuzilgan bo’lib, ulardan biri poydevor asosiga joylashtiriladigan blok – yostiqlar va ikkinchisi – binolarning er osti qismi devorlari hisoblangan devor bloklaridir. Lentali yostiqlarni montaj qilishda dastlab o’qlar kesilgan nuqtadan metr bilan poydevor lentasining tashqi qirrasining loyihaviy holati o’lchanadi va ikkita metall shtir shunday qoqiladiki, bunda ular orasida tortilgan sim prichalka poydevorlar lentasi chizig’idan 2 ... 3 mm tashqarida joylashsin (4.3-rasm). Agar loyihada boshqa ko’rsatmalar bo’lmasa, u holda qumli gruntlarda poydevor bloklari bevosita tekislangan asosga joylashtiriladi, boshqa gruntlarda – qalinligi 10 sm bo’lgan qumli yostiq ustiga joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |