xohish-iroda kabi qismlarni qamrab oladi.
Huquqiy ongni oshirish va huquqiy
madaniyatni yuksaltirish 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
va boshqa mavjud qonunlar yoki huquqiy me’yoriy hujjatlar
asosida amalga oshiriladi.
|
Huquqiy ongni shakllantirish orqali huquqiy tarbiya
me’yorlarini hayotga tadbiq etish muayyan qoidalarga amal
qilishga yordam beradi.
|
Huquqiy madaniyat
|
Huquqiy madaniyat bu - shaxs tomonidan huquqiy bilimlarning
o‘zlashtirilishi hamda huquqiy faoliyatni tashkil etish
darajasining sifat ko‘rsatkichidir.
|
Huquqiy darslar davomida o'quvchilami qonuniy va qay
holatlarda qonun buzilishlar sodir etilishini chuqur idrok etib
borishlari lozim. Shuningdek, ushbu darajalarda davlat ramzlari,
ularga nisbatan faxr-iftixor, Ona Vatanga cheksiz mehr tuyg‘ulari
singdirilib borilishi kerak
|
Huquqiy tarbiya
|
Huquqiy tarbiya shaxs tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy huquqiy
bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi
ko‘nikma va malakalani hosil qilish, unda ijobiy mazmundagi
huquqiy sifatlami qaror toptirish va huquqiy madaniyatni
shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi.
|