1-VARIANT
1-TOPShIRIQ.
Savollarga yozma ravishda javob bering.
1.Bola Fantaziyasi va applikatsiya
Fantaziya, xayol — hayotda inson tomonidan idrok etilmagan tasavvur va xayoliy xislatlarning vujudga kelishidan iborat psixik faoliyat. U insonning badihagoʻylik qobiliyati, badiiy toʻqimalarga ustaligi, topagʻonligi, ixtiroga moyilligi, antiqa, aqlga toʻgʻri kelmaydigan holatlarni roʻyobga chiqarishga uquvchanligi kabilarda namoyon boʻladi. Fantaziya inson ongida vujudga kelishidan eʼtiboran borliqning qiyofasini oʻzgartirishga yoʻnalgan boʻladi. Mas, bola oʻzini kosmonavt sifatida his qiladi, konstruktor rolini bajaradi, syujetli oʻyinlarda muayyan qaxramonlar obrazini ijro etishga kirishadi. Fantaziya tufayli eshitmagan, koʻrmagan narsa va hodisalarni tasavvur qiladi: choʻplardan ot qiyofasini, stuldan xarakatlanuvchi texnikani, qushlardan tezkor uchish apparatini, suv osti ajoyibotlaridan suzish asboblarini takomillashtirishni xayolan oʻylaydi. Shy jihati bilan fantaziya ulkan badiiy, ilmiy va maʼrifiy qimmatga ega. Shaxsning ijodiy faoliyati negizida fantaziya ishtirok etmasdan iloji yoʻq. Fantaziya shaxs amalga oshirishni xohlaydigan obrazlar shaklida gavdalanadi hamda ichki akliy faoliyatga aylanadi. Odamlar atrof muhitni faol ijodiy izlanishlari (hayolot timsollari, fantaziya) tufayli oʻzgartiradi.
«Applikatsiya» so'zi lotincha so'zdan olingan bolib, «joylashtirish» degan ma'noni anglatadi. Applikatsiya tasviriy faoliyatning bir turi. Applikatsiyada ishlatiladigan ashyo o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Qog'oz, somon, quritilgan o'simlik o'ramga joylashtirilib, turli xil yelim bilan yelimlanadi. Mato, charm, jun, paxmoq kabilarga esa tiqiladi. Applikatsiya bir xil rangli yoki ko'p rangli bo'ladi. Bir xil applikatsiya grafik tus bersa, ko'p ranglisi esa go'zallik baxsh etadi. Unda ham, bunda ham badiiylik bo'ladi. Applikatsiyada chamalash va buyumning hajmiy tasviri xarakterli bo'ladi. Applikatsiya o'ziga xosligi katta doirachalardan iborat.
Rang applikatsiyani ifodalash darajasini oshiruvchi vositadir. Shuning uchun applikatsiya ishida ranglarning uyg'unlashuviga mos tushishi xayoliy va dekorativ kompozitsiyaning ifodaliligi garmoniyasini izlab topishdir. Applikatsiya bolalarda qog'ozda kompozitsion uquvni bilishga sharoit yaratadi. Bola tayyorlagan applikatsiya ishi estetik talabga javob berishi kerak. Applikatsiya predmetning umumiy, tipik va individual belgisini ko'ra olishga o'rgatadi, ularning o'zaro bog'liqligi, butun, qismlar, rita, simmetiik chamalash rivojlanadi, predmetning shaklini, rangini bosqichma-bosqich ko'rsatish malakasini ko'rsata oladi.
Applikatsiya badiiy ishlarni oddiy va mos vosita orqali, real asosni saqlagan holda amalga oshiruvchi faoliyatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |