1. Ustav kapitalini tekshirishning maqsad va vazifalari


Dastlabki hujjatlarni tekshirish



Download 98 Kb.
bet3/4
Sana20.06.2022
Hajmi98 Kb.
#683343
1   2   3   4
Bog'liq
Xususiy kapital tarkibi

3. Dastlabki hujjatlarni tekshirish


Ta’sischilar ulushlarining ustav kapitaliga qo’shilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga dalolatnomalar, nakladnoylar, bank ko’chirmalari, to’lovtopshiriqnomalari nusxalari, kassa kirim orderlarining kvitantsiyalari va boshqa dastlabki hujjatlar misol bo’la oladi. Ustav kapitaliga ulush sifatida qo’shiladigan mulklarga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarga ko’chmas mulk, er uchastkalari, transport vositalari, intellektual mulk va shunga o’xshashlarga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi guvohnomalar kiradi.
Tashkiliy hujjatlar:

  • davlat ro’yxatiga olinganligi to’g’risida guvohnoma;

  • buyruqlar va farmoyishlar;

  • aktsiyadorlar va ta’sischilar bilan yozishmalar;

  • aktsiyalarga obuna bo’lish natijalari to’g’risidagi, savdo natijalari to’g’risidagi, ta’sischilar yoki aktsiyadorlar majlisining bayonnomalari;

  • soliq inspektsiyada hisobga olinganligi to’g’risida ma’lumotnoma, davlat statistika organlari, tegishli sug’urta tashkilotlari va boshqa byudjetdan tashqari tashkilotlarda ro’yxatga olinganligi to’g’risida guvohnoma;

  • amaldagi qonunchilikka muvofiq litsenziyalanishi lozim bo’lgan faoliyat turlari uchun berilgan litsenziyalar;

  • yuritilayotgan hisob shaklidan qat’iy nazar ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlari aktsiyadorlar reestrini ham tekshiruvga taqdim qiladi.

Ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan ulushlarni qo’shish muddatlariga rioya qilinishini va to’liqligini tekshirishda quyidagilarga e’tibor berilishi lozim:

  • ustav kapitalining to’liq shakllanganligi;

  • ta’sischilar haqiqatda qo’shgan ulushlarining ta’sis hujjatlarida belgilangan shartlarga mosligi;

  • ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga ulushlarni qo’shishda qonunchilik va ta’sis hujjatlarida belgilangan muddatlarga rioya qilinishi.

Ustav kapitalining shakllanishini tekshirish chog’ida tekshirilayotgan korxonaning tashkiliy-huquqiy shaklini ham e’tiborga olish zarur. Chunonchi, aktsiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitali aktsiyadorlar tomonidan sotib olinadigan, jamiyat aktsiyalarining nominal qiymatidan, ma’suliyati cheklangan jamiyatlarda esa uning ishtirokchilari tomonidan qo’shiladigan ulushlar qiymatidan tashkil topadi. Davlat korxonalarida esa davlat mulki hisoblangan ustav fondi shakllantiriladi.
Auditor tekshiruv chog’ida barcha ta’sischilar qonunchilikka muvofiq o’z ulushlarini ustav kapitaliga o’z vaqtida va to’g’ri hamda to’liq qo’shganliklarini aniqlashi kerak.
Masalan, mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) ustav kapitaliga jamiyatni ro’yxatga olish paytida har bir ishtirokchi kamida 30 % ulushini qo’shgan bo’lishi kerak.
Korxona ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan ulushlar qo’shilmagan yoki to’liq qo’shilmagan holatlarning aniqlanishi, tegishli boshqaruv organlari uchun korxona ta’sis etilmagan va tugatilishi kerak deb topilishiga asos bo’ladi.
Ta’kidlash joizki, ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga ulush sifatida qo’shiladigan mablag’lar O’zbekiston Respublikasida amaldagi qonunchilikka muvofiq QQS ga tortilmaydi. Shuningdek, korxonalarni tugatish yoki qayta tashkil etish chog’ida pay (ulush) ko’rinishida natura yoki pul shaklida olingan mablag’lar ham, ularning ustav fondidan hamda yuridik shaxslar pay (ulushi)dan oshib ketmagan miqdorda, QQS ga tortilmaydi.
Ustav kapitaliga ulushlar pul, qimmatli qog’ozlar, boshqa buyumlar yoki mulkiy huquqlar hamda pulda baholanadigan boshqa huquqlar shaklida qo’shilishi mumkin. Shu boisdan auditor ta’sischilar ulushlarini pulda baholashning to’g’riligini tekshirishi muhimdir. Xo’jalik jamiyati ta’sischisining ulushini pulda baholash jamiyat ta’sischilar o’rtasidagi kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi. Qonunda ko’zda tutilgan ayrim hollarda esa mustaqil ekspert tomonidan baholanishi kerak.

Download 98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish