6.Buyruq-istak maylidagi I shaxs fe`llari qanday ma`noni bildiradi?
A) istak B) chegaralash C) buyruq D) ta`kid
7.Keksalarga yordam berish hammamizning burchimiz-ku! Ushbu gapdagi yuklama turini aniqlang.
A) kuchaytiruv B) aniqlash C) chegaralash D) ta`kid
8.Yasama narsa-buyum otlari qo’chimchalarini aniqlang.
A)-zor,-loq B)-k,-gich,-qin C)-q,-iston,-zor D)-chilik,-loq
9.Isitma,uyushma,yuklama,birikma.-ma qo’shimchasi yuqorida qanday ma’noni anglatmoqda?
A) aniq narsa-buyumlar nomlarini B) atamalar nomlarini
C) taomlar nomlarini D) joy nomlarini
10.Qaysi qatorda kasb-hunar yasovchi qo’shimchalar berilgan?
A) -lik,-moq,-da B) -mi,-yu,-ku C) -ar,-dir,-cha D) -soz,-kor,-gar
11.Qaysi qatorda turdosh otlar berilmagan?
A) Nilufar.Boychibor,O’rta Osiyo B) Paxtakor, zargar,o’quvchi
C) Shifokor,o’qituvchi,bog’bon D) Viloyat,davlat,tuman
12.Qaysi qatorda egalik qo’shmchаsi bilan kelgan o’zlik olmoshilari berilgan?
A) biz,ular, siz B) allakim,allanima,allanarsa
C) shunisi, shunga, shuncha D) o’zim, o’zing, o’zimiz
13.Qaysi qatorda bo’lishsizlik olmoshi berilgan?
A) Hech kim yolg’on gapirmasin
C) Hamma bayramda faol qatnashdi
B) Navro’z bayramida kimlar qo’shiq aytdi?
D) Kimdir qo’ng’iroq qilibdi
14. Kuchaytiruv yuklamalarini aniqlang?
A) -mi, - chi B) –ku, -da C) axir, hatto D) ham, faqat
15….Bu e`tiqod bugungi va kelajak avlodlar uchun chinakam ibratdir…. Ushbu parcha qaysi matndan olingan?
A) Olam sirlari B) Vatan himoyasi C) Donolar bisoti D) Bobolar hikmati
16. Buyruq-istak maylidagi I shaxs fe`llari qanday qo`shimchalar yordamida yasaladi?
A) –ay,-aylik B) –ing,- ng C) –sa, -sin D) –ingiz, sinlar
17. Fe`llarning bo`lishsiz shakli qaysi qo`shimcha yordamida yasaladi?
A)- ay B)- ing C)-mi D) -ma
18.Narsa –buyumning belgisini bildiradigan fe`l shakli qanday nomlanadi?
A) sifat B) sifatdosh C) ravish D) ravishdosh
19. -tacha,-lab ,-larcha qanday qo’shimcha?
20. Butunning qismini ifodalovchi sonlar …deyiladi.
21. Kecha,bugun,ertalab kabi ravishlar qanday ravishlar deyiladi?
22.”Ketib qolma, Orolim » she`rining muallifini yozing?
23. Nutqda juft va takror holda qo’llanilgan ravishlar qanday yoziladi?
24. Chiziqcha bilan yoziladigan ta`kid yuklamalarini yozing?
25. Takrorlanib qo`llanadigan bog`lovchilar qanday nomlanadi?
O`zbek tili 8 – sinf (umumta`lim maktablar uchun)
variant
1.Qaysi gapning kesimiga majhullik nisbati shaklini qo’shish mumkin?
A)Shanbalikda ko’chalar tozala...di. B) Kamola yuvi…div a tara…di.
C) Hamma yoqni tozala…di. D) Qizlar qo’shiq kuyla…di.
2. “Shirin” so’ziga ma’nodosh so’z berilgan qatorni toping.
A) mazali B) bemaza C) nordon D) shirali
3. Quyida berilgan she’riy parcha nima haqida?...Garchi choynak
Mag’rur bo’lsa …
A) Kamtarlik B) Manmanlik C) Mag’rurlik D) Qobiliyat
4. Fe’l nisbatlari nechta?
A) 4 ta B) 2 ta С) 3 ta D) 5 ta
5. Qaysi qatorda fe’l aniq nisbatda berilgan?
A) Anvar xat yozdi B) Xat yozildi C) Xatni yozishdi D) Xat yozilmadi
6. Qaysi qatorda uyushiq bo’lakli gap berilgan?
A) Uylar oqlandi
B) Uylar, ko’chalar va maydonlar bayram libosiga burkangan
С) Biz uylarga qarab o’tdik
D) Ozoda darslarni bajarib bo`lgach, kitob o`qidi
7. Qaysi qatorda orttirma nisbatdagi fe’l qatnashgan?
A) Ukam hammani kuldirdi B) Ukam kuldi C) Ukam kulyapti D) Ukam kulmadi.
8. “Kamtarlik” so’zining antonimini aniqlang.
A) Saxiylik B) Qo’pollik C) Manmanlik D) Xasislik
9. Hozirgi kunda yog’och o’ymakorligi maktablari qaysi shaharlarda mavjud?
A) Toshkent, Qo’qon, Xiva B) Samarqand, Buxoro, Xiva
C) Toshkent, Xorazm, Buxoro D) Qo’qon, Samarqand, Xorazm
10.Qaysi qatorda tasdiq, inkor gaplar berilgan ?
A) Eshitdimki,u o`shayerga boradi.Abror aslo yolg’on gapirmaydi
B) Oltin kuz keldi va havo soviyboshladi
C) Kuz faslida paxta teriladi.Bog’larda mevalar yig’iladi
D) Bugun maktabga vaqtli keldim.Kutubxonadan kitob oldim
11.Berilgan she`riy parcha qanday nomlanadi va muallifi kim?
Kim Qashg’arni qildi makon, Jaloliddin-Kurdistonda,
Kim Enasoy tomonda, Boburing –Hindistonda,
A)”Vaqt” G’afur G’ulom B)”Vatanim” Muhammad Yusuf
C)”O’zbekiston” Hamid Olimjon D)”Oltin kuz”Zulfiya
12. Qaysi qatorda darak gap berilgan?
A) Kutubxonada kitoblar ko’p B) Oltin kuz keldi-a?
C) Maktabga borasanmi? D) Eh,biz g’olibmiz
13.Qaysi qatorda gapda bir xil so’roqqa javob berib,o’zaro teng bog’lovchilar,yuklamalar va ohang yordamida bog’lanadigan so’zlarning qanday nomlanishi berilgan?
A) So’z turkumlari B) Qo’shma fe`llar
C) Uyushiq bo’laklar D) Gap bo’lagi
14.Berilgan parcha qaysi matndan olingan?
Dunyoda turfa odamlar bop ekan.Biriuning suviga e`tabor bersa,biri qadriga yetmadi-har tomonga bo’lib yubordi.Yo’lda nimalar qo’shilmadi unga, bilolmadi.
A) Buloq B) Ona yurt manzaralari
C)Til bilgan- el biladi D)Tabiblarning tabibi
15. Berilgan gapning turini aniqlang.Maktabga kech qolib kelmang.
A) Tasdiq gap B) Inkor gap C) Buyruq gap D) Yig’iq gap
16.Berilgan parcha qaysi matndan olingan?
Donishmand el boshqacha yo’l tutibdi.Bebosh suvni maslahat bilan yo’lga solibdi,uy-joyli qilib,tinchitib qo’yishibdi.
A) Ota vasiyati B) Donishmand el va o’jar suv
C) Davlat tili D) Buloq
17.Berilgan so’zlarning ma`nodoshlari qaysi qatorda berilgan?Katta,o’jar,ozgina
A) Тinmay,o’roq,totmoq B) Kichik, hashar, bel
C) Yirik, qaysar, jindakkina D) Fursat,muloyim, ijozat
18.Modal so’zlar gapda qanday gap bo’lagi vazifasida keladi?
A) Ega B)Kesim C) Aniqlovchi D)To‘ldiruvchi
19. „…Qish kelar yozi bilan,
Do’st shirin so’zi bilan…” ushbu parcha kimning qalamiga mansub?
20. ”Muhokamat ul-lug’atayn” nomli kitobning muallifi kim?
21.Fe’l nisbatlari necha xil bo’ladi?
22….Kelinchakdek pardoz topar dov-daraxt
Bayramona nafas hukmron albat,
Ko’rolmaslar holi tangdirva karaxt,
Yomon boshin yer-u yaxshilar oshar.Berilgan parcha qaysi she’rdan olingan?
23. O`qildi, aytildi so`zlari fe`lning qaysi nisbatiga tegishli?
24. Yozing, o`qing fe`llari qaysi maylda berilgan, ularning shaxs –sonini yozing?
25. To`ldiruvchi necha xil bo`ladi?
O`zbek tili 8 – sinf (umumta`lim maktablar uchun)
2- variant
1.Qaysi qatorda undalma berilgan?
A) Tepada bir parcha oq bulut suzib yuribdi
B) Ilgari kutubxonaga borarmidingiz?
C) Do’stim,menga yaxshi maslahat berdingiz
D) Do’stim mehmonga taklif qildi
2.Qaysi qatorda ko’makchi berilgan?
A) Bilan,ammo B) Тomon,qarab C) Shu,bu D)Voy,uf,eh
3.Qaysi qatorda sifatdosh yasovchi qo’shimchalar berilgan?
A) -gach,-kach B) -Y (--a) C) -gan,-kan D) –(-(a)r,-mas,-(u)vchi
4.Berilgan parcha qaysi matndan olingan?
Tuproq ranjib har tomonga sochilib ketgan ekan, Atirgulning ildizi ochilib,qulab tushibdi.
A) Otavasiyati B) Ikki do’st C) Pushaymonlik D) Burch nima?
5.Berilgan parcha qaysi matndan olingan?
Suvga tupurish,unga xas-xashak tashlash hamda isrof qilish qadimdan qoralangan…
A) Tejamkor bo’laylik B) Loqaydlik isrofgarchilikka olib keladi.
C) Iqtisod va isrof D) Suv—bebaho xazina
6.Qaysi gapda qo’shma fe`llar qatnashgan?
A) Hammasini birma-bir gapirdi..
B) Sekin-asta ketdi.
C) Ochin-to’qin yurish sog’liqqa zarar.
D) Bu gapni aytdi-qo’ydi.
7.Qaysi qatorda fe`lning aniq nisbati berilgan?
A) O’quvchi maktabga yetib keldi.
B) Foydali qazilma boyliklari qazib olindi.
C) Sinf o’quvchilari ikki guruhga bo’lindi
D) Shanbalikdan o’quvchilar birga qaytishdi
8.Bir so’z turkumiga oid so’zlar bilan qanday bo’laklar ifodalanadi?
A) gapning bosh bo’lagi B) gapning ikkinchi darajali bo’laklari
C) gapning uyushiq bo’laklari D) ajratilgan bo’laklar
9.Qaysi qatorda fe`lning birgalik nisbati berilgan?
A) 9-fevral kuni Alisher Navoiy she`rlari o’qildi.
B) Paxta dalalarida paxta terishdi.
C) Do’stingga hamma rasmlaringni ko’rsat.
D) Olya kutubxonaga shoshildi.
10.Qaysi qatorda ravishdosh berilgan?
A) O’ylaguncha B) Sekin C) Ohista D) Muloyim
11. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’ying.
Vataniga sodiq. . . . . .hamma hurmat qiladi.
A) insonlarni B) qariyalarni С) bolalarni D) qizlarni
12. Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turini aniqlang.
Kishi o’z intilishi bilan baxt topa oladigan zamon keldi.
A) so’roq gap B) darak gap С) buyruq gap D) his-hayajon gap
13. XVII asrda yashab ijod etgan ,Bobur avlodidan bo’lgan,shoira va olima nomini aniqlang
A)Nodirabegim B)Dilshod Barno
C)Zebunniso D)Zulfiya
14.Kimlar qomusiy Sharq olimlaridir?
A) Navoiy B)Amir Temur С) Ibn Sino,Xorazmiy D)Lutfiy
15.Alisher Navoiyning til haqidagi maxsus asari qanday nomlanadi?
A)”Muhokamat ul-lug’atayn” B)”Xamsa”
С)”Xayrat ul- Abror” D)”Farhod va Shirin”
16.”Do’st bilan obod uying”she’rining muallifi kim?
A) E. Vohidov B) Zulfiya С) H. Olimjon D) M.Yusuf
17.Modal so’zlar gapning qayerida kelishi mumkin?
A) boshida B) hamma yerida С) oxirida D) o’rtasida
18.Tushuntirish xati nechanchi shaxs tomonidan yoziladi?
A) I shaxs B) II shaxs С) III shaxs D) II shaxs birlikda
19.U mushuk ko’zini mo’ljalga olib o’zini tashladi.Yana “Pirr”etib terak shoxiga chiqib oldi.Berilgan parcha qaysi matndan olingan?
20. So`zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki predmetni ko`rsatadigan so`z yoki so`z birikmasi qanday ataladi?
21. –tir, -giz, -dir,- kiz qo`shimchalari qaysi nisbatga tegishli?
22.”Ikki do`st“ matnining qahramonlari kimlar?
23.IX-XI asrlarda Movarounnahrda jahon ilmiga hissa qo`shgan faylasuf olim nomini yozing?
24.”Tiklash va qarama-qarshi qo`yish” deb nomlangan asar muallifini yozing.
25.Majhul nisbat qo`shimchalarini yozing?
O`zbek tili 8 – sinf (ixtisoslashgan maktablar uchun)
1- variant
1.IX-XI asrlarda Movarounnahrda jahon ilmiga hissa qo`shgan matematik olim kim?
Al-Xorazmiy B) Abu Rayhon Beruniy C) Ibn Sino D) Farobiy
2.Mavhum ot yasovchi qo`shimchalarni belgilang
–loq, -zor,- goh B)-lik, -chilik, -garchilik
C) –don,-gich,-gi D) –kor, -bon,-chi
3.Endi qanday kitob o’qimoqchisiz? ushbu gapdagi so’roq gap qanday ifodalangan?
A) So’roq olmoshi bilan B) so’roq yuklamalari bilan
C) so’roq ohangi D) bo’lishsizlik fe’li bilan
4…Mustaqillik tufayli biz ko’p yutuqlarga erishdik.Respublikamizda qadimiy ma’naviy qadriyatlarimiz tiklandi…Ushbu parcha qaysi matndan olingan?
A)”Mening Vatanim” B)”Muqaddas zamin” C)”Vatanim” D)”Vatan tuyg’usi”
5.Gapning ifoda maqsadiga ko’ra qaysi turi ,odatda,javob talab qiladi?
A)darak gap B)his-hayajon gap C) so’roq gap D) buyruq gap
6.Berilgan gapning turini aniqlang. Unutmayman seni also jon O’zbekiston,O’zbekiston!
A)darak gap B)so’roq gap C)buyruq gap D) his-hayajon gap
7.Gapning o’zaro teng bog’lovchilar,sanash ohangi yordami bilan bog’langan bo’laklari…deyiladi.
A) bog’lovchilar B) uyushiq bo’laklar C) yuklamalar D)darak gap
8.Qaysi qatorda fe`lning o’zlik nisbatini yasovchi qo’shimchalar berilgan?
A) -iz. B) -(i)sh C) -ur. D) -(i) n.
9.Litsey hovlisi toshlardan,chiqindilardan tozalandi. Ushbu gapda qaysi ikkinchi darajali bo’lak uyushib kelgan?
A) to’ldiruvchi B) aniqlovchi C) ega D) hol
10. …Onalar poyiga poyandoz ayla
Jahon saltanatin bayroqlarini...
berilgan she’riy parcha qaysi she’rdan olingan va muallifini aniqlang.
“Bahor keldi seni so`roqlab”,Zulfiya B)”Ozbekiston”, A)Oripov
C)”O’zbek ayoli”, M.Yusuf D)”Ayolni ardoqla”,H.Asqar
11.Ravishdoshlar qaysi qo’shimchalar yordamida yasaladi?
A)-gan,-kan,-qan D)-sh, -ish, -moq C)-li, -siz, be- D)-gach, -guncha, -gani
12.Berilgan parcha qaysi matndan olingan?
…Odam och –nahor bir necha kun yashashi mumkin,lekin suvsiz yashay olmasligini hamma biladi.
A)”Pushaymonlik B)”Suv –bebaho xazina”
C)”Xiyonat” D)”Vatan tuyg’usi”
13.Qaysi qatorda harakat nomi berilgan?
A)O’qish- ulg’ayish. B)Mening Vatanim- O’zbekiston
C)Shanbalikdan o’quvchilar qaytdilar D)O’quvchi maktabga shoshildi
14.Mehnat haqidagi maqolni toping.
A) Ilmli ming yashar, ilmsiz bir yashar
B) Kitob aql chirog’i
C) Ishlagan yerni yashnatar, ishlamagan qaqshatar
D) O’qigan o’gil otadan ulug’
15.Quyidagi gapda nuqtalar o’rnini to’ldiring. Mehnat…qiyin bo’lsa, samarasi ham….shirin bo’ladi.
A) qancha,shuncha B)qanchadir,shunchadir C)juda, g’oyat D)nihoyatda,eng
16….Ayol—oilasi,farzandlari uchun eng jonkuyar,g’amxo’r inson…. Berilgan parcha qaysi matndan olingan?
A)”Oila” B)”Ota vasiyati” C)”Ayol- oila ko’rki” D)”Ona”
17.Kamtarga kamol, …. Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
A)Yaxshiga zavol B)Manmanga zavol C)Yaxshiga yondosh D) Insonga baxt keltirar
18. Shart mayli qo'shimchasini toping.
A) –sa B) –ni C) –lar D) –im
19. I shaxs buyruq – istak maylidagi fe`llarning qo`shimchalarini yozing.
20. “Tilga ixtiyorsiz-elga e’tiborsiz” hikmati kimning qalamiga mansub?
21. Shart maylidagi fe’llar kerak so’zi bilan birga qo’llanganda biror ish – harakatning bajarilishi…… bildiradi.
22 Fe’llarda bo’lishsizlik ma’nosi qaysi qo’shimcha bilan ifodalanadi?
23. Ta’kid va kuchaytiruv ma’nosini ifodalashda qaysi yuklamalar ishlatiladi?
24.”Birinchi muallim.” “ Ikkinchi muallim” kitoblarining muallifi kim?
25. -a,-y,-(i) b qo`shimchali ravishdoshlar nimani bildiradi va qanday so`roqlarga javob beradi?
O`zbek tili 8 – sinf (ixtisoslashgan maktablar uchun)
2- variant
1.Qaysi qatorda shart mayli qo’shimchasi berilgan?
A) -sa B) -mi C) -gin D) -ngiz
2.Nuqtalar o’rniga kerakli so’zlarni qo’ying.
Kamtarlik ………….. ko’tarar,
Manmanlik yerga ………………..
A) Balandga, chiqarar B) Ko’kka, kiritar C) Chiqarar,eltar D) Yetaklar,boshlar
3.Shart ma`nosini kuchaytiruvchi so`zlarni toping?
A) boshlab, tortib B) qarab, juda C) eng, katta D) agar, mabodo
4.Qaysi qatorda sifatdosh yasovchi qo’shimcha berilgan?
A) -ni,-g a B) -ning. C) –dagi D)-gan.
5.Qaysi qatorda juft otlar berilgan?
A) Katta, kattaroq, kattakon
B) Oybolta,Qorasuv, mehnatsevar
С) Yakkatut, Yangiyo’l, Olmazor
D) Aka-uka, oziq-ovqat, xotin-qiz
6.Qaysi qatorda narsa-buyumning ish- harakatini bildiruvchi so’z turkumi berilgan?
A) Sifat B) Ot C) Fe`l D) Olmosh
7.Qaysi qatorda holat fe`li berilgan?
A) turmoq,yotmoq B) ammo,lekin C) albatta, shubhasiz D) men,sen u
8.”Vaqt” she`rining muallifi kim
A) A)Oripov B) E.Vohidov C) Zulfiya D)G`G`ulom
9.Rasmiy xujjatlarga ko’ra Xiva qachon tashkil topgan?
A)XVII asrda B)XVI asrda C)XV asrda D) XVIII asrda
10.Qaysi bog’lovchilar qo’llanganda vergul qo’yilmaydi?
A)Zidlov B)Ayiruv D)Biriktiruv C)Inkor
11.”Bilib qo’yki,seni Vatan kutadi!” she’ri kimning qalamiga mansub?
A)G’.G’ulom B)Cho`lpon D)M.Normatov C) A)Oripov
12.Hasharning qanday turlari mavjud?
A) oilaviy B) Mahalla C)Umumxalq D)Oilaviy,mahalliy va umumxalq
C) olma, shaftoli,uzum D) xurmo,olcha,olxo’ri
13.Harakat nomi qanday qo’shimchalar yordamida hosil bo’ladi?
A) –ish,-sh, -uv B)-im,-ing,-imiz C)-ga,-da,-dan D)- ning,-ni,-da
14.Aslida tupoqni odil tabiat,
Taqsim aylagan-ku, yer yuziga teng...
ushbu misralar muallifi kim?
A) Zulfiya B)A.Oripov C) G`G`ulom D) E.Vohidov
15.Modal so’zlar gapning qayerida kelishi mumkin?
A) boshida B) hamma yerida С) oxirida D) o’rtasida
16.Taqlid so’zlar ma’no jiatdan necha turga bo’linadi?
A) 1 B) 2 С) 3 D) 4
17. Berilgan gapning turini aniqlang. Maktabga kech qolib kelmang.
A) Tasdiq gap B) Inkor gap C) Buyruq gap D) Yig’iq gap
18. Katta, o’jar, ozgina berilgan so’zlarning ma`nodoshlari qaysi qatorda berilgan?
A) Тinmay,o’roq,totmoq B) Kichik, hashar, bel
C) Yirik, qaysar, jindakkina D) Fursat,muloyim, ijozat
19. Abu Nasr Farobiy nechta tilni bilgan, va nechadan ortiq asar yozgan?
20. Yevropada “Alfraganus” nomi bilan mashhur bo`lgan alloma kim?
21.Oydagi kraterlaridan ikkitasi qaysi buyuk vatandoshlarimiz nomi bilan ataladi?
22. IX-XI asrlar Sharqda qanday davr deb ataladi?
23.”Tiklash va qarama-qarshi qo`yish” deb nomlangan asar muallifini yozing.
24.Majhul nisbat qo`shimchalarini yozing?
25. I shaxs buyruq – istak maylidagi fe`llarning qo`shimchalarini yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |