1. Uzbekiston tarixini fanining predmeti


Uzbekiston tarixi fanining g’oyaviy-nazariy asoslari va metodologik tamoyillari



Download 110 Kb.
bet2/5
Sana18.02.2022
Hajmi110 Kb.
#456892
1   2   3   4   5
Bog'liq
2O’zbekiston tarixini urganishning nazariy-metodologik asoslari

2. Uzbekiston tarixi fanining g’oyaviy-nazariy asoslari va metodologik tamoyillari.
Xar qanday fan kabi Uzbekiston tarixi fani xam uzining g’oyaviy-nazariy asoslari, ilmiy ta’limotlari, metodi (usuli) va metodologik tamoyillariga ega. Bular Uzbekiston tarixi fanining asosini tashkil etib, uning rivojlanishi, jamiyat va milliy manfaati yulida nufuzining ortib borishida, Vatan tarixining xaqqoniy yozilishi va tarixiy xaqiqatning yuzaga chiqishida xizmat qiladi.
Vatanimiz tarixini urganishda Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning asarlari, ma’ruza va nutqlari, farmon va farmoyishlari, mustaqillik davrida qilingan qonunlar va boshqa me’yoriy xujjatlar muxim nazariy-metodologik asos bulib xizmat qiladi. Islom Karimov tarixning muqaddas milliy va umuminsoniy xotira xamda qadriyat ekanligini ta’kidlab, «Tarixiy xotirasiz kelajak yuq», «Uzlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi», «Tarix-xalq ma’naviyatining asosida» degan teran falsafiy fikrlarni ilgari surdi. Uning tarix ilmiga oid nazariya va ta’limotlari xamda metodologik tamoyillari faqat ichki milliy doiradagi talabgagina emas, balki xalqaro qoidalarga xam mos keladi. Tarixiy voqealarni urganishda qanday ilmiy-nazariy metodologik asoslarga tayanishning axamiyati juda katta. Shurolar davrida xar qanday voqeani yoritishga kamfirka mafkuraviyligi, partiyaviylik, sinfiylik nuqtai nazaridan yondashildi. Mamlakat, butun bir xalq tarixi ikkiga eksplutator va ekspluatatsiya qilinuvchilar, quldorlar va qullar, feodallar va qaram dexkonlar, burjuaziya va yollanma ishchilar, boylar va kambag’allarga ajratildi. Mulkdorlar, ular orasidan chiqqan beklar, amirlar, xonlar, davlat arboblari, ruxoniylar qoralandi, nomlari badnom qilindi. Tarixiy voqealar jamiyat a’zolarining bir qismi kambag’allar va yuqsillarni ximoya qilgan xolda ularning manfaatiga buysundirilgan xolda yoritildi. Buyuk olimlar, allomalar, ma’rifatparvar shoiru-ulamolar, yozuvchilar ikkiga materialistlar va idealistlarga bulindi.
Oqibatda kupgina tarixiy voqea-xodisalar soxtalashtirildi, utmishi qoralandi, ma’naviy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz xaqoratlandi.
Xalqimiz tarixining bu qadar soxtalashtirilishiga faqat marksistik metodologiyaning yaroqsizligi aybdor deyish kifoya qilmaydi, albatta. Bu borada mamlakatda xukmron bulgan tota-litar tuzumning roli katta buldi. Tarix esa uning xizmatko- riga, targ’ibotchisi va ximoyachisiga aylantirilgan edi.
Uzbekiston tarixini urganishda, tarixiy voqea, xodisalarni tug’ri yoritishda bir qator nazariy-metodologik tamoyillardan foydalaniladi.
Dialektik usul ana shunday tamoyillardan biridir. Insoniyat xayoti, jamiyat taraqqiyoti dialektik jarayondir. Dialektika olam yagona va yaxlit, unda sodir buladigan xodisalar, voqealar umumiy va uzaro bog’lanishda, uzluksiz xarakatda, ziddiyatli taraqqiy yotda buladi, deb ta’lim beradi. Dialektikaning bilish nazariyasi sifatida shakllanishi va rivojlanishida Geraklit, Aristotel, Xorazmiy, Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino, Ulug’bek, Dekart, Spinoza, Gegel, Gertsen va boshqalarning xizmati katta. Ular tabiat, tarixiy va ma’naviy dunyoni bir jarayon shaklida, ya’ni ularni uzluksiz xarakat qilib, uzgarib, taraqqiy qilib turadigan xolda, taraqqiyotni ichki bog’lanishida olib urganish metologiyasini yaratdilar.
Darxaqiqat, Uzbekiston tarixi avvalo Markaziy Osiyo mamla- katlari, qolaversa bashariyat tarixi bilan chambarchas bog’langan.
Shu sababdan Uzbekiston tarixini qushni mamlakatlar tarixi bilan bog’liq xolda, bir xalqni ikkinchi bir xalqqa qarama-qarshi quymagan xolda urganish taqozo etiladi. Qozoq, qirg’iz, qoraqalpoq, turkman, tojik, fors, afg’on, xind, arab va boshqa xalqlar, mamlakatlar tarixini qanchalik yaxshi bilsak, Uzbekiston xalqlari tarixini xam shunchalik chuqur, xar tomonlama urganish imkoniga ega bulamiz. Vatan tarixini yoritishda xolislik, tarixiylik metodlari muxim axamiyatga ega.
Xolislik usuli tarixiy voqea, xodisalarni urganayotganda ular bilan bog’liq bulgan barcha faktlarning xech bir istisnosiz butun majmuini birga olib tekshirishni, aniq, xaqqoniy dalillarga asoslanishni talab qiladi.
Mustaqqillik tarixini xolisona yoritish imkoniyatini yaratdi. «Uzbek olimlarining kuch-g’ayratlari bilan,-deb yozadi. I.A. Karimov,-tariximizning kupdan-kup g’oyat muxim saxifalari, eng avvalo, Temuriylar davri, XIX asr oxiri, XX asr boshlari tarixi yangidan kashf etildi. Shuni esda tutish muximki, utmishimizni «oqlash» vazifasi umuman olganda bajarib bulindi, xozir esa asosiy vazifa, tarixiy taxlilni ilmiy jixatdan xolisona va xalol amalga oshirishdan iboratdir».1
Tarixiylik usuli voqea, xodisalarni uz davrining aniq tarixiy sharoitidan, usha davr muxitidan, tarixiy rivojlanish jarayonidan kelib chiqqan xolda urganishni taqozo etadi. Xar bir voqea, xodisani boshqa voqealar, xodisalar bilan bog’lab urgangandagina mazkur voqea xodisaning umumiy tarixiy jarayondagi urnini tug’ri aniqlash, belgilash mumkin buladi. Xar bir voqea, xodisaga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi, bulagi deb qaramoq zarur.
Xar bir xodisa, jarayon qanday tarixiy muxitda, nima uchun aynan shu paytda, shu shaklda sodir bulganligini, bu xodisa uz taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni bosib utganligini, keyinchalik u qanday bulib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining talabidir. Masalan, bironta davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtai nazaridan turib baxo bermoqchi bulsak u birinchidan, qachon, qanday tarixiy sharoitda paydo buldi, ikkinchidan, u uz taraqqiyotida qanday bosqichlarni bosib utdi. Uchinchidan, uning tarixiy urni, mavqei qanday, degan savollarga aniq javob berish zarur buladi.
Tarixiylik tamoyili xalqning utmishini yagona tabiiy-tarixiy jarayon deb, utmish xozirgi zamonni tayyorlaydi, xozirgi zamon esa kelajakni yaratadi deb qaraydi. Insoniyat ana shunday umumiy yuldan borayotgan ekan, istiqbolda porloq xayot, farovon turmush qurmoqchi bulgan avlod tarix fani orqali utmishni yaxshi bilmog’i lozim. Utmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik yaxshi bilsak, anglab etsak, xozirgi zamonni shunchalik mukammal tushunamiz, kelajakni tug’ri tasavvur etamiz.
Vatan tarixini urganishda yuqorida qayd etilgan metodologik tamoyillar bilan bir qatorda faktlarni taqqoslash, mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish, falsafiy tafakkur, davrlashtirish, sotsiologik tadqiqotlar utkazish, statistik, matematik va boshqa usullardan xam foydalanish zarur. Vatan tarixini yaratishda beg’araz ilmiy xulosalar va xolislik, biror-bir mafkuraning sun’iy ustuvorligiga yul quymaslik va tariximizga insonparvarlik kuzi bilan qarash g’oyasiga amal qilinishi kerak. Vatan tarixini urganish va yoritishda uning davrlarini ilmiy asosda tug’ri belgilash xam muxim axamiyatga ega.
Shurolar xokimiyati yillarida chop etilgan Uzbekiston tarixiga oid asarlar, darslik va boshqa adabiyotlarda tarixiy jarayonlar buzib talqin qilindi va sun’iy tarzda tarixiy davrlar unlab topildi. Uzbekiston tarixini davrlarga bulishda K.Marks, F.Engels va Lenin asarlari, KPSS s’ezdlari, konferentsiyalari va partiya markaziy komiteti qarorlari nazariy asos bulib xizmat qildi va ulchov mezoni buldi. Kup xollarda tarixiy davrlarni belgilashda xalqimizning tarixiy utmish jarayonlaridan kelib chiqqan xolda yondoshmasdan Russiya olimlari asarlaridan kur-kurona andoza kuchirildi. Vatanimiz tarixini Russiya tarixiga moslashtirish yulidan borildi.



Download 110 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish