1-variant Boshlang‘ich ta`limda o‘quvchi shaxsining mukammal rivojlantirish omillari


Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fani quyidagi bo'limlarni o'z ichiga oladi



Download 242,79 Kb.
bet34/79
Sana18.02.2022
Hajmi242,79 Kb.
#450822
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   79
Bog'liq
1-24 ona tili metod

Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fani quyidagi bo'limlarni o'z ichiga oladi:
1. Savod o‘rgatish metodikasi, ya’ni elementar o'qish va yozishga o'rgatish. Bolalarga savod o'rgatish pedagogika fanidagina emas, balki ijtimoiy hayotda ham juda jiddiy masalalardan hisoblanadi. Chunki xalqning savodxonligi mustaqillik uchun, siyosiy onglilik uchun, madaniyat uchun kurash qurolidir.
Savod o'rgatish davrida o'qish va yozish harakatini maqsadga muvofiq ravishda bajara olish o'qish va yozish ko'nikm asi deyiladi. Bu ko'nikm a bilimni talab qiladi, chunki har qanday ko'nikm a bilimsiz shakllanmavdi. Bilim ko'nikmaga aylanmagan bo'lishi mumkin. M asalan, bola v harfining elem entlarini, yozuv chiziqlari orasiga qanday joylashtirilishini bilib, uni daftarda yoza olmasligi yoki o'quvchi harflam i tanib, ularni o'qiy olmasligi mumkin. Yozish ko'nikm asini hosil qilish uchun boshqa faoliyat turlari, ya’ni yozish jarayonida partada to 'g 'ri o'tirish, ruchkani barmoqlar orasida tutish, daftarni qiyalikda qo'yish kabilar ham o'rgatiladi.
Savod o'rgatish analitik-sintetik tovush metodiga asosan olib boriladi. So'z bo'g'inga bo'linadi, bo'g'indan kerakli — o'rganilayotgan tovush ajratilib olinadi, tahlil qilinadi, o'rganiladigan harf bilan sintezlanadi, shu asosda harf va butun o'qish jarayoni o'zlashtiriladi. Bunda o'zbek tili grafik tizimi, tovushlami yozuvda belgilash xususiyatlari hisobga olinadi.
2. 0‘qish metodikasi. Boshlang'ich sinflarda o'qish predmetining vazifasi bolalarni to'g'ri, tez (me’yorida), ongli va ifodali o'qish malakalari bilan qurollantirish hisoblanadi.
3. Grammatika, fonetika, so'z yasalishini o'rganish metodikasi. Bu bo'lim elementar to'g'ri yozuvga va husnixatga o'rgatishni, grammatik tushunchalar, boshlang'ich imlo malakalarini shakllantirishni nazarda tutadi.
4. Nutq o‘stirish metodikasi. Bu bo'lim boshlang'ich sinflarda alohida o'rin tutadi. Bolalar birinchi navbatda tilni, nutqni o'quv predmeti sifatida anglaydilar, ular xohlagan va qiziqarli narsalarnigina emas, balki zaruriy narsa va hodisalar haqida o'ylab, rejali nutq tuzish zarurligini ham tushuna boshlaydilar. Ular o'zining grafik shakli bilangina emas, balki leksikasi, sintaktik va morfologik shakli bilan ham og'zaki nutqdan farq qiladigan yozma nutqni ham egal- laydilar. Metodika bolalar nutqini boyitishi, sintaktik va bog'lanishli nutqini o'stirishni ham ta’minlashi kerak. Shuni aytib o'tish kerakki, bog'lanishli nutq maktablarda alohida bo'lim sifatida o'rganilmaydi, u til fanining boshqa bo'limlari bilan bog'langan holda shakllantiriladi.
8-bilet

1-savol. Boshlang`ich sinflarda bolalarning yoshini, bilim saviyasi va dars tashkillashtirish


Ma`lumki, boshlang`ich sinflardagi o`qish, avvalo, psixik jarayonlarning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi. Ularda sezgi, idrok, xotira, tafakkur kabi individual psixik xususiyatlar ancha tarkib topadi. Boshlang‟ich sinf o`quvchilari o`z idroklarining aniqligi, sofligi, o`tkirligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi. Ular har bir o`rgatilayotgan til materiallariga sinchkovlik bilan qaraydilar, dars jarayonida duch kelinadigan so`zlarni tez qabul qiladilar. Ona tilini o‟rganishga bo‟lgan intilishlari ancha ortadi. Bu yoshdagi o`quvchilarda tarkib topa boshlagan sinchkovlik idrokni ancha o`tkirlashtiradi. Ba`zan bu yoshdagi bolalar kattalarning diqqat-e`tiboridan chetda qolgan mayda-chuydalarni ham payqaydilar. Shu bois o`qituvchi dars mashg`ulotlarida sinchkovlikni tarkib toptirish va rivojlantirishga alohida e`tibor berishi lozim. Kichik maktab yoshidagi o`quvchilar tafakkuri maktabga kelganga qadar ancha shakllangan bo`lib, u maktabda o`qish jarayonida takomillashib boradi.
Boshlang`ich ta`lim davrida bolalarning idroki va xotirasi ustida ishlash tafakkurining rivojlanishi uchun muhim shart-sharoit yaratadi. Bu davrda bolalardagi idrok va xotira sifat jihatdan qayta o`zgarishga uchraydi, ya`ni ixtiyoriy va boshqariladigan jarayonga aylanadi. O`qishning dastlabki paytlarida bolalar konkret tafakkur qilishadi. Ta`lim ta`siri bilan asta–sekin ularda tahlil qilinayotgan yoki o`rganilayotgan ma`lumotlarning mohiyatini anglash muhim xususiyat va belgilarning tafakkurda aks etishi bilan boshlandi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda fanga qiziqish o`qituvchini sevishdan boshlanadi. Kichik maktab yoshida bolalar uchun eng katta obro` bu oqituvchi. Bola ona tili fanidan dars beradigan o`qituvchini sevsa, uning o`qitadigan fanini ham yoqtiradi. O`qituvchidan bezgan o`quvchi uning fanidan ham bezadi. Kichik yoshli maktabxon har qanday bilimni o`qituvchisi orqali idrok etadi. O`quvchilar o`qituvchining oliy himmat, kuyunchak, mehribon ekanligini, ularning har birini tushunish mahoratini hamda o`sib ulg`ayib, kamol topib borayotganligidan xursand bo`lish qobiliyatlarini, o`ta bilimli o`qituvchi ekanligini sezishlari kerak. Ana shundagina, o`quvchilarning sizga degan mehri tobora oshib boraveradi. Siz ularning eng yaqin mehribon kishisiga aylanasiz. Ona tili ta`limining samaradorligi ko`p jihatdan bolalarning real o`quv imkoniyatlarini hisobga olish bilan chambarchas bog`langan. Bolalarning real o`quv imkoniyatini aniqlash, ularning o`zlashtirish darajasi, o`quv topshiriqlarini bajara olish qobiliyati, o`quv qiyinchiliklarini bartaraf eta olish imkoniyati kabilarini hisobga olish bilan uzviy bog`liqdir. Chunki, bolaning nimaga qodir ekanligini bilmay turib, uni o`qitib bo`lmaydi. Ona tili o`qituvchisi boshlang`ich sinf o`qituvchisi bilan hamkorlikda har bir bolaning real o`quv imkoniyatini aniqlash, shundan kelib chiqib, o`quv topshiriqlarining murakkablik darajasini belgilashi lozim.
Shunday qilib, boshlang‟ich sinf o`quvchilarining yosh xususiyatlarini hisobga olish va undan kelib chiqqan holda ona tilini o`rganish imkoniyatlarini aniqlash quyidagi natijalarga erishishga ko`maklashadi: 1. Ona tili ta`limi mazmunini o`quvchilarning real o`quv imkoniyatlariga muvofiqlashtirish. “Ona tili” darsligida beriladigan o`quv topshiriqlari, tushuncha va qoidalar sharhi yoki o`qituvchi tomonidan tanlanadigan qo`shimcha o`quv materiallari bolalarning yosh xususiyatiga qancha muvofiq kelsa, samaradorlik shuncha yuqori bo`ladi. 2. Boshlang’ich sinf o`quvchilarining yosh xususiyati va ona tilini o`rganish imkoniyatlarini aniqlash dars mashg`ulotini to`g`ri tashkil etish, pedagogik texnologiyalardan maqsadga muvofiq ravishda foydalanish imkoniyatini yaratadi. O`qituvchi bolalarning yoshini hisobga olsa, darsni to`g`ri tashkil etadi, o`qitishning maqsadga muvofiq metodini tanlaydi, muammoli vaziyatlar yaratadi va h. 3. Boshlang’ich sinf o`quvchilarining yosh xususiyatini aniqlamay turib, “O`quvchi + o`quv topshirig`i + o`qituvchi” o`rtasidagi munosabatlarni to`g`ri belgilash mumkin emas. O`qituvchi o`quv topshiriqlari orqali o`quvchi bilan aloqa bog`laydi. Bolalarning yoshini bilish o`qutuvchi va oquvchi orasidagi hamkorlikni to`g`ri yo`lga qo`yishga keng imkoniyat yaratadi. 4. Boshlang’ich sinf o`quvchilarining real o`quv imkoniyatini aniqlash, bolalarning o`zlashtirish darajasiga qarab topshiriqlarni tabaqalashtirishga shart-sharoit yaratadi. Topshiriqlar o`quvchilarning bilim saviyasiga mos bo`lsagina u samarali bo`ladi.

2-savol. O`qish metodikasi adabiyot nazariyasining ahamiyati qanday?


O'qish metodikasi adabiyot nazariyasiga asoslanadi, chunki o'quvchilar badiiy asarni amaliy tarzda tahlil qiladilar, ularga adabiyotshunosIikdan nazariy m a’lumot berilmaydi, ammo metodika adabiy asarning yaratilish qonuniyatlarini, ularning o'quvchilarga ta ’sirini, ayniqsa, adabiyotshunoslikka oid mavzulardan asarning g'oyaviy mazmuni, uning mavzusi va sujeti, kompozitsiyasi, janri, tasviriy vositalarini hisobga olishi zarur.Boshlang'ich sinflarning o'qish darslari o'z m ohiyati, maqsad va vazifalariga ko'ra ta ’lim tizim ida alohida o'rin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa predm etlar ta ’limini o'qish ta ’limisiz tasawur qilib bo'lmaydi.O 'quvchi matnni to 'g 'ri, tez, tushunib o'qish, mazmunini o'zlashtirish bilan ilk bor o'qish darslarida yuzlashadi. O'qish darslari orqali o'quvchilam ing Davlat ta’lim standarti (DTS) talablari bo'yicha o'zlashtirishlari ko'zda tutilgan o'quv-biluv ko'nikm a-m alakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo'l ochiladi. Aynan o'qish ta ’limida insonning, avvalo, o'zligini, qolaversa olamni anglashga bo'lgan intilishlariga turtki beriladi. O 'qish darslari savod o'rgatish davrida o'quvchilarni bo'g'in, so'z va gaplar bilan tanishtirish va ularni o'qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida uyushtirilsa, o'qish texnikasi egallangandan so'ng o'qish muayyan mavzular bo'yicha tanlangan badiiy, ilmiy-ommabop matnlar yuzasidan olib boriladi. Boshlang'ich sinflarning o'qish darslarida o'rganiladigan asarlarning mavzu doirasi ancha keng bo'lib, ular ona tabiat, yil fasllari, xalq og'zaki ijodi, m ehnatga m uhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va m a’naviyat kabi um um iy mavzular doirasida birlashtirilgan.O'qish darslari uchun tanlangan mavzular o'quvchilarga kundalik hayot, mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo'yicha ham bilim va tarbiya berishni ko'zda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma’naviyat va tabiat haqidagi mavzular alohida ajralib turadi. Ulardan ko'zlangan maqsad o'zlikni anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bog'liq tuyg'ularni uyg'otishdir.
3-savol. Ona tili o`qitish metodikasi fanining metodologik asoslarini izohlang.
Ona tili o‘qitish metodikasi fanining metodologik va ilmiy asoslari. Ona tili o'qitish metodikasining metodologik asosi borliqni bilish nazariyasidir. Bu fanning bosh vazifasi o'quvchilaming o'zbek tili lug'at boyligini to'liq o'zlashtirib olishlarini ta’minlashdir. Ma’lumki, jamiyatda til kishilar o'rtasidagi aloqaning zaruriy vosi- tasidir. Tilning aloqa vositasi sifatidagi ahamiyati uzluksiz ortib boradi. Til borliqni oqilona, mantiqiy bilish vositasidir. Til birliklari yordamidagina bilish jarayonida umumlashtirish, tushunchani muhokama va xulosa bilan bog'lash amalga oshadi. Til va nutq tafakkur bilan uzviy bog'lanadi. Tilni egallash va nutq o'stirish bilan o'quvchining fikrlash qobiliyati ham o‘sib boradi. Maktabning vazifasi tilni kishilar orasidagi munosabatning rivojlangan nozik quroliga aylantirish hisoblanadi. Metodik fan sifatida ona tili o'qitish metodikasi boshlang'ich ta’lim standard belgilab bergan vazifalarni amalga oshiradi, ya’ni tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o‘z fikrini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga oid metod va usullami ishlab chiqadi. Bilish nazariyasiga ko‘ra analitik-sintetik ishlar yordamida til ustida kuzatishdan umumiy xulosa chiqarishga, nazariy ta’rif va qoidaga, shular asosida yana og‘zaki va yozma tarzdagi nutqiy aloqaga, to‘g‘ri yozuv va to‘g‘ri talaffuzga o‘tiladi. O'quvchilar jonli nutqiy aloqaga to‘g‘ri talaffuz va to‘g‘ri yozuvni elementar nazariy ma’lumotlar asosida amaliy egallash orqali kirishadilar. Ular til materiallarini kuzatish, tahlil qilish orqali elementar nazariy qoidalar chiqaradilar, o'rgangan va o'zlashtirilgan nazariy qoidalarni amaliyotga ongli ravishda tatbiq etadilar.
Ona tili o'qitish metodikasi psixologiya va pedagogika ma’lumotlariga ham tayanadi. Metodikaning masalalarini hal etishda pedagogik ilmlar ham yordam beradi. Shuning uchun ham psixologiya va pedagogika fanlari ham metodikaning metodologik asosi hisoblanadi.
Pedagogik psixologiya kishiga ta ’lim va tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o'rganishni o ‘z predmeti deb biladi. U o'quvchilarda tafakkurning shakllanishini tadqiq qiladi, aqliy faoliyat usullari va ko'nikmalarini o'zlashtirish jarayonini boshqarish masalalarini o'rganadi, o'qitish jarayonini amalga oshirishga, pedagog bilan o'quvchilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarga va o'quvchilar jamo-asidagi munosabatlarga ta’sir qiluvchi psixologik omillarni, o'quvchilardagi individual-psixologik farqlarni, aqliy rivojlanishdan orqada qoluvchi bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarining o'ziga xos xususiyatlarini aniqlaydi. Bu bilan pedagogik psixologiya metodika faniga o'quv materialini tanlashda, boshlang'ich sinflarda ona tilining mazmuni va hajmini, o'quv materialini aniqlashda hamda ularni sinflar bo'yicha taqsimlashni muayyan izchillikda joylashtirishda yordam beradi. O'qitishning samarali usul va shakllarini belgilashga, o'quvchilar analitik-sintetik faoliyatining to'g'ri o'sishiga ko'maklashadi.


9-bilet

1.Atrof-muhit bilan bog`lab o`tilgan mashg`ulotlarning bola tarbiyasidagi ahamiyati.


Ta’lim-tarbiya ishi bugungi kunda o`quvchining har tomonlama rivojlantirishni ta’minlovchi majmuaviy jarayon sifatida namoyon bo`lmog`i kerak. Shuning uchun ham mazkur jarayon turli yoshdagi o`quvchilarning aqliy rivolanishi, o`quv-biluv jarayonida o`quvchi shaxsining faoliyati, tahsil olishi va rivojlanishining o`zaro aloqadorligini ta’minlashga yordam bermog`i lozim. Har bir o`quvchining o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ularni pedagogik qo`llab-quvvatlash, qobiliyat va iqtidorlarini ro`yobga chiqarish, muayyan sharoitga moslashuvchanligini qaror toptirishga yo`naltirilgan maxsus o`quv faoliyatida o`quvchining maqbul rivojlanishini ta’minlash muhimdir. Yangi sharoitda maqbul rivojlanish deganda biz o`quvchining o`ziga xosligini pedagogik jihatdan qo`llab-quvvatlash, uning rivojlanishiga boshqa yangicha bir o`quv modeli ta’sir qilishini ko`zda tutadi. Agar o`quvchiga ta’lim berish va rivojlanish muammosi uyg`unlashtirilsa, uning o`ziga xosligini pedagogik-qo`llab-quvvatlash, birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Atrof-muhit bilan bog`lab o`tilgan mashg`ulotlar yosh avlodni tabiatga to’g’ri munosabatda bo’lishga o’rgatadi, unga nisbatan muhabbatni tarbiyalaydi, tabiat chiroyini idrok etish uni qo’riqlash, asrash, in'omlaridan oqilona foydalanish, ana shu boyliklarni o’z qo’llari bilan yaratish va ko’paytirishga chorlaydi.
Bolalarning atrofimizdagi olamni muntazam o’rganib borishlariga asoslanib, kichik yoshdagi o’quvchilarda tabiat to’g’risida, o’z joyi va barcha mamlakatlarning tabiiy boyliklari to’g’risida bir butun tasavvurni shakllantirish kerak. O’quvchilar Vatanimizning tabiiy boyliklaridan odamlar o’zlarining mehnat faoliyatlarida qanday foydalanayotganliklari bilan tanishishlari lozim. Bunda bolalarga odamlar mehnati tabiat atrof bilan chambarchas bog’liq ekanligini ko’rsatish g’oyat muhimdir.
Atrof-muhit bilan bog`lab o`tilgan mashg`ulotlar o’quvchilarning aqliy jihatdan rivojlanishi uchun, jumladan, tafakkurning rivojlanishi uchun boy material beradi. Til va tafakkur ajralmasdir, tilsiz inson tafakkurining, tafakkursiz tilning bo’lishi mumkin emas. O’quvchilar tabiat jismlarining nomlarini atab, ular to’g’risida o’z fikr- mulohazalarini izhor qilib, shu narsalarni idrok qiladilar va ularga o’z munosabatlarini ko’rsatadilar. O’quvchilarning nutqi ustida ish olib borish bilan bir vaqtda o’qituvchi ularning tafakkuri ustida ham ish olib boradi, o’quvchilar fikrining aniqligi,tushunarliligi, izchilligi va asoslanganligini tarbiyalaydi.
Tabiatga muhabbat ulkan va murakkab hissiyotdir. U bolaning ruhiy va aqliy dunyosini o’z ichiga olib murakkab psixik kompleksni hosil qiladi. Bu hissiyotni tarbiyalashni bola esini taniy boshlaganidan boshlash kerak, chunki unda jonajon tabiatga muhabbat bilan birga jonajon o’lkaga ko’ngil qo’yish o’sib boradi. Bolalikda tug’ilgan maktab yillarida shakllanib, boyiydi, bunga ma'lum Atrof-muhit bilan bog`lab o`tilgan mashg`ulotlar yordam beradi, albatta, u tabiat go’zalligini qabul qilishgagina emas, balki uni muhofaza qilishga, shuningdek, ko’paytirishga ham o’rgatadi.
Huddi shu borada integratsiyalashgan ta’lim orqali o`quvchilarni bilim sifatini o`zaro aloqadorlikda amalga oshirib borish ko`zda tutiladi. Masalan:
Ona tili va tabiatshunoslik integratsiyasi. Ona tili va tabiatshunoslik fanlari uyg`unlashtirilgan darslarda fanlar va tabiat hodisalarini ta’sirchan qabul qilish doimo bolalarning nutqini o`stirish ishlariga bog`liq. O`qituvchi o`quvchilarga o`simliklar, hayvonlar, odam tana a’zolarni to`g`ri aytishga o`rgatadi, kuzatish natijalarini aytib borishni taklif etadi. shunday qilib, bolalar o`rgangan so`zlar, ularning tushunchalarida tasavvurlar, aniq hodisalarga bog`lanadi, hayotiy mazmunga to`ladi. Bu esa bolalarni tabiatga bag`ishlangan hikoyalar, maqollar, she’rlarni ongli ravishda o`qish, yozishga tayyorlaydi, ko`rganlari haqidagi matnni katta qiziqish bilan o`qishadi yoki o`qituvchi bilan suhbatlashganlarini yaxshiroq tushunadilar.
Ona tili darslarida yozilgan mashqlar tarkibining ko`p qismi tabiat voqea-hodisalariga bog`liq. SHu bois ham tabiatni e’zozlash to`g`risida va boshqalar haqida kichkina suhbatlar o`tkazish ham foydadan holi emas.
Tabiat darslarida esa, o`tiladigan mavzularni mustahkamlash yoki «Oltin kuz», «Zumrad bahor», «Yoz – o`tmoqda soz» kabi mavzulardan foydalanib, insho yozdirish mumkin. Ona tili darsida «Gap» mavzusini o`tganda tabiatga oid gaplardan tuzish kerakligi aytilishi ham o`quvchilarni ikki fanni o`zlashtirilariga yordam beradi. Masalan, «CHinor daraxti» haqida gap tuzish.
«Chinor ming yillar qad ko`tarib turuvchi ulkan daraxtdir».
Ushbu gap orqali o`quvchilarga chinorga og`zaki ta’rif berishlari yoki kengaytirib yozishlari, uning barg shaklini, rangini, xususiyatlarini aniqlash uchun imkon berilishi mumkin.
Shundan keyin o`quvchilar chinor daraxti to`g`risida darak, so`roq va undov gaplar tuzadilar. Tuzilgan gaplar sinf taxtasiga yoki daftarga yoziladi va tahlil qilinadi. Bunday hollarda dars qiziqarli va ko`ftarinki ruhda o`tadi, esda qolarli bo`ladi. Ish yakunida chinor daraxti to`g`risida, uning ijobiy xususiyatlari, go`zalligi, daraxtlarni insonlar e’zozlashi lozimligi haqida suhbatlashish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Ona tili darslarida nutqni rivojlantirish asosiy hisoblanishini unutmagan holda «matn» mavzusini o`rganganda insholardan foydalanish mumkin. Inshoni tanlashda esa, tabiatga xos bo`lgan, bolalarda tabiatga muhabbatini tarbiyalovchi mavzularni tanlash kerak bo`ladi. bunday insholar 5-20 daqiqagacha, xajmi 5-15 gapdan iborat tarzda haftada bir marotaba o`tkazish mumkin. Insho bolalarda tabiatga bo`lgan muhabbatni tarbiyalaydi, ularga zamonning axloqiy talablarini tushunishga yordam beradi. O`zlarining hikoyalarida bolalar qisqa tsitatalar kiritishni, yorqin so`z va iboralar yaratishni, insholarga rasmlar chizishni, bezashni o`rganadilar. Bundan maqsad tabiat to`g`risida badiiy emotsional aniq rasmlar yaratishdir. Shu bilan birga rasm asosida hikoya yoki ertak yozishga o`rgatiladi. Bunday hikoya yoki ertaklarda, albatta, darak, so`roq, undov va buyruq gaplar ishtirok etadi.
Demak, integratsiyalashgan darslarda quyidagicha uslublardan foydalanish mumkin:
- evristik suhbatlar;
- nutqni rivojlantirishga oid ijodiy ishlar, ularni yozishda tabiatshunoslik materialidan foydalanish;
- og`zaki rasm chizish (tasvirlash, manzarali tasvirlangan joylarni yozma ravishda daftarga tushirish);
- tabiatshunoslik mavzusida diktant, insholar yozdirish.
O`qituvchilar integratsiyalashgan darsni har bir darsda emas, balki uning ma’lum bir bosqichda, ya’ni haftada 2-3 marotaba foydalanish mumkin. Masalan, lug`at bilan ishlash paytida tabiatshunoslikdan olingan ma’lumotlardan keng foydalanish imkoni bo`ladi. Har qanday so`zga lingvistik va tabiatshunoslik nuqtai nazaridan tushuncha berish mumkin.
Umuman olganda ona tili va tabiatshunoslik darslarini integratsiyalashda ularning dars turiga mavzularning o`zaro uyg`unligiga e’tibor berishi kerak bo`ladi.

2. Metod, metodologiya metodika mutanosibligi.



Download 242,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish