20. Tik nishablik va balandliklarda harakatlanish.
20.1
|
1.13 va 1.14 belgilari bilan belgilangan qiyaliklarda yo'lda qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanishni qiyinlashtiradigan biron-bir to'siq bo'lsa, nishablikka harakatlanayotgan transport vositasi haydovchisi yo'l berishi kerak.
|
20.2
|
Tik nishablikda, dovonda va 1.13 belgisi o'rnatilgan yo'lda to'xtatish tizimi ishlamay qolgan transport vositalari o'z harakatini to'xtatish uchun 5.40 belgisi bilan belgilangan falokatli holatlar uchun yo'lga kirishlari shart.
|
20.3
|
Yo'lning 1.13 "Tik nishablik" yo'l belgisi bilan belgilangan qismida uzatma yoki tishlashish mexanizmini ajratilgan holatda harakatlanish taqiqlanadi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |