Fonetika.
1.Urg`u so`z yasovchi qo`shimchalarga tushgan qatorni belgilang. 1) terma (ot), 2) bostirma (ot), 3) gapirma (fe`l), 4) isitma (fe`l), 5) qovurma (sifat), 6) qaynatma (fe`l) A. 1,2,3,4 B. 3,4,6 C. 1,2,3,5 D.1,2,5,6 2. Har qanday go`zallik zamirida mehnat yotadi. Ushbu gapdagi yopiq bo`g`inlar tarkibida lablanmagan unlilar miqdori nechta? A. 8 ta B. 7 ta C. 6 ta D. 9 ta 3.Dunyoda birinchi haydovchilik guvohnomasi Germaniyada 1910-yildan boshlab joriy etilgan? Ushbu gapda qanday fonetik o`zgarish ro`y bergan? A) tor unli keng keng unliga o`zgargan B) portlovchi tovush tushgan. C) bir quyi keng unli boshqa keng unliga almashgan. D) jarangli undosh jarangsizga o`zgargan.
Do'stlaringiz bilan baham: |