1 Uslubiy ko’rsatma topshiriq Savollarga to’liq javob yozing



Download 31,75 Kb.
Sana03.08.2021
Hajmi31,75 Kb.
#137342
Bog'liq
11 Uslubiy ko


11 Uslubiy ko’rsatma

1 – topshiriq Savollarga to’liq javob yozing

1. Ichki va tashki hujjatlar deb nimalarga aytiladi?

Hujjatshunoslikda hujjatlar bir necha jihatlarga ko‟ra tasnif qilinadi. An‟anaga ko‟ra ish yuritishdagi hujjatlar eng avvalo tuzilish o‟rniga ko‟ra tasnif qilinadi. Bu jihatdan ichki va tashqi hujjatlar farqlanadi.Ichki hujjatlar ayni muassasaning o‟zida tuziladigan va shu muassasa ichida foydalaniladigan hujjatlardir, muayyan muassasaga boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladiganlari esa tashqi hujjatlardir.

2. Sodda va murakkab hujjatlar qanday bo’ladi?

Hujjatlar mazmuniga ko‟ra ikki turli bo‟ladi: 1) sodda hujjatlar - muayyan bir masalani uz ichiga oladi; 2) murakkab hujjatlar - ikki yoki undan ortiq masalani uz ichiga oladi.

3. Xususiy, namunaviy va qolipli hujjatlar?

Shu tarzda ariza, qaror, bildirishnoma, ma’lumotnoma, shartnoma, tabriknoma singari turli xarakterdagi rasmiy hujjatlarning har birining o’ziga xos bayon etish qolipi bo’ladi. Ayni paytda, ularning har birining alohida so’z va turg’un birikmalari ham mavjud bo’ladi. Masalan, huquqiy hujjatlar matniga ko’z yugurtirsaq ularda boshqa vazifaviy uslublarda deyarli uchramaydigan atamalarga duch kelamiz: ma’muriy javobgarliq fuqarolik holati, fuqarolik javobgarligi, aybdor, gumondor, jabrlanuvchi, sudlanuvchi, guvoh, jamoat kafilligi, surishtiruv, jabrlanuvchi bilan yarashuv va boshqalar.

4. Xizmat hujjatlari va shaxsiy hujjatlarga nimalar kiradi?

Shaxsiy hujjatlar alohida shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‟liq masalalarga tegishli bo‟ladi (Shaxsiy ariza, shikoyat, tavsiyanoma kabi). Muassasalar o‟rtasida xizmat aloqalari asosan xatlar orqali amalga oshiriladi. Bunday yozishmalar orqali turli ko‟rsatmalar, so‟rovlar, javoblar, tushuntirishlar, xabar, taklif, iltimos, kafolatlar beriladi va qabul qilinadi. Xizmat xatlari quyidagi vazifalarni bajarishiga ko‟ra ikki turga ajratiladi: 1. Javob xatni talab qiluvchi xatlar (da’vo xatlari, so’rov xatlar, iltimos xatlari kabi). 2. Javob talab qilmaydigan xatlar (tasdiq xat, ilova xat, eslatma xat, axborot xat, kafolat xati kabi).

5. Hujjatlar xizmat mavqeyiga ko’ra qanday tasniflanadi?

Farmoyish - muassasa ma’muriyati, shuningdek, bo‘limlarning rahbarlari to-monidan amaliy ma-salalar yu-zasidan qabul qili-nadigan huj-jatdir. Odatda far-moyishlar amal qilish muddati cheklangan bo‘lib, bo‘-limlarning tor doira-siga, ayrim mansabdor shaxslar va fuqarolarga taalluqli bo‘ladi.

Shartnoma - ikki yoki undan ortiq tomonning fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini belgilash, o‘zgartirish yoki to`xtatish yo`lidagi kelishuvidir. Boshqacha qilib aytganda, shartnoma tomonlarning biron-bir munosabatlar o`rnatish haqidagi kelishuvi (bitimi)ni qayd etuvchi va munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatdir.

Buyruq - mazkur huquqiy hujjat muayyan muassasa asosiy va kundalik masalalarni hal qilish maqsadida qo‘llaniladi. Buyruq uchun qog`oz (blanka)lar A4 hajmli (310*297) qog‘ozga tayyorlanadi. 

Dalolatnoma- muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog‘liq biron bir bo‘lib o‘tgan (sodir bo‘lgan) voqea, hodisa, ish harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzilgan hujjatdir.

6. Hujjat tilining o’ziga xos xususiyatlari



Rasmiy uslub hozirgi o’zbek tilining davlat-ma’muriy, huquqiy muassasalarida, rasmiy diplomatik munosabatlarida namoyon bo’ladigan ko’rinishidir. Qonun matnlari, farmonlar, farmoyishlar, buyruqlar, xullas barcha rasmiy ish qog„ozlari ana shu uslubda shakllanadi. Bu uslubning og„zaki va yozma ko„rinishlari, binobarin, ushbu ko„rinishlarning o„z me‟yorlari mavjud. Jumladan, aniqlik. Ushbu uslubda shakllangan matnda noaniqlikka, izohtalab o„rinlarga yo„l qo„yilmasligi lozim. Fikr va mazmun sodda, aniq va tushunarli tilda bayon qilinishi kerak
Download 31,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish