Berilgan gaplarni so`z birikmalariga ajratish va tahlil qilish.
1.Qudrat Shaytonjarga borgani, obodonliklar bilan uchrashganini so’zlab berdi.(J.Abd.) 2. Navoiy bugun kechga yaqin uni olib kelishni iltimos qildi.(O.)
2.Gapni sintaktik tahlil qilish:
U gulday nafis bir qizga oshiq bo’lib, ertayu kech ostonasidan ketmaganini, hijron sitamiga chidayolmay yum-yum yig’laganlarini, oxiri o’sha qiz boshqaga erga chiqib ketib, o’zi Majnunday kuyib-yonganini aytib berdi. 2. Kampir qishloqdan zakot undirgali ketganini aytib, uning otini xashakka qo’yishni buyurdi.(O.)
3. Buyruq gapga 5 ta misol tuzing.
27-variant
Berilgan gaplarni so`z birikmalariga ajratish va tahlil qilish.
1.Kuzda ekinlar yig’ilgandan so’ng, xo’jasidan haqini olib Hirotga tushajagini, o’zi va Dildor uchun kiyimliklar olajagini so’zladi.(O.)
Navoiy bugun kechga yaqin uni olib kelishni iltimos qildi.(O.)
2. Gapni sintaktik tahlil qilish:
1. Nashr xizmatchisidan bu yaqin orada qaerda hammom borligini so’radi.(G’.G’.) 2. U Fotima yoniga hech bormasligini, agar adasi kelib qolsa ham hech berib yubormaslikni qayta-qayta aytardi.(Mirm.)
3. Istak gapga 5 ta misol tuzing.
28-variant
Berilgan gaplarni so`z birikmalariga ajratish va tahlil qilish.
Gulchiroy bugun bir neft fontani otilib chiqqanini sevinch bilan xabar qildi.(J.Abd.)
2. Erta bilan soat sakkizlarda bulut quyuqlashib, hamma yoqni qorong’ilik bosdi.
2.Gapni sintaktik tahlil qilish:
1. Vazira dugonalari bilan Arslonbobga borganini, o’ttiz metrli shovvani borib ko’rganini, tog’dan yovvoyi jambil terganini entikib-entikib gapirardi.(S.Ahm.) 2. Me’mor Zavrakdan korfarmo Ahmad Chalabiyga ham bu gapni ma’lum qilishini, o’zining bunda kelolmasligini, evini topsa, Arkka kirib chiqajagini aytdi.(Mirm.)
3. So`roq-buyruq gapga 5 ta misol tuzing.
29-variant
Berilgan gaplarni so`z birikmalariga ajratish va tahlil qilish.
Tankka qarshi to’plar, tanklarni yaqin, go’yo mana-mana sapchish bilan bosib, yanchib keta oladigan masofaga keltirib, omonsiz o’tga tutardilar.(O.) 2. To’rtta qishloqchadagi yuz sakson xonadonning televizorini o’chirdi. (S.Ahm.)
2.Gapni sintaktik tahlil qilish: 1. Necha yuz odam uy-joysiz azoblanib yurgandan ko’ra ko’chaning bir-ikki marta ortiqroq kavlangani afzalroq emasmi? (P.Q.) 2. Qizcha yalt etib qaradi – uning lo’ppi yuzlaridan tomchilar yumalanardi.
3. His-hayajon gapga 5 ta misol tuzing.
30-variant
Berilgan gaplarni so`z birikmalariga ajratish va tahlil qilish.
1.O’rtada bir necha qizlar raqsga tushmoqda – jonli, sho’x, tetik raqs. (O.)
2. Tepada zing’illab uchgan snaryadlar, minalarning bad sadosi, olov va tutun aralash yer uyumlarini ko’kka irg’itib to’kiladi. (O.)
2.Gapni sintaktik tahlil qilish: 1. Ne mashaqqatlar bilan o’rnidan turib, soatiga qaradi. (A.Q.) 2. – E, o’zlariga qolsa haliyam bo’lsa qo’l qovushtirib o’tirmoqchi emaslar.
3. So`roq gapga 5 ta misol tuzing.
31-variant
Berilgan gaplarni so`z birikmalariga ajratish va tahlil qilish.
1. Shunday suhbatlarni tez-tez uyushtirib, yoshlar bilan inoq bo’lib olishga nima yetsin! (J.Abd.) 2. Ko’z ochib yumguncha necha ming piyoda va suvori kishilar paydo bo’ldi.
2.Gapni sintaktik tahlil qilish:
1.Gulchiroy bugun bir neft fontani otilib chiqqanini sevinch bilan xabar qildi.(J.Abd.)
2. Erta bilan soat sakkizlarda bulut quyuqlashib, hamma yoqni qorong’ilik bosdi.
3. Sodda yig`iq gapga 5 ta misol tuzing.
32-variant
Berilgan gaplarni so`z birikmalariga ajratish va tahlil qilish.
1. O’sha kundan boshlab amakimning aytganlarini qila boshladim.(S.Ahm.)
2. Direktorimiz Fizika bilan Kimyoni dorilanuvchi dala jo’natadi. (T.Murod)
2.Gapni sintaktik tahlil qilish:
1. Ko’z ochib yumguncha necha ming piyoda va suvori kishilar paydo bo’ldi.
2. Bir qop somon, o’n-o’n beshta xoda, bir arava qamish – uy, qo’kiz topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab qo’yish kerak bo’ladi. (A.Q.)
3. Undov gapga 5 ta misol tuzing.
33-variant
Berilgan gaplarni so`z birikmalariga ajratish va tahlil qilish.
1. Ne mashaqqatlar bilan o’rnidan turib, soatiga qaradi. (A.Q.) 2. – E, o’zlariga qolsa haliyam bo’lsa qo’l qovushtirib o’tirmoqchi emaslar.
2.Gapni sintaktik tahlil qilish:
1. Quvg’inlik odamni nima ahvollarga solmaydi, axir?(J.Abd.) 2. – Shunaqami? U kishi ham diplom yoqladilarmi? – dedi Otaqo’zi kesatib. (O.Yo.)
3. Istak gapga 5 ta misol tuzing.
34-variant
Berilgan gaplarni so`z birikmalariga ajratish va tahlil qilish.
1. Otliqlarning ikkitasi mirshabxonadanga o’xshaydi. (X.T.) 2. Kelajak javharin axir biz uchun, Shu yurt yig’maganmi necha asrlar? (O.Matchon)
2.Gapni sintaktik tahlil qilish:
1. Ertalab soat sakkizlarda bulut quyuqlashib, hamma yoqni qorong’ilik bosdi...(Mirm.) 2. Hirotlar ham juda notinch bo’lib ketdi, begim.(P.Q.)
3. Ritorik so`roq gapga 5 ta misol tuzing.
35-variant
Berilgan gaplarni so`z birikmalariga ajratish va tahlil qilish.
1. Cholning qo’lidagi miltiqning uchi unga to’g’rilangan, cholning ikki ko’zidan o’t chaqnardi. (S.Ahm.) 2. Shoazimning bo’lmag’ur pichinglarga durust javob qaytara olmagani yana esiga tushdi.
2.Gapni sintaktik tahlil qilish:
1. Senlarning tufaylingdan yomon nomim yetti iqlimga ketdi...(Ch.) 2. Nevaralarim qo’limga qaraydi deb olaqolgan edim, bellarimni urib yubordi.(Sh.)
3. Darak gapga 5 ta misol tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |