1.Markaziy bank va uning yuridik shaxs maqomi mazmuni nimalardan iborat? Javob: Markaziy bankning huquqiy maqomi, vazifalari, vakolatlari, tashkil etilishi va faoliyati prinsiplari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun hamda boshqa qonunlar bilan belgilanadi.
Markaziy bank yuridik shaxs hisoblanadi va u davlatning mutlaq mulkidir.
Markaziy bank — o‘z sarf-xarajatlarini o‘zining daromadlari hisobidan amalga oshiruvchi, iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasadir.
Markaziy bank va uning muassasalari O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhriga ega
2.Markaziy bank vakolatlari haqida nimalarni bilasiz? Javob: Markaziy bank:
O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarni amalga oshirish qoidalarini belgilaydi;
bank tomonidan milliy va chet el valyutasida mijozlarning hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibini belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida pul belgilarini muomalaga kiritadi va muomaladan chiqaradi;
qimmatbaho metallardagi aktivlarni to‘ldirish uchun davlatning affinlangan oltin sotib olishga bo‘lgan ustuvor huquqini amalga oshiradi;
qimmatbaho metallardan tayyorlangan quymalarni muomalaga chiqaradi;
qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilarini sotib olish va sotish tartibini belgilaydi;
banklar tomonidan qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish tartibini belgilaydi;
o‘zi belgilaydigan tartibda va shartlarda banklarga qisqa muddatli kreditlar, shuningdek likvidlilikni tezkor sur’atda qo‘llab-quvvatlash uchun kreditlar beradi;
3.Markaziy bankning ma’muriy-boshqaruv sohasidagi vazifalari haqida so‘zlab bering. Javob: Markaziy bankning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda uning funksiyalarini belgilash mumkin. Bunday fuknsiyalar jumlasiga:
Baholar va to‘lov tizimining barqarorligi va himoya qilinishi maqsadida O‘zbekiston hukumati bilan birgalikda yagona davlat pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Naqd pul emissiyasini monopol tarzda amalga oshirish va uning muomalasini tashkil etish;
Qayta moliyalashtirish tizimlarini tashkil qilish va amalga oshirish;
Bank operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini, tijorat banklarida hisob-kitob va hisobot ishlari tartiblarini belgilash;
Kredit tashkilotlarini davlat ro‘yxatiga olish, ularga litsenziya berish va litsenziyani qaytarib olish;
Kredit tashkilotlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;
Valyutani tartibga solish, valyuta nazoratini amalga oshirish;
CHet davlatlari bilan hisob-kitob tartiblarini o‘rnatish;
O‘zbekiston Respublikasi to‘lov balansi istiqbollarini aniqlash, to‘lov balansini tuzish.