1-variant Talaba F. I. Sh guruh 1-topshiriq



Download 38,81 Kb.
bet1/5
Sana14.07.2022
Hajmi38,81 Kb.
#801703
  1   2   3   4   5
Bog'liq
56-2 guruh talabasi Otaboev Oqilbekning Investitsiya va Inovatsiya fanidan Mustaqil ishi


1-variant


Talaba F.I.SH________________________
Guruh_______________________
1-TOPSHIRIQ



  1. Investitsiyaning iqtisodiy mohiyati va turlari?




  • Iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiyalar yetakchi rol oʼynaydi, chunki investitsiya orqali korxonalarning kapital jamgʼarilishiga, natijada mamlakatning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish va iqtisodiy oʼsishga erishiladi.




  1. “Investitsiya” va “kapital qo’yilma” tushunchalarining farqi?




  • kapital qo’yilmalar asosiy fondlarni barpo etish, amaldagi korxonalarni ta’mirlash va kengaytirish, korxonalarni texnik qayta qurollantirishning muhim va bosh omilidir;

  • kapital qo’yilmalar yordamida iqtisodiyot tarmoqlari va alohida ishlab chiqarishdagi asosiy fondlarning rivojlanish sur’atlarini tartibga solish amalga oshiriladi;

  • kapital qo’yilmalar yordamida ijtimoiy xarakterdagi muammolar (uy-joy, ta’lim muassasalari, sog’liqni saqlash, madaniyat ob’ektlari qurilishi) bartaraf etiladi;

  • kapital qo’yilmalar yordamida mamlakatning barcha iqtisodiy hududlarining rivojlanishi tartibga solinadi va boshq.




  1. Investitsiya jarayoni deganda nimani tushunasiz?

Investitsiya jarayoni investitsiyalashda hodisa, holatlarning birin-ketin almashinuvini, foyda olish yoki boshqa ijobiy natijaga erishish uchun bo’ladigan ketma-ket harakatlarning majmuini anglatadi. Shu bilan birga, investitsiya jarayonining bosh nuqtasi qaerdan yoki nimadan boshlanadi? Yoki qaerdan «start» oladi? Biz, ko’pchilik iqtisodchilarning investitsiyalashning asosini jamg’armalar tashkil qiladi, degan fikriga qo’shilamiz. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, investitsiya jarayonining bosh nuqtasini jamg’arma tashkil qiladi. Bundan ko’rinadiki, investitsiya jarayonini amalga oshirish uchun jamg’armalar bo’lishi talab etiladi. Jamg’armaning mavjud emasligi investitsiyalashni yo’qqa chiqaradi va investitsiyalash to’g’risida so’z yuritishning hojati ham bo’lmaydi. Demak, investitsiya jarayonini tushunishda resurslarni jamg’arish jarayonini ham birga olib qarash uning mohiyatini yanada oydinlashtiradi. Chunki, investitsiya qilishdan oldin resurslarni jamg’arish zarur bo’ladi. Bir vaqtning o’zida, bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan xo’jalik subyektlari o’rtasidagi kapitalning oqimi tezlashadi va bu jarayonda bir xo’jalik subyektning resurslarni jamg’arishi boshqalari uchun investitsiya qo’yishdan iborat bo’ladi, ya’ni Xasanning daromadi, Xusanning xarajati bo’ladi. Masalan, xo’jaliklar, ko’p hollarda, investitsiya qo’yish uchun o’z mablag’lari etmaganda qimmatli qog’ozlar chiqaradilar. Bu jarayon ular uchun resurslarni jamg’arishdir, ammo qimmatli qog’ozlarni sotib oluvchilar uchun investitsiya qilishdir. Bu holat investitsiya jarayoniga investorlarning resurslarni jamg’arish va ularni qo’yish bilan bog’liq harakatlari majmuasi, deb qarashga asos bo’ladi.





  1. Xorijiy investorlar deb kimlarga aytiladi?

Ushbu korxonalarni tashkil etilishida qo'yidagi davlatlarning investorlari o'z hissalarini qo'shgan, shu jumladan: Rossiya Federatsiyasi - 16 ta (25,4%), Xitoy Xalk Respublikasi - 16 ta (25,4%), Buyuk Britaniya - 7 ta (11,1%), Turkiya - 5 ta (7,9%), Birlashgan Arab Amirligi - 5 ta (7,9%)Janubiy Koreya - 2 ta (3,2%), Pokiston - 3 ta (4,8%), Qozog'izton – 2 ta (3,2%), Germaniya - 2 ta (3,2%) hamda viloyatda Amerika Qo'shma Shtatlari, Belgiya, Litva, Qozog'izton, Polьshava Italiya, investorlari ishtirokida1 tadan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona tashkil etilgan.


Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar iqtisodiyotning quyidagi tarmoqlariga ixtisoslashgan:
engil sanoat tarmog'ida - 14 ta (22,2%); qishloq xo'jaligi - 9 ta (14,3%), Savdo sohasida – 2 ta (3,2%), Xizmat ko'rsatish sohasida – 5 ta (7,9%), mashinasozlik - 5 ta (7,9%), charmpoyafzal - 3 ta (4,8%), oziq-ovqat - 7 ta (11,1%), qurilish - 4 ta (6,3%), farmatsevtika - 3 ta (4,8%), neftkimyo - 3 ta (4,8%), Parrandachilikva chorvachilik sohalarida – 4 ta (6,3%), yog'ochni qayta ishlash va qog'oz sanoati - 2 ta (3,2 %), iqtisodiyotning boshqa sohalarida – 2 ta (3,2%). Shu bilan birga elektrotexnika va sanfanyans sohalarida 1 tadan korxona tashkil etilgan. Shuni ta'kidlash joizki viloyatda ro'yxatdan o'tgan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarning qarib 37,3% engil va qishloq xo'jaligi soxalarga to'g'ri keladi.
Viloyatda faoliyat yuritayotgan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalardan yirik investorlari bular;
Xitoyning "Wenzhou Jinsheng trade Co. LTD kompaniyasi tomonidan quyidagi korxonalar tashkil etilgan:
“Peng Sheng” QK – keramik plitkalar ishlab chiqarish,
"Peng Sheng Feed" QK – uy xayvonlari uchun ozuqa em ishlab chiqarish,
"Peng Sheng Casing" QK – Yirik va mayda shoxli xayvonlarning ichaklarini qayta ishlash,
"AWP" QK – santexnika jixozlarini ishlab chiqarish,
"Peng Sheng Charm" XK – terini qayta ishlash,
"Peng Sheng Shoes" XK – poyabzal ishlab chiqarish;
Xitoyning "ZTE limited" kompaniyasi tomonidan "Pengzhong Xingshen" QK negizida uyali telefon apparatlarini ishlab chiqarish;
Birlashgan Arab Amirligining "West FZE" kompaniyasi tomnidan "Baraka teks" XK – ip kalava ishlab chiqarish;
O'zbekiston-Buyuk Britaniyaning "Eurocotton Impex LTD" kompaniyasi tomonidan “Mili Gulistan Textile" QK– ip kalava ishlab chiqarish;
O'zbekiston-Birlashgan Arab Amirligining "Twenty First Century Trading" CO LLC kompaniyasi tomonidan "Inzin_tex" QK– trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish;
Polьshaning "Coderharm" va Buyuk Britaniyaning "Biznes Invest LTD" kompaniyalari tomonidan "Code Pharm" XK– dori vositalarini ishlab chiqarish;
Xitoyning "Iuskaya importno-eksportnaya OZNU" kompaniyasi tomonidan “Gulistan Socks Business" QK – paypoq ishlab chiqarish;



  1. Real va portfel investitsiyalarning farqi?



Real investitsiyalar (kapital qo‘yilmalar) – pul mablag‘larini korxonaning moddiy va nomoddiy aktivlariga sarflanishidan iborat.
Portfel investitsiyalar tijorat banklari, investitsion kompaniyalar, fondlar va boshqalar yordamida amalga oshiriladi. Moliy aviy vositachilar to‘plangan mablag‘larni samarali, daromad keltiradigan qilib joylashtiradilar. Portfel investitsiyalar boshqa emitentlarning anderrayting yordamida qimmatli qog‘ozlarga joylashtirish shaklida namoyon bo‘ladi.

Download 38,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish