1-variant Boshlang‘ich ta`limda o‘quvchi shaxsining mukammal rivojlantirish omillari



Download 242,79 Kb.
bet56/79
Sana18.02.2022
Hajmi242,79 Kb.
#450822
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   79
Bog'liq
1-24 ona tili metod

1. Boshlang'ich ta ’lim.
2. Umumiy о 'rta ra ’lim.
Respublikamizda umumiy o'rta ta ’limning standard yaratildi. Unda boshlang'ich bosqich va umumiy o'rta ta’lim nihoyasida o'quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko'nikma va malakalaming minimal
darajasi belgilab berildi. Jumladan, 1—■4-sinflarda o'quvchilar ona tili va o'qish predmetlaridan o'qish texnikasi, matn mazmunini va o'zgalar fikrini anglash malakasi, fikrni yozma shaklda bayon etish malakasibo'yicha bilim, ko'nikma va malakalaming minimal darajasi belgilab berildi. Bu o'rinda ona tiliga katta vazifa yuklatildi: ona tili ta ’limiga o'quv fani sifatidagina emas, balki butun ta ’lim tizimini uyushtiruvchi ta ’lim jarayoni sifatida qaraldi. Ona tili bo'yicha minimal talablar uch parametrli standart o'lchovi orqali aks ettirildi: o'qish texnikasi, o'zgalar fikrini va matn mazmunini anglash, fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi.

15bilet
1.Boshlang‘ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasining o’ziga xosligi nimada?
Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi yuqori sinflarda ona tili o'qitish metodikasining dastlabki bosqichi bo'lib, u tekshiradigan masalalarni boshlang'ich sinf o'quvchilariga tadbiqan (muvofiq ravishda) o'rgatadi. Shu bilan birga, boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasining o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Boshlang'ich sinflarda ona tilini o'qitish grammatika, imlo va unga bog'liq holda nutq o'stirish metodikasinigina emas, balki xat-savod o'rgatish, sinfda va sinfdan tashqari o'qish metodikalarini ham o'z ichiga oladi. Shulardan kelib chiqib, boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fani quyidagi vazifalarni bajaradi: a) boshlang'ich sinflarda ona tili kursining m azm uni, hajmi va mavjud tizimini, ya’ni kursning (xat-savod o'rgatish, o'qish, gram matika, imlo, nutq o'stirish va h.k.) dasturini belgilash va asoslash; b) o'qish va yozuvdan bilim va ko'nikmalarning shakllanishi jarayonini ham da bu jarayonda o'quvchilar duch keladigan qiyinchiiiklarni o'rganish, xatolarning sababini tahlil qilish, ularning oldini olish va to'g'rilashga yordam beradigan ish turlarini ishlab chiqish; d) ona tilidan beriladigan o'quv materialini o'quvchilar aniq tushunishi va puxta o'zlashtirishiga, ularda olgan bilimlarini amaliyotda tatbiq eta olishga va o'quvchilam ing umumiy taraqqiyotiga, ya’ni ularning zehnini, xotirasini, kuzatuvchanligini, yodda saqlashini, mantiqiy tafakkurini, ijodiy o'ylashini, nutqini o'stirishga yordam beradigan m etod va vositalarni ishlab chiqish; e) ona tilini o'rgatish bilan bog'liq holda maktablar oldiga qo'yilgan tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish, o'quvchilarda axloqiy va estetik sifatlarni shakllantirish. Ona tili o'qitish metodikasi ta’limning turli bosqichlarida o'quvchilarning bilim, ko'nikm a va malakalarini aniqlaydi, o'qishning muvaffaqiyati va kamchiliklarini belgilaydi, sababini izlaydi, xato va kamchiliklam i bartaraf etish usullarini topadi. Ona tili metodikasi ta ’lim tizimining barcha bosqichlirida ona tilini o'qitishning izchillik va uzlnksizligini ta’minlaydi. Maktabgacha tarbiya muassasasida, asosan, bolalaming nutqini o'stirish nazarda tutiladi. Boshlang'ich sinfda o'quvchilar nutqini o'stirishdan tashqari, ona tilidan elem entar nazariy tushunchalarni amaliy o'zlashtirishlari ham nazarda tutiladi.
Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fani quyidagi bo'limlarni o'z ichiga oladi: 1. Savod o‘rgatish metodikasi, ya’ni elem entar o'qish va yozishga o'rgatish. Bolalarga savod o'rgatish pedagogika fanidagina emas, balki ijtimoiy hayotda ham juda jiddiy masalalardan hisoblanadi. Chunki xalqning savodxonligi mustaqillik uchun, siyosiy onglilik uchun, m adaniyat uchun kurash qurolidir. Mustaqil O'zbekiston Respublikamizda har bir kishining savodxon bo'lishiga alohida e’tibor berilmoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov kelajak avlodning savodxon, yuksak m a’naviyat egasi bo'lib yetishishlari uchun g'am xo'rlik qilmoqdalar. Misol uchun, l-sinfga qadam qo'ygan bolalarga barcha o'quv qurollarining sovg'a qilinishi, 2008-yilning „Yoshlar yili" deb atalib, shu nomli dasturning amalga oshirilishi va hokazo. 2. 0 ‘qish metodikasi. Boshlang'ich sinflarda o'qish predm etining vazifasi bolalarni to 'g 'ri, tez (m e’yorida), ongli va ifodali o'qish m alakalari bilan qurollantirish hisoblanadi. 3. Grammatika, fonetika, so'z yasalishini o'rganish metodikasi. Bu bo'lim elem entar to 'g 'ri yozuvga va husnixatga o'rgatishni, gram m atik tushunchalar, boshlang'ich imlo malakalarini shakllantirishni nazarda tutadi. 4. Nutq o‘stirish metodikasi. Bu bo'lim boshlang'ich sinflarda alohida o'rin tutadi. Bolalar birinchi navbatda tilni, nutqni o'quv predmeti sifatida anglaydilar, ular xohlagan va qiziqarli narsalarnigina emas, balki zaruriy narsa va hodisalar haqida o'ylab, rejali nutq tuzish zarurligini ham tushuna boshlaydilar. Ular o'zining grafik shakli bilangina emas, balki leksikasi, sintaktik va morfologik shakli bilan ham og'zaki nutqdan farq qiladigan yozma nutqni ham egallaydilar. Metodika bolalar nutqini boyitishi, sintaktik va bog'lanishli nutqini o'stirishni ham ta ’minlashi kerak. Shuni aytib o'tish kerakki, bog'lanishli nutq maktablarda alohida bo'lim sifatida o'rganilm aydi, u til fanining boshqa bo'limlari bilan bog'langan holda shakllantiriladi.
2. Fan metodlari – ma'lum fan tarmog‘iga kiruvchi yoki fanlar tutashgan joyda vujudga kelgan muayyan fan sohasida qo‘llaniladigan usullar tizimi.
Fan metodlari – ma'lum fan tarmog‘iga kiruvchi yoki fanlar tutashgan joyda vujudga kelgan muayyan fan sohasida qo‘llaniladigan usullar tizimi. Har bir fundamental fan, mohiyat-e'tibori bilan, o‘z predmetiga va o‘ziga xos tadqiqot usullariga ega bo‘lgan sohalar majmuidir. Fanda, ko‘p hollarda tanlangan metod tadqiqotning taqdirini hal qiladi. Aynan bir daliliy materialni turli metodlar asosida o‘rganish ziddiyatli xulosalarga olib kelishi mumkin. Ilmiy bilishdagi to‘g‘ri metodni xarakterlar ekan, F.Bekon uni yo‘lovchining yo‘lini yorituvchi chiroq bilan qiyoslaydi. Noto‘g‘ri yo‘ldan bora turib, y yoki bu masalani hal qilishda muvaffaqiyatga erishishga umid qilish mumkin emas. 3epo nafaqat natija, balki unga eltuvchi yo‘l ham to‘g‘ri bo‘lmog‘i lozim.
Fan metodlarining guruhlarga bo‘linishi bir nechta asoslarga ega. Bilish jarayonida uning roli va o‘rni nuqtai nazaridan: formal, empirik, nazariy tadqiqot, izohlash, shuningdek, boshqa metodlarga ajratish mumkin. O‘z navbatida, bilishning sifat va son, bilvosita va bevosita original hamda faoliyatli metodlari ham mavjud. Metodlarni tanlash va turli metodik tadqiqot faoliyatida qo‘llash o‘rganilayotgan hodisa tabiati va qo‘yilgan vazifalar bilan xarakterlanadi.
Xususiy ilmiy metodlar – materiya harakatining asosiy shakliga mos bo‘lgan muayyan fanda qo‘llaniladigan bilish usullari, tamoyillari, tadqiqot usullari va tartib-taomillari majmui. Mexanika, fizika, kimyo, biologiya va ijtimoiy-gumanitar fanlarning metodlari shular jumlasidandir. Xususiy fanlar metodlarining o‘ziga xos xususiyatlari moddiy ifodasini topgan bilish vositalari: mikrofizikada zarralarni tezlatgichlar, tibbiyotda a'zolar faoliyatini qayd etuvchi turli o‘lchagichlar va shu kabilar hozirgi zamon metodologik tadqiqotining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Umumilmiy tadqiqot metodlari falsafa bilan maxsus fanlarning fundamental nazariy-metodologik qoidalari o‘rtasida o‘ziga xos «oraliq metodologiya» bo‘lib xizmat qiladi. Umumilmiy tushunchalar qatoriga ko‘pincha «axborot», «model», «tuzilma», «funksiya», «tizim», «element», «oqilonalik», «ehtimollik» singari tushunchalar kiritiladi.
Birinchidan, bir qancha xususiy fanlar hamda falsafiy kategoriyalarning alohida xossa, belgi va tushunchalari umumilmiy tushunchalarning mazmuniga «singdirib» yuborilganligi, ikkinchidan, (falsafiy kategoriyalardan farqli o‘laroq) matematik nazariya va simvolik mantiq vositalari bilan ularni formallashtirish, ularga aniqlik kiritish mumkinligi umumilmiy tushunchalarning o‘ziga xos jihatlaridir.
Fanlararo tadqiqot metodlari–asosan fan sohalari tutashgan joyda amal qiladigan (metodologiyaning turli darajasi elementlarini birlashtirish natijasida yuzaga kelgan) bir qancha sintetik va integrativ usullar majmui. Mazkur metodlar kompleks ilmiy dasturlarni amalga oshirishda keng qo‘llaniladi.
3.Boshlang'ich sinflarda ona tili mashg'nlotlarining turi va mazmunini sharhlang
.Boshlang'ich sinflarda ona tili mashg'ulotlari turi va mazmuni quyidagilarni o'z ichiga oladi:
1. O'qish, yozuv, grammatik materialni o'rganish, kuzatishlar hamda o'quvchilam ing ijtimoiy faoliyatlari bilan bog'liq holda, ularning og'zaki va yozma nutqini o'stirish.
2. Birinchi sinfga kelgan bolalarga savod o'rgatish, ya’ni ularni elem entar o'qish va yozishga o'rgatish, bu ko'nikm alarni malakaga aylantirish.
3. Adabiy til m e’yorlarini, ya’ni imloviy va tinish belgilariga rioya qilingan savodli yozuvni, to 'g 'ri talaffuzni o'rganish, nutq va uslubiy elem entlarni egallash.
4. Gramm atika, fonetika, leksikologiyadan nazariy m ateriallarni o'rganish, tildan ilmiy tushunchalarini shakllantirish.
5. O'quvchilarni o'qish va gram m atika darslari orqali badiiy, ilmiyom mabop va boshqa adabiyotlar namunasi bilan tanishtirish, ularda badiiy asarni idrok etish ko'nikmasini hosil qilish.Bu vazifalarning hammasini boshlang'ich sinflarda ona tili predmeti hal etadi va ular ona tili dasturida aks etadi. Dastur davlat hujjati bo'lib, unda o'quv predmetining mazmuni va hajmi, shuningdek, shu predmetdan bilim, ko'nikm a va m alakalar darajasiga qo'yilgan asosiy talablar belgilangan bo'ladi. O'qituvchi va o'quvchilar dastur talablari asosida ish olib boradilar.


Download 242,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish