1. Uzviylashtirilgan ona tili dasturi tahlili. Uzviylashtirilga o’qish dasturi tahlili



Download 108,3 Kb.
bet11/14
Sana13.01.2022
Hajmi108,3 Kb.
#355035
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1 mavzu

Boshlang'ich sinf ona tili darslariga qo’yilgan talablar. Boshlang'ich sinf ona tili darslariga qo’yilgan muhim talablardan biri o'quvchilar bilimini shakllantirish borasida ularning qobiliyatlarini o'stirish ustida ishlash bilimlarni ongli bo'lishiga erishish, o'quvchilarga har bir ishni o'ylab bajarishga odatlantirishdir.

Maktabda amaliy ishlarning ahamiyati o'quvchilar tomonidan to'g'ri baholansa-da, o'quvchilarning nazariy bilimlaridan amalda foydalanishga qiynaladilar. Yozma ishlarni bajarishda grammatika qoidalaridan kam foydalanadilar. Aslida esa imlo savodxonlikni oshirish uchun ko'chirib yozish va amaliy mashqlar muhim o'rin tutadi.

Psixologik tadqiqodlardan ma'lum bo'lishicha, imlo savodxonlik asta-sekinlik bilan shakllanadi. Amaliy ishlardan qoidaga o'tishda ham o'zlashtirish jarayoni sekinlik bilan kechadi. Dastlab o'qituvchi rahbarligida og'zaki muhokama qilinadi. Asta-sekin o'quvchilar o'ylab, mulohaza qilib anglay boshlaydilar. Borcha yozuv darslarida o'quvchilarga to'g'ri yozish qoidalarini ta'kidlab turish va amaliy ishlarni bajarish orqali ularning imlo savodxonliklarini oshirish mumkin.

Barcha ona tili darslarida o'quvchilar bilishini va malaka qobiliyatlarini takomillashtirish maqsadida oldin o'tilgan darslarni takrorlashga vaqt ajratiladi. Takrorlash bilimlarni aniqlashga, hisobga olish va shu bilan bir vaqtda mustahkamlashga yordam beradi. Boshlang'ich sinflarda oldin o'tilganlarni takrorlash bilan bir vaqtda va takrorlash jarayonida oz-ozdan yangi bilimlar berib boriladi. Takrorlash orqali o'quvchilar o'z bilimlarini tartibga soladilar, mustahkamlaydilar.

Ilg'or tajribali o'qituvchilar darslarni tashkil etishda oldin o'tilganlarni mustahkamlash, yangi bilimlarni o'zlashtirish bilan bir vaqtda keyingi darsda o'rganiladigan mavzu uchun zamin tayyorlaydilar.

Xozirgi zamon darsi shundan iboratki, o'quvchi, tinglovchi, o'qituvchi esa ma'ruzachi bo'lib qolmasligi kerak. Balki o'qituvchi darsni kuzatib tartibga soluvchi rejissyorga aylanmog'i lozim. O'qituvchi darsni shunday tashkil etishi kerakki hamma o'quvchi shu mavzu yuzasidan mustaqil fikr yuritsin, o'z fikrini ayta olsin, kamchiligi bo'lsa o'rtoqlari va o'qituvchi javobidan kelib chiqib to'g'rilay olsin. Darsning xarakter xususiyatiga qarab dars interfaol usulda bo'lishiga erishishi lozim. Darslarda testlardan va tarqatmali materiallardan foydalanish ham yahshi natija beradi.

1-4-sinf ona tili darslari bilan tanishtirish va ularning bir-biridan farqi. Ma'lumki, boshlang'ich sinf ona tili darsligining adabiy til meyorida amaliy o'zlashtirishlarga yordam berishdir. Darslikning asosiy qismini xilma-xil mashqlar tashkil etadi.

Masalan:K.Qosimova, S.Fuzailov va A.Ne'matova muallifligidagi 2-sinf ona tili darsligi 1-sinfda o'tilganlarni takrorlashdan boshlanadi. Bunda gap va so'z haqidagi bilimlar takrorlanib mustahkamlanadi. Va asta sekin navbatdagi bilimlar berib boriladi. 2004-yilda to'ldirilgan nashrning muqovasida ikkita o'quvchining maktab tomon ketayotgan rami berilgan. Bu rasm o'quvchilarning shu darslikka qiziqishini oshiradi. Mashqlarda uyga vazifa va o'ylab ko'rish uchun berilgan mashqlarga alohida belgi qo'yilgani juda ma'qul. Ayniqsa kitobning sahifalari did bilan jihozlangan. Berilgan rasmlar aniq, chiroyli qilib chizilgan. Qoidalar aniq, tushunarli qilib chiziqlar ichida berilgan. Darslik ohirida lug'at berilgan bo'lib jarangli va jarrangsiz undoshlar aniq ajratib ko'rsatilgan. Darslik foydalanishga loyiq.

S.Fuzailov va M.Xudayberganovalar tomonidan 2004-yilda nashr etilgan 7 nashri ham 3-sinf o'quvchilari uchun juda mos tayyorlangan. Muqovadagi tanlangan rasmlar va bobomiz A.Navoiyning yodgorliklari va o'gitlari juda o'rinli berilgan. Darslik sahifalari ham sifatli qog'oz va ranglar asosida yaratilgan. Darslikning 3- sahifasida Mustaqillik maydoni rasmini berilishi o'quvchilarni o'z vataniga, xalqiga, prezidentiga sadoqat ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Shuningdek, darslik sahifalariga ishlangan rasmlar ham juda o'rinli, aniq qilib berilgan Qoidalar ham chiziqlar ichida alohida rang bilan berilgan. Bu ham o'quvchilarni ona tilidan grammatik qoidalarni tez va puxta o'zlashtirib olishlarida alohida ahamiyat kasb etadi.

3-sinf ona tili darsligi asosan 4 ta bo'limdan iborat.

1.    Takrorlash

2.    Gap 

3.    So'z tarkibi

4.    So'z turkumlari

Shuningdek o'quv yili oxirida yil davomida o'tilganlarni takrorlash berilgan. Bu bo'limlar uchun berilgan mashqlar asosan o'quvchilarni 4 ta bo'lim yuzasidan puxta bilim olishlari uchun asos bo'laoladi. 2004- yilda nashr etilgan ona tili darsligida 2001- yildagi darslikdan farqlari bor.

Masalan 2001- yildagi darslikda 43-mashqdagi “Turnalar” she'riga rasm berilmagan 2004-yildagi shu mashqqa rasm ishlangan. 53-mashqqa ham rasm ishlangan. 130-mashq eski darslikda gap shunday tahlil qilingan. Yoqimli kuy odamni allalaydi… Nima? Kuy - ega nima qiladi? Allalaydi- kesim Qanday kuy? Yoqimli. Kimni allaladi?-odomni. Shu mashqni yangi daslikda quyidagicha belgilangan. Yoqimli kuy odomni allalaydi. Bu belgilash ancha tushunarli va qulay. 250-mashq.

Eski darslikda:   Yangi darslikda:

Gul-gulli. Gul-gulli; 

Maza-Maza-mazali;

Shira-Shira;

Yog'-Yog'.

Umuman yangi darslik eski darslikdan birmuncha mukammal ishlangan. 4-sinf ona tili darsligi R.Ikromova, X.G'ulomova, Sh.Yo'ldosheva, D.Shodmonovalar muallifligidagi darslik asosan sakkista katta bo'limni o'z ichiga olgan bo'lib, o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini o'stirish, bilish faolligini oshirishga qaratilgan. Bu darslikda oltita asosiy bo'lim bo'lib har bir bo'limda o'rganilishi zarur bo'lgan reja-mavzular berilgan. Yangi darslikdagi so'z turkumlari bo'limida berilgan mashqlar, eski darslikdagi mashqlardan tubdan farq qiladi yangi darslikdagi berilgan qoida va mashqlar o'quvchilarning o'zlashtirishlari uchun juda qulay berilgan. 

Umuman yangi to'ldirilgan nashrlar o'quvchilarning ona tili fanidan puxta bilim olishlarida katta ahamiyatga ega. 

Boshlang’ich sinflarda o’qitilayotgan ona tili o’qish darslari adabiyot fanining tarkibiy qismi hisoblanadi. Dasturlarning o’qish va nutq o’stirish bo’limida o’tkaziladigan mashg’ulotlar mazmuniga; o’quvchilarni to’g’ri, ravon, ma’lum darajadagi tezlik bilan ifodali o’qishga o’rgatish; bolaning ona - Vatan, uning tabiati kishilar mehnatidagi qahramonlik, jasurlik, milliy istiqlol g’oyalarini ular ongiga singdirish kabi bilimlarni boyitish orqali o’quvchilarning bilim, ko’nikma malakalari kengaytiriladi, shakllanadi va mustahkamlanadi.

O’qish darslarini Davlat talablari asosida hayotiy tajribalarga, kuzatishlarga suyanib, hayotga bog’lab o’tishi uning ta’sirchanligi ongli idrok etishlarini ta’minlaydi. O’qish va nutq o’stirishning ta’limiy - tarbiyaviy maqsadlari, sinflar bo’yicha o’qish mazmunini o’qish ko’nikmalarining og’zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish usullarini, o’qish mashg’ulotlarining yozma nutq bilan bog’lanish kabi masalalar aniq kiritilgan.O’qish darslar davomida o’quvchilar so’zdagi harflarni bir-biriga bog’lab yozish, so’z va gaplarni kichik hamda bosh harflarni alifbe kitobida berilgan tartibda yozishga o’rgatiladi.Boshlang’ich sinflarda o’qish darslari yuqori sinflardagi o’zbek adabiyoti, tarix, geografiya, biologiya va boshqa fanlarni o’zlashtirish uchun dastlabki asosni yaratadi. Shuning uchun boshlang’ich sinflardagi o’qish darslariga jiddiy e’tibor talab qilinadi. O’qish darslarini talabdagidek olib borish uchun o’qituvchi asosan quyidagilarga e’tibor berishi lozim. 6-10 yoshdagi bolalar bir soatga mo’ljallangan saboqni sabr toqat bilan tinglay olmaydilar. Ularning ruhiy tuzulishi qoyil harakatda, xayoli o’yinda bo’ladi. 10-15 minutdan ortiq davom etadigan gaplarni tinglayolmaydilat. Shu tugayli bu sinflarda ta’lim-tarbiya vazifalari, asosan o’yin, ashula, qisqa muddatli qiziqarli suhbat, hikoyalash va ifodali o’qish orqali amalga oshiriladi.

Ifodali o’qish turli badiiy va amaliy matnlarni puxta o’zlashtirishning muhim metodlaridan biri sifatida o’qituvchi uchun kalit rolini bajaradi. Ifodali o’qish darslarda o’quvchilarning zerikishiga yo’l qo’ymaydi, aksincha, faollashtiradi, badiiy asarlarga qiziqishini kuchaytiradi, adabiyotga havas uyg’otadi.

O’qish darslarida o’quvchilarni ifodali o’qishga o’rgatishning, asosan ikki yo’li bor:

1. Dars jarayonida turli matn xarakteridan kelib chiqib, o’quvchi-larni ifodali o’qishga o’rgatish;

2. O’qish darslari materiallariga berilgan soatlarni qisqartirish hisobiga maxsus ifodali o’qish dasturlari tashkil etish.

Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni ifodali o’qishga o’rgatish usullari quyidagilarni o’z ichiga oladi:

1. To’g’ri o’qish. Birinchi sinfda jiddiy ahamiyat berish talab qilinadi. Har bir so’z, bo’g’in va tovushni to’g’ri, eshitarli, talaffuz etilishiga erishish lozim.

2. Ongli o’qish. O’quvchi har bir gap, gapdagi so’z, so’zdagi bo’ginlarni o’qish jarayonida uning ma’nosini tushunib o’qishi kerak.

3. Tez va ravon o’qish. Sekin yoki juda tez o’qish emas, balki gapirganday, o’rtacha tezlik sur’atiga amal qilinib, ham to’g’ri, ham ongli, ham sidirig’asiga ravon o’qishni ta’minlash zarur. Agar o’quvchi, labi labiga tegmay, haddan yashqari tez yoki aksincha sekin, tutilib o’qisa ko’r - ko’rona, ma’nosiga tushunmay qolishi mumkin.

O’rtacha tezlikda o’qishga o’quvchi harf tovushlarni o’rganayotgan vaqtdan boshlab asos yaratiladi. Biroq dastlabki o’rinda to’g’ri va ongli o’qish jarayonidagi o’rtacha tezlik darajasiga erishiladi.

To’g’ri o’qishga o’rgatish uchun quyidagi usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. So’zlarni bo’g’inlarga bo’lib o’qish. Masalan: “Fazliddin” Faz-lid-din, ro’z-no-ma. Shuningdek, buzib o’qigan ayrim so’zlarni to’g’ri o’qiy olmasa uni bo’g’in tovushlarga bo’lib o’qigan ayrim so’zlarni ovoz chiqarib takror o’qish. Tez aytish ham ancha foydali usullardan hisoblanadi. Ongli o’qishga o’rgatish uchun notanish so’zlarga izoh berish, matn yuzasidan berilgan savol topshiriqlarni o’rgatish matn yuzasidan savollar tuzish, reja asosida matn mazmunini qisqartirib, kengaytirib so’zlash kabi usullar ham muhim yordam beradi.

Ravon o’qishda matndagi tinish belgilariga amal qilinishi lozim. Ifodali o’qishga o’rgatishning eng muhim usullaridan biri o’qituvchining namunali ifodali o’qishidir. Buning uchun o’qituvchi o’qitishning pauza, urg’u, ohangi, sur’at kabi texnik-nazariy vositalari haqida yetarli bilim mahoratga ega bo’lishi, og’zaki nutq madaniyatini puxta egallashi lozim.





Download 108,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish