17. Temir yo'l kesishmalari orqali harakatlanish.
17.1
|
Transport vositalarining haydovchilari temir yo'llarni faqat temir yo'l kesishmalari orqali poezd (lokomotiv, drezina)larga yo'l berib kesib o'tishlari mumkin.
|
17.2
|
Temir yo'l kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan haydovchi yo'l belgilari va chiziqlariga, svetofor ishoralariga, shlagbaum holatiga, kesishma navbatchisining ko'rsatmalariga amal qilishi, yaqinlashib kelayotgan poezd (lokomotiv, drezina) yo'qligiga ishonch hosil qilishi shart.
|
17.3
|
Temir yo'l kesishmasiga kirish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
svetofor ishorasidan qat'i nazar, shlagbaum yopiq turgan yoki yopila boshlagan holatda;
shlagbaumning bor-yo'qligidan, uning holatidan qat'i nazar, svetoforning taqiqlovchi ishorasida;
kesishma navbatchisining taqiqlovchi ishorasida (navbatchi haydovchilarga oldi yoki orqasi bilan turib tayoqchani, qizil chiroq yoki bayroqchani boshidan ko'tarib tursa yoki qo'llarini yonga uzatsa);
kesishmadan keyin hosil bo'lgan tirbandlik tufayli haydovchi kesishmada to'xtashga majbur bo'ladigan hollarda;
agar ko'rinish chegarasidagi masofada kesishmaga poezd (lokomotiv, drezina) yaqinlashib kelayotgan bulsa.
Bundan tashqari:
kesishma oldida turgan transport vositalarining qarama-qarshi harakatlanish bo'lagiga chiqib aylanib o'tish;
shlagbaumni o'zboshimchalik bilan ochish;
kesishma orqali zanjirli qishlok ho'jaligi, yo'l qurilishi va boshqa mashina va mexanizmlarning yurib o'tishi (mexanik transport vositalariga yuklab olib utish ruxsat etiladi);
temir yo'l distantsiyasi boshlig'ining ruxsatisiz tezligi soatiga 8 kilometrdan kam bo'lgan transport vositalarini olib o'tish taqiqlanadi.
|
17.4
|
Kesishma orqali harakatlanish taqiqlangan hollarda haydovchi to'xtash chizig'i, 2.5 yo'l belgisi yoki svetofor oldida, ular bo'lmaganda shlagbaumgacha kamida 5 metr, shlagbaum bo'lmaganda esa birinchi temir yo'l iziga kamida 10 metr qolganda to'xtashi kerak.
|
17.5
|
Temir yo'l kesishmasida majburan to'xtab qolgan transport vositasining haydovchisi darhol odamlarni tushirish va kesishmani bo'shatish choralarini ko'rishi kerak.
Agarda kesishmani bo'shatishni iloji bo'lmasa haydovchi:
imkoniyati bo'lganda yaqinlashib kelayotgan poezd mashinistiga to'xtash ishorasini berish qoidasini tushuntirib, ikki kishini temir yo'l yoqasi bo'ylab ikkala tomonga 1000 metr masofaga (agar bir kishi bo'lsa uni yo'l yaxshi ko'rinmaydigan tomonga) yuborishi;
transport vositasining yonida qolishi va umumiy xatar borligi ishorasini berishi;
poezd ko'ringanda to'xhtash ishorasini berib, u kelayotgan tomonga yugurishi kerak.
|
|
Eslatma: To'xtash ishorasi qo'lni (kunduzi yorqin mato parchasi yoki aniq ko'rinadigan biror narsa bilan, tunda esa mash'ala yoki chiroq bilan) gir aylantirish orqali beriladi.
Umumiy xatar ishorasi bitta uzun va uchta qisqa tovush ishorasi orqali beriladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |