FANLARARO TADQIQOT METODLARI HAQIDA MA’LUMOT BERING
Fanlararo tadqiqot metodlari – asosan fan sohalari tutashgan joyda amal qiladigan (metodologiyaning turli darajasi elementlarini birlashtirish natijasida yuzaga kelgan) bir qancha sintetik va integrativ usullar majmui.. Falsafa metodlari. Mazkur metodlarga falsafaning qonun va kategoriyalari, kuzatish va tajriba, taqqoslash, analiz, sintez, induksiya, deduksiya va hokazolar taalluqli. Har bir metod ob’ektning alohida tomonini bilishga imkoniyat yaratadi. Falsafaning eng qadimgi keng tarqalgan metodlardan biri dialektika bo‘lsa, ikkinchisi metafizikadir. Biroq falsafa metodlari bular bilan cheklanmaydi. Bugungi kunda uning sofistika, eklektika, analitik, (hozirgi zamon analitik falsafasi), intuitiv, fenomenologik, sinergetik, germenevtik (tushunish) va boshqa turlari ham mavjud.«Dialektika» (yunon. «dialektike» – «bahs», «suhbat») tabiat, jamiyat va bilish taraqqiyoti qonuniyatlari hamda ularning asosida shakllanadigan umumiy tafakkur uslubi va amaliy faoliyat haqidagi ta’limotdir.
Ta’lim-tarbiya ishi bugungi kunda o`quvchining har tomonlama rivojlantirishni ta’minlovchi majmuaviy jarayon sifatida namoyon bo`lmog`i kerak. Shuning uchun ham mazkur jarayon turli yoshdagi o`quvchilarning aqliy rivolanishi, o`quv-biluv jarayonida o`quvchi shaxsining faoliyati, tahsil olishi va rivojlanishining o`zaro aloqadorligini ta’minlashga yordam bermog`i lozim. Huddi shu borada integratsiyalashgan ta’lim orqali o`quvchilarni bilim sifatini o`zaro aloqadorlikda amalga oshirib borish ko`zda tutiladi.
Ona tili va o`qish integratsiyasi. Ona tilining maktabda fan sifatida boshqa o`quv fanlari bilan aloqasi asosan, har xil yo`nalishlarda qarab chiqilishi mumkin. Odatda, ona tili boshlang`ich sinflarda o`quvchilarni og`zaki va yozma nutqlarini rivojlanishida asosiy o`rin tutadi. Shunday ekan, ona tili barcha fanlar bilan bog`liq bo`ladi, chunki til hamma fanlarni ta’riflash uchun zarur vosita demakdir. Til orqali haqiqatning hamma tomonlari ko`rinadi. Tilni o`rganmasdan turib, aqliy faolit qilish mumkin emas. Til qurol sifatida har qanday fandan o`quvchi bilim olishi shart bo`lgan sharoitlardan biridir. Ona tili maktab ta’limida fan sifatida ko`p qirrali hodisadir va boshqa fanlar bilan aloqasi mazmunangina emas.
Olimlarning fikricha, bir fan ikkinchi fandagi savollarni, masalalarni yechishda bir vosita hisoblanar ekan. Ana shunday bog`lanishi lozim bo`lgan fanlardan biri ona tili va o`qishdir. Bularga qo`shimcha tarzda tasviriy san’at, mehnat fanlarini ham uyg`unlashtirish fan doirasini kengaytiradi. qaerda ikkita fanning o`zi emas, balki ko`proq fanlar integratsiyalansa, fanlarning aloqalar rivoji kuchayadi. Bunday darslar o`quvchilarni so`zga, ranglarning turfa olami, tovushlar sehriga chuqur kirib borishga ko`maklashadi, savodli, og`zaki va yozma nutqlari shakllanishiga yordam beradi, uning rivojlanishiga va boyishiga estetik didni oshirish, san’at asarlarini tushunish va to`g`ri baholay olishga, Vatan tabiatini go`zalligi va boyligini his etishga o`rgatadi.
Boshlang`ich sinflarda ona tili va o`qish darslari integratsiyasini tashkil etishda fanning talablari, vazifalari o`rganib chiqiladi. qo`yilgan maqsadlar ham har ikkala fanga ham tegishli bo`lishi shart. Mujassamlashgan darsda, mos mavzularni topish mushkul, lekin ona tili larsidagi mashqlarni bajarilishini o`qish darsligidagi mos mavzularga uyg`unlashtirish mumkin bo`ladi. bunda o`quvchi faqat o`qish yoki yozish bilan shug`ullanmaydan, balki har ikkisini ham bajarib boradi.
Ona tili va tabiatshunoslik integratsiyasi. Ona tili va tabiatshunoslik fanlari uyg`unlashtirilgan darslarda fanlar va tabiat hodisalarini ta’sirchan qabul qilish doimo bolalarning nutqini o`stirish ishlariga bog`liq. O`qituvchi o`quvchilarga o`simliklar, hayvonlar, odam tana a’zolarni to`g`ri aytishga o`rgatadi, kuzatish natijalarini aytib borishni taklif etadi. shunday qilib, bolalar o`rgangan so`zlar, ularning tushunchalarida tasavvurlar, aniq hodisalarga bog`lanadi, hayotiy mazmunga to`ladi. Bu esa bolalarni tabiatga bag`ishlangan hikoyalar, maqollar, she’rlarni ongli ravishda o`qish, yozishga tayyorlaydi, ko`rganlari haqidagi matnni katta qiziqish bilan o`qishadi yoki o`qituvchi bilan suhbatlashganlarini yaxshiroq tushunadilar.
Ona tili darslarida nutqni rivojlantirish asosiy hisoblanishini unutmagan holda «matn» mavzusini o`rganganda insholardan foydalanish mumkin. Inshoni tanlashda esa, tabiatga xos bo`lgan, bolalarda tabiatga muhabbatini tarbiyalovchi mavzularni tanlash kerak bo`ladi. bunday insholar 5-20 daqiqagacha, xajmi 5-15 gapdan iborat tarzda haftada bir marotaba o`tkazish mumkin. Insho bolalarda tabiatga bo`lgan muhabbatni tarbiyalaydi, ularga zamonning axloqiy talablarini tushunishga yordam beradi. O`zlarining hikoyalarida bolalar qisqa tsitatalar kiritishni, yorqin so`z va iboralar yaratishni, insholarga rasmlar chizishni, bezashni o`rganadilar. Bundan maqsad tabiat to`g`risida badiiy emotsional aniq rasmlar yaratishdir. Shu bilan birga rasm asosida hikoya yoki ertak yozishga o`rgatiladi. Bunday hikoya yoki ertaklarda, albatta, darak, so`roq, undov va buyruq gaplar ishtirok etadi.
Demak, integratsiyalashgan darslarda quyidagicha uslublardan foydalanish mumkin:
- evristik suhbatlar;
- nutqni rivojlantirishga oid ijodiy ishlar, ularni yozishda tabiatshunoslik materialidan foydalanish;
- og`zaki rasm chizish (tasvirlash, manzarali tasvirlangan joylarni yozma ravishda daftarga tushirish);
- tabiatshunoslik mavzusida diktant, insholar yozdirish.
Boshlang`ich sinflarda integratsiyalash jarayoni aynan mos mavzular yuzasidan emas, balki bir-biriga moslashtirilgan topshiriqlar orqali ham uyushtirilishi mumkin. Bunday hollarda biz nafaqat ikkita yoki uchta fanlarning uyg`unlashishi, balki 4 ta fanlarni ham o`zaro bog`liq holda olib borish mumkin.
Ona tili va musiqa fanlari integratsiyasi.Bir qarashda bu fanlar birligi murakkab tuyuladi, ya’ni integratsiyalash imkoni cheklangan. SHuning uchun ham bu ikki fanni qanday integratsiyalash masalasiga e’tiborni qaratmoqchimiz. Ona tili darsida o`quvchilar e’tibori nutqni to`la o`zlashtirilishiga qaratiladi. Musiqa darsida esa o`rganiladigan material – bu musiqa va qo`shiqlar. Agar ikki fan uyg`unlashsa, u holda ikki kuch, ya’ni nutq va musiqa birlashadi. Ona tili va musiqa darslarida biz tovush tiniq aytilishiga ko`proq e’tiborni qaratamiz. CHunki nutq va qo`shiqning o`zro aloqasi chuqurroq va bu aloqa asrlarga borib taqaladi. Olimlarimizning ta’kidlashicha, nutq va kuy bir kuch bo`lgan va o`sha davrlarda ularning tarona negizi tabaqalashmagan. SHu bois ham ona tili hamda musiqani integratsiyalash mumkin bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |