1-variant Sug’urtaning paydo bo’lishi va rivojlanishiga tarif bering


Sug‘urtalovchining huquq va majburiyatlari



Download 3,1 Mb.
bet17/74
Sana28.09.2022
Hajmi3,1 Mb.
#850609
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74
Bog'liq
2 5195366739604413946

Sug‘urtalovchining huquq va majburiyatlari
Sug‘urtalovchi quyidagi huquqlarga ega:

qonunchilikda belgilanadigan tartibda va shartlarda sug‘urta (qayta sug‘urta qilish)
shartnomalari tuzish;
o‘z majburiyatlarini belgilangan tartibda qayta sug‘urta qilish, shu jumladan O‘zbekiston
Respublikasidan tashqarida qayta sug‘urta qilish;
maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va shartlarda investitsiya faoliyatini
amalga oshirish;

qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga
oshirish. Bunda mazkur faoliyat turini amalga oshirish uchun sug‘urtalovchining litsenziya olishi
talab qilinmaydi;
(sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish bilan bog‘liq
faoliyatni, shuningdek sug‘urta agenti sifatida sug‘urta vositachiligini amalga oshirish;

sug‘urta hodisalari yuz berishining oldini olish va ogohlantirish chora-tadbirlarini
qonunchilikda belgilanadigan tartibda va shartlarda moliyalashtirish;

sug‘urtalovchi tomonidan amalga oshiriladigan sug‘urta turlariga doir qoidalarni (shartlarni)
qonunchilikka muvofiq belgilash;
sug‘urta hodisasi ro‘y berishining sabablari va holatlarini, shuningdek sug‘urta tovoni
(sug‘urta puli) miqdorini belgilash uchun zarur bo‘lgan tegishli axborot va hujjatlarni huquqni
muhofaza qiluvchi organlardan, sudlar, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya
tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;

sug‘urta agentlari, sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari, sug‘urta bozorining boshqa
professional ishtirokchilari bilan tegishli shartnomalar tuzish;
sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lashni qonunchilikda va (yoki) sug‘urta (qayta sug‘urta qilish)
shartnomasida belgilangan hollarda hamda tartibda rad etish, sug‘urta (qayta sug‘urta qilish)
shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish;
sug‘urta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan axborotni tekshirishni, sug‘urta qildiruvchining
sug‘urta shartnomasi talablari va shartlarini bajarishi ustidan nazoratni sug‘urta (qayta sug‘urta
qilish) shartnomasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshirish;
chet el sug‘urtalovchilariga syurveyer va adjaster xizmatlari ko‘rsatish;
ilgari sug‘urtalovchi tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olingan yoki sug‘urta shartnomasini
amalga oshirish natijasida uning ixtiyoriga o‘tgan mol-mulkni realizatsiya qilish yoki ijaraga berish;
O‘zbekiston Respublikasining reyting tashkilotlari va chet el reyting tashkilotlari reytinglarini
olish;
o‘zining alohida bo‘linmalarini tashkil etish.

Sug‘urtalovchi qonunchilikka va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga
ham ega bo‘lishi mumkin.
Sug‘urtalovchi:

sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
sug‘urta faoliyatini amalga oshirish chog‘ida olingan axborotning maxfiyligini qonunchilik
talablariga muvofiq ta’minlashi;
o‘zi vakolat bergan sug‘urta agentlarining reyestrini yuritishi;

qonunchilikda belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining talabiga binoan
taqdim etishi;

sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda, qonunchilikda yoki sug‘urta (qayta sug‘urta qilish)
shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda barcha zarur hisob-kitoblarni amalga oshirishi va
sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lashi;
firmaning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan yeri o‘zgargan taqdirda, bu haqdagi
axborotni sug‘urta qildiruvchilarga ushbu Qonunda belgilangan tartibda yetkazishi;
sug‘urta zaxiralarini qonunchilikda belgilanadigan tartibda va shartlarda shakllantirishi
hamda joylashtirishi;

qonunchilikda belgilangan tartibda har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi;

maxsus vakolatli davlat organi belgilagan tartibda bir yilda kamida bir marta aktuar
tashkilotni aktuar xizmatlar ko‘rsatish uchun jalb etishi;

maxsus vakolatli davlat organi belgilagan shaklda, tartibda va muddatlarda yillik moliyaviy
hisobotni e’lon qilishi;
qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritishi, moliyaviy, statistika, soliq
hisobotlarini va boshqa hisobotlarni tuzishi shart.
Sug‘urtalovchining zimmasida qonunchilikka va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa
majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

Download 3,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish