1-variant Boshlang‘ich ta`limda o‘quvchi shaxsining mukammal rivojlantirish omillari



Download 242,79 Kb.
bet55/79
Sana18.02.2022
Hajmi242,79 Kb.
#450822
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   79
Bog'liq
1-24 ona tili metod

14-bilet.
1“Venn diagrammasi” texnologiyasining ahamiyati.
.Venn diagrammasi bir-birini kesadigan ikki yoki undan ko’p doiralarda ko’riladi, ular o’rtasida yozish uchun yetarli joy qolishi kerak. U g`oyalarni zidlash uchun ishlatilishi yoki ularning umumiy xususiyatlarini (nimada ular kesishadi) ko’rsatishi kerak. Masalan, o’quvchilar Alisher Navoiy va Boburning ijodlarini taqqoslaydilar. deylik. Venn diagrammasi birbiriga yopishgan ikki doira bilan birga ushbu ijod o’rtasida zidlik o’tkazish, ayni vaqtda ularning umumiy unsurlarini ko’rsatish imkonini beradi. O’qituvchi o’quvchilar juftligidan Venn diagrammasini tuzib, unda tegishlicha faqat Navoiy va Boburga taalluqli bo’lgan doiralarning ikki qisminigina to’ldirishni so’rashi mumkin. So’ngra juft boshqa juftga qo’shiladi va to’rt kishi o’z diagrammalarini taqqoslashlari, so’ngra o’rtasida, ular ko’rganidek, ikkala ekspeditsiya uchun umumiy bo’lgan xususiyatlar ro’yxatini tuzishlari mumkin. Venn diagrammasi ikki yoki undan ortiq narsalarni, voqealarni, odamlar va tushunchalarni taqqoslash va farqlash uchun ishlatiladigan ingl. Vositadir. Odatda til san'atida va matematika kurslarida turli xillik va o'xshashliklarni tashkil qilish uchun ishlatiladi. Ushbu sodda grafik o'quvchilarning ikkita narsaning bir vaqtning o'zida turli xil va bir xil bo'lganligini tushunishlarini osonlashtiradi.
2.Metodning asosiy vazifasi nima?
Metod (yun. "metodos" — bilish yoki tadqiqot yoʻli, nazariya, taʼlimot) — vo-qelikni amaliy va nazariy egallash, oʻzlashtirish, oʻrganish, bilish uchun yoʻlyoʻriklar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli. M.ning kelib chiqish tarixi kishilarning amaliy faoliyatiga borib taqaladi. Biror ishni bajarish M.ini egallagan kishi shu ishni boshqalarga nisbatan oson, tez va soz bajara oladi. M.ni egallamagan inson esa bu ishni bajarish uchun koʻp vaqt va kuch sarflaydi. M. oʻz mazmuni jihatidan amaliy yoki nazariy shaklda boʻlishi mumkin. Insonning amaliy faoliyatiga oid M.lar ham voqelikka xos boʻlgan qonuniyatlarni anglab yetish, bilib olishga borib taqaladi. M.lar haqidagi taʼlimot fanda metodologiya deb ataladi. Inson dastlab atrofdagi narsa va hodisalarni kuzatish, ularni bir-biriga taqqoslash, oʻxshatish, farq qilish asosida voqelik haqida bilimlarini toʻplab borgan.
Metod u yoki shaklda ma`lum qoida tartib, usul, harakat va bilimlar mezonlarining yig`indisi hamdir.u tamoyillar, talablar tizimi bo`lib, subyektni aniq vazifani bajarishga, faoliyatning shu sohada ma`lum natijalarga erishish sari yo`naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson yo`l bilan yetishishga yordam beradi. Metodning asosiy vazifasi – faoliyatning bilish va boshqa shakllarini boshqarishdan iborat.
3. Ona tilini o'qitish tarlxiga tavsif bering.
XX asrning 20-yillarida maktabni rivojlantirishda juda jiddiy xatolarga yo'l qo'yildi.Kompleks dasturlarda ona tilini o'rganish tizimi buzildi: grammatik,orfografik ko'nikmalarga yetarli ahamiyat berilmadi. Savod o'rgatishda yaxlit so'z metodi tilning fonetik xususiyatlariga mos kelmadi, analitiksintetik ishlar ta ’minlanmadi, puxta, to'g'ri yozuv masalalari uchun zamin yaratilmadi. Keyinchalik 1931-yil 5-sentabrda qabul qilingan „Boshlang'ich va o'rta maktab haqida“gi, 1932-yil 25-avgustda qabul qilingan „Boshlang'ich va o 'rta maktab o'quv dasturlari rejimi haqida“gi qarorlar yuqoridagi kabi yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklami bartaraf qilishda va o'quv mashg'ulotlari tizimini ishlab chiqishda maktabga va o'qituvchilarga yordam berdi. Tezlik bilan savod o'rgatishda analitiksintetik tovush metodi qayta tiklandi. Grammatik, orfografik materiallarni izchil o'rgatishga, o'quvchilaming har tomonlama savodlibo'lib, madaniy nutqni egallashlariga katta ahamiyat berila boshlandi.
O'tgan asrning 50—70-yillari mobaynida boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi sohasida anchagina qo'llanmalar yaratildi. Bu yillarda ona tili o'qitish metodikasi fan sifatida rivojlana boshladi,
umumiy pedagogik, didaktik va psixologik xarakterdagi ilmiy tekshirishlarning natijalari ona tili o'qitish metodikasini takomillashtirish va yangi metodika yaratishga imkon berdi. O'zbek tilshunosligi sohasidagi muvaffaqiyatlar ham tilni o'zlashtirish jarayoniga va metodikaning rivojlanishiga jiddiy yordam ko'rsatdi 1955-yildan boshlab pedagogika institutlari qoshida boshlang'ich ta ’lim o'qituvchilari tayyorlaydigan fakultetlar ochila boshlandi. Bu ham ona tili o'qitish metodikasining o'sishiga ijobiy ta’sir ko'rsatdi,ya’ni boshlang'ich sinf o'qituvchilarining umumiy va maxsus tayyorgarlik darajasi o'sdi. Institutlar qoshidagi kafedralarda ishlovchi ilmiy xodimlar metodik masalalarni chuqur, ilmiy asosda hal qilishga harakat qildilar. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ona tili o'qitishga katta
ahamiyat berila boshlandi. Bunda 1989-yil 21-oktabrda , ,0 ‘zbek tiliga Davlat tili maqomini berish haqida“gi qaror alohida o'rin tutadi. T a ’lim sohasidagi bu o'zgarishlar ona tili o'qitish metodikasida ham bir qator imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Bu yangiliklardan ko'plari maktablarda amaliyotga tatbiq qilinmoqda, ba’zilari hozircha sinovdan o'tkazilmoqda. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, ta’lim sohasida ham katta islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, „Ta’lim to'g'risida“gi qonun, „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" qabul qilindi, „Davlat/tili to'g'risida“gi qonun qaytadan ko'rib chiqildi, Davlat ta ’lim standartlari ishlab chiqildi, ona tili dasturlari va darsliklari yangilandi.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi „O'zbekiston Respublikasida umumiy o'rta ta ’limni tashkil etish to 'g ‘risida"gi 203-sonli qarorida umumiy o 'rta ta’lim ikki bosqichdan iborat qilib belgilandi:

Download 242,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish