Qayta sug’urta haqida tushuncha va uning huquqiy asoslari ta’riflab bering.
Қайта суғурталаш - суғурталашга рискни қабул қилиш билан боғлиқ иқтисодий муносабатлар тизими (рискларни бирламчи жойлаштириш). Суғурталовчи мувозанатлашган суғурта портфелини яратиш ва суғурта операцияларини молиявий барқарорлигини таъминлаш мақсадида қабул қилиб олинган рискнинг бир қисмини ўзаро келишилган ҳолда бошқа суғурталовчига бериши (рискни иккиламчи жойлаштириш). O’zbekiston Respublikasi prezdentining 2011 yil 31 maydagi “Sug’urtachilarning moliyaviy barqarorligini yanada oshirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” PQ-1544-son qaroriga muvofiq qayta sug’urtalovchilarning ustav kapitalining eng kam miqdori 2012 yil 1 iyuldan boshlab 5 mln Yevro ekvivalentini tashkil etishi va 2014 yil 1 iyulgacha qayta sug’urtalovchilar ustav kapitalini kamida 6 mln Yevro ekvivalentiga yetkazishi zarurligi qayta sug’urtalovchilar moliyaviy barqarorligini yildan yilga oshirib boradi. 2010 yilda “Qayta sug’urta xizmatlari ko’rsatishning yagaona talablari va standartlari to’g’risida” gi nizomni ishlab chiqilishi ushbu soha bo’yicha qonuniy huquqiy bazani yanada takomillashtirdi va qayta sug’urtalash sohasi bo’yicha aniq shakl va talablarni belgilab berdi. Ўзбекистон Республикаси «Суғурта фаолияти тўғрисида» ги Қонуннинг 8-моддаси «Қайта суғурта брокери» ва Фуқоролик кодексининг 52-боби 959 - моддаси «Қайта суғурта қилиш» асосида қайта суғурталаш фаолияти амалга оширилади ва тартибга солиб турилади. Шу билан бир қаторда Ўзбекистон Республикаси Молия вазирининг 2009 йил 3 июлдаги 68-сон буйруғига асосан «Суғурталовчи ва қайта суғурталовчининг инвестиция фаолияти тўғрисида
НИЗОМга мувофиқ амалга оширилади.
Sug’urta zaxiralarini shakllanishi bilan bog’liq atamalar va ularga ta’rif bering.
Sug'urta zaxiralari bu — sug'urta qildiruvchi tomonidan so'm voki xorijiv valyutada to‘langan sug'urta mukofotlari hisobiga sug'urtalovchi tomonidan shakllantiriladigan hamda sug‘urtalovchining balansida aktiv yoki majburiyat ko‘rinishida hisobga olinadigan, sug'urta to'lovlari bo'yicha moliyaviy majburiyatlami bajarish, zararlami bartaraf etish bo'yicha xarajatlar va ogohlantirish chora-tadbirlarini moliyalashtirish uchun zarur bo'lgan mablag'lar. Sug'urta zaxiralari sug'urtalovchi tomonidan sug'urtaning har bir turi (klassi) bo'yicha sug'urta shartnomasiga muvofiq sug'urta tovonini (sug'urta pulini) to'lash nazarda tutilgan valyutada shakllantiriladi.