Sug’urtaning funksiyalari va ularni tavsiflab bering
Sug'urta funksiyalari uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatida o'z aksini topadi. Bizning nazarimizga ko’ra, moliya tizimining tarkibiy qismi sifatida sug'urtaning funksiyalari uning o'ziga xos xususiyatlari namoyon bo'lishi mezoni hisoblanadi. Sug'urta moliya tizimining tarkibiy qismi sifatida o'z iqtisodiy mohiyatini avvalo taqsimlash funksivasi orqali namoyon etadi.
Sug’urtaning taqsimlash funksiyasi, o’z navbatida sug’urtaga xos bo'lgan funksiyalar majmuasida to'liq funksional mazmunga ega boiadi. Mazkur funksiyalar majmuasiga risklilik, oldini olish vajam g’arish kabi funksiyalar kiradi Funksiyalarning eng asosiysi albatta risklilik funksiyasi hisoblanadi. chunki aynan risk sug’urta munosabatlarini vujudga keltiruvchi omit sanaladi. Sug’urtaning risklilik funksiyasi amalga oshishi doirasida qiymatning sug’urta ntunosabatlari ishtirokchilari o’rtasida pul shaklidagi qayta taqsimlanishi vuz beradi. Sug’urtaning oldini olish funksiyasi riskning darajasini kamaytirish va sug’urta hodisasining oqibatlarini bartaraf etishda amalga oshadi. Turli hodisalami oldini olish tadbirlari. tabiiy ofatlar, avariya, baxtsiz hodisalaming oqibatida yetgan zararlami bartaraf etish maxsus oldini olish fondi mablag’lari hisobidan molivalashtiriladi. Sug’urtaning jam g’arish funksiyasi aholining jam g’armalarini sug’urtaviv himoyalashda o’z aksini topadi. Yuqorida ta'kidlangan funksiyalardan tashqari sug'urta nazorat. kredit va investitsiya funksiyalarini ham amalga oshiradi. Nazorat funksiyasining mohiyati sug’urta fondining to’la-to‘kis shakllanishi va fovdalanilishida namoyon boiadi. Nazorat funksiyasi sug'urta operatsiyalarining qonuniy amalga oshirilishi ustidan moliyaviy nazorat asosida amalga oshadi. M aium ki hayot sug’urtasida sug'urta mukofotining qavtarilishi kuzatiladigan bir qancha sug’urta turlari mavjud. Mazkur holat sug'urtaning m aium darajada kredit funksivasini bajarishini ham ifodalaydi. Sug’urta tashkilotlari tomonidan sug’urta fondining vaqtincha bo’sh mablagiarini investitsiya qilish imkoniyati uning investitsiya funksiyasining amalga oshishiga olib keladi. Sug’urta vuqoridagi funksiyalarini amalga oshirish orqali albatta mamlakat iqtisodiyotiga o’z ta'sirini o’tkazadi. M aiumki, sug’urtalashda sug’urta tashkiloti m aium haq, ya’ni sug’urta mukofoti evaziga o’z zimmasiga sug’urtalanuvchining riskini, ya’ni mazkur risk o’zini namoyon qilgan taqdirda etgan zararlami qoplab berish majburiyatini oladi. Ushbu jarayonda sug’urta tashkilotlari ko’p sonli mijozlaridan undirgan mukofotlaridan sug’urta zaxiralarini tashkil etadilar. Tashkil qilingan zaxiralar ma'lum vaqt davomida bo'sh qolganda ular iqtisodiyotning turli sohalariga investitsiya qilinadi. Investitsiya faoliyati bo'vicha ayniqsa hayot sug'urtasini amalga oshiruvchi sug'urta tashkilotlari katta salohiyatga cga hisoblanadi. CHunki havot sug'urtasida insonlaming hayoti, sog'lig'i va yashashi bilan bog'liq mulkiy manfaatlari sug'urta qilinib, sug'urta shartnomalari uzoq muddatlarga tuziladi. Odatda, havot sug;urtasi shartnomasi kamida besh yilga tuzilib. unda sug'urta hodisasi bo'lib sug'urtalanuvchining ma'lum yoshgacha yashashi. vafot etishi. nikoh qurishi va boshqa hodisalar hisoblanadi. Sug'urta mukofotlari odatda. yillar davomida davriy ravishda to'lab boriladi va hayotni sug'urtalovchi tashkilotlar uchun investitsiya sivosatini samarali amalga oshirish uchun boshqa sug'urta tashkilotlariga qaraganda qulayroq imkoniyat yaratadi. Sug'urta bir tomondan iqtisodiyotga salmoqli investitsiyalami kirituvchi mexanizm sifatida baholansa. ikkinchi tomondan iqtisodiyotda ishlab chiqarishning uzluksizligini ta'minlovchi va aholining ijtimoiv himoyasini bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosida amalga oshiruvchi tarmoq hisoblanadi. Iqtisodiyotning taraqqiy etishi bilan tabiiyki, iqtisodiyotda turli risklar hajmi ham ortib boradi.