1-uzoq muddatli investitsiyalar hisobi


-KASSA DAFTARINI YURITISH TARTIBI VA UNI RASMIYLASHTIRISH TEXNIKASI



Download 27,26 Kb.
bet2/4
Sana20.06.2022
Hajmi27,26 Kb.
#681457
1   2   3   4
Bog'liq
21- variant (1)

2-KASSA DAFTARINI YURITISH TARTIBI VA UNI RASMIYLASHTIRISH TEXNIKASI.
Tashkilotning naqd puldagi barcha tushum va chiqimlari kassa daftarida hisobga olinadi.
24. Har bir tashkilot faqat bitta kassa daftari yuritadi. Ushbu daftarning varaqlari raqamlangan, tikilgan va tashkilot muhri bilan muhrlangan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) bo‘lishi lozim. Muhr izi tushirilgan qog‘ozning ikkala tomoniga yelim surtiladi, daftarga muhr bosilganidan keyin yana bir qavat yelim surtiladi.
)
Kassa daftaridagi varaqlar soni ko‘rsatilgan yozuv tashkilot rahbari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
Budjet tashkilotlarida kassa operatsiyalarining hisobi kassir tomonidan Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning (ro‘yxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) 15-ilovasiga muvofiq shakldagi yoki KO-4-son shakldagi kassa daftarida olib boriladi.
Kassa daftaridagi yozuvlar qoraqog‘oz vositasida sharikli ruchka yoki siyoh bilan 2 nusxada yoziladi. Bunda varaqlarning birinchi nusxasi kassa daftarida qoladi, qirqiladigan ikkinchi nusxasi esa, kassirning hisoboti hisoblanadi.
Varaqlarning birinchi va ikkinchi nusxasi bir xil raqam bilan raqamlanishi shart.
Kassa daftariga o‘chirib yozish va tuzatishlar kiritish taqiqlanadi. Tuzatishlar tashkilot kassiri hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs imzosi bilan tasdiqlanadi.
25. Har bir kassa orderi bo‘yicha naqd pulning olinishi yoki berilishi kassir tomonidan kassa daftariga darhol yozib qo‘yiladi. Kassir ish kuni oxirida bir kunlik operatsiyalar hisobini chiqaradi, kassadagi naqd pullar qoldig‘ini keyingi ish kuniga o‘tkazadi va buxgalteriyaga kassir hisoboti sifatida ajratib olingan ikkinchi varaqni (kassa daftaridagi bir kunlik yozuvlar nusxasini) kassa daftariga qayd etib, kassa kirim va chiqim hujjatlari bilan birgalikda kassa daftariga imzo qo‘ygan holda topshiradi.
Agar tashkilotlarda har kuni umumiy summasi eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorigacha bo‘lgan operatsiyalar amalga oshirilsa, kassa hisobotlari 3-5 kunda bir marta tuzilishi mumkin.
26. Tashkilotlarda kassa daftari elektron (dasturiy) tarzda yuritilishi mumkin. Bunda kassir hisoboti ham elektron (dasturiy) tarzda yuritiladi. Ushbu hujjatlar keyingi ish kuni boshlangunga qadar tuziladi va ularning mazmuni bir xil bo‘lishi hamda kassa daftarining barcha rekvizitlarini o‘z ichiga olishi shart.
Kassa daftari va kassir hisobotining varaqlari yil boshidan boshlab o‘sib borish tartibida raqamlanib, elektron (dasturiy) tarzda amalga oshiriladi.
Kassa daftarining qo‘shimcha varag‘i va kassir hisoboti hujjatlari olingandan so‘ng, kassir ularning to‘g‘ri tuzilganligini tekshirib, imzolashi shart. Kassir hisobotga kassa ordyerlarini ilova qilib, imzolab buxgalteriyaga topshirishi lozim.
Kassa daftarining qo‘shimcha varag‘i yil davomida kassir tomonidan har bir oy bo‘yicha alohida saqlanishi lozim. Kalendar yil tugaganda yoki zarurat tug‘ilganda, kassa daftarining qo‘shimcha varag‘i xronologik tartibda kitob shaklida tikiladi. Bir yillik varaqlarning umumiy soni tashkilot rahbari va buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs tomonidan imzolanadi va tashkilot muhri bilan muhrlanadi (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda).

27. Kassa daftarining to‘g‘ri yuritilishini nazorat qilish buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs zimmasiga yuklanadi.


28. Kassa chiqim orderi kassadan naqd pul oluvchining imzosi bilan tasdiqlanmagan bo‘lsa, ushbu summa kamomad hisoblanadi va kassirdan undirib olinadi. Kassadagi kassa kirim ordyerlari bilan tasdiqlanmagan naqd pullar kassadagi ortiqcha pul hisoblanadi va tashkilot daromadiga kiritiladi.
29. Katta (bosh) kassirdan boshqa kassirlar zarur naqd pullarni bo‘nak sifatida olganda va ularni qaytarganda Qabul qilingan va berilgan pullar hisobini yuritish daftariga imzo qo‘yishlari shart.
Kassirlar ish kuni oxirida katta kassirga olingan bo‘nak pullar va kirim hujjatlari bo‘yicha qabul qilingan pullar to‘g‘risida hisob berishi hamda naqd pullar qoldig‘ini, imzo qo‘yib olingan pullar bo‘yicha o‘tkazilgan operatsiyalarning hujjatlarini topshirishlari lozim.



Download 27,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish