Qo’ndalang qator – tashqi versta qatori ko’ndalang yoni bilan teriladi.
Agar tashqi choklar 1...1.5 sm chuqurlikka qorishma bilan to’ldirilmasa, bunday terish bo’sh chokli terish deyilib, terish devorga suvoq qilinganda g’isht va qorishmaning yaxshi bog’lanishiga olib keladi. Agar, tashqi devor tabiiy ko’rinishga ega bo’lsa va terish choklari to’liq to’ldirilib ularga turlicha shakllar – qavariq, botiq, uchburchakli, to’g’ri to’rtburchakli va boshqa shakllar berilsa, u holda bunday terish chokli terish deyiladi. Agar, qorishma devorning tashqi sirti bir tekisda to’ldirilsa, bunday terish qirqimli terish deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |