Qayta sug`urta qilish shartnomasida nimalar ko`rsatilishi shart.
Qaysi hollarda sug`urtalanuvchiga ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urtasi bo`yicha sug`urta tavoni to`lanmaydi.
29-varinat
Annuitet shartnomasi deganda nimani tushunasiz, u qaysi sug`urta turlari bo`yicha tuzuladi.
Annuitet - renta va nafaqalami sug'urtalashning hamma turlarini umumlashtiruvchi tushuncha. Bunda sug'urtalanuvchi sug'urta kompaniyasiga bir vaqtning o'zida yoki bir necha villar davomida tegishli sug'urta mukofotlarini to'laydi. Keyin sug'urtalanuvchi butun hayoti davomida sug'urta kompaniyasidan daromad oladi. Annuitetning bir turi hisoblanadigan fiiqarolaming yillik daromadini sug'urtasi bugungi kunda Buyuk britaniyada, Fransiyada va AQSHda keng rivojlangan.
annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi — hayotni sug‘urta qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
Annuitetlar shartnomasi ommaviy shartnomadir.
Annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi annuitetlar shartnomasida shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga, sug‘urta puli doirasida tegishincha:
jabrlanuvchiga u o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun;
xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda vafot etgan taqdirda sug‘urta tovonini olish huquqiga ega bo‘lgan naf oluvchiga joriy to‘lovlar tarzida bir yildan ortiq muddat uchun sug‘urta tovoni to‘lash majburiyatini oladi.
Annuitetlar shartnomasi ish beruvchi bilan annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi o‘rtasida tuziladi. Annuitetlar shartnomasini tuzish uchun ish beruvchining yozma shakldagi arizasi asos bo‘ladi.
Annuitetlar shartnomasi shartlari va uni tuzish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Annuitetlar shartnomasida ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan shartlarning to‘liq emasligi uchun javobgarlik annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi zimmasida bo‘ladi.
Annuitetlar shartnomasi qonunchilikka muvofiq jabrlanuvchiga mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasi belgilangan muddatga yoki naf oluvchi sug‘urta tovonini olish huquqiga ega bo‘ladigan muddatga tuziladi.
Ish beruvchi majburiy sug‘urta qilishni amalga oshiradigan sug‘urtalovchini va annuitet shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchini tanlash huquqiga ega.
Annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urta puliga teng bo‘lib ish beruvchi tomonidan annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalashning butun davri uchun annuitet shartnomasi tuzilgan muddatdan boshlab besh ish kuni mobaynida bir yo‘la to‘lanadi. Eng kam oylik ish haqining miqdori qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oshirilgan taqdirda xodimning hayotiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilishi bilan bog‘liq holda belgilangan zararni undirish puli eng kam oylik ish haqining oshishiga mutanosib ravishda ko‘payadi. Bunda ko‘rilgan zararni undirishning ko‘paytirilgan summasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ish beruvchi tomonidan qo‘shimcha ravishda to‘lanadi.