1. Umumiy qoidalar


Yo'lning qatnov qismida transport vositalarining joylashishi



Download 205,4 Kb.
bet21/67
Sana22.05.2021
Hajmi205,4 Kb.
#65246
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   67
Bog'liq
1. Umumiy qoidalar

11. Yo'lning qatnov qismida transport vositalarining joylashishi.


11.1

Rel'ssiz transport vositalari harakatlanadigan bo'laklar soni chiziqlar yoki 5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8 yo'l belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki yo'l belgilari bo'lmasa, haydovchilar yo'l bo'laklarini o'zlari, qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit o'lchamlarini hisobga olgan holda aniqlaydilar. Bunda harakat ikki tomonlama bo'lgan yo'l qatnov qismining chap tomondagi yarmi qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun muljallangan, deb hisoblanadi.

11.2

To'rt va undan ortiq bo'lakli, harakat ikki tomonlama bo'lgan yollarda qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan bo'laklarga chiqish taqiqlanadi.

11.3

Harakat ikki tomonlama bo'lgan uchta bo'lakli (1.9 chizig'i bilan belgilangandan tashqari) yo'llarda o'rta bo'lakka faqat quvib o'tish, chapga burilish, qayrilib olish va aylanib o'tish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan chetki chap bo'lakka chiqish taqiqlanadi.

11.4

Aholi yashaydigan joylardan tashqarida haydovchilar transport vositalarini mumkin qadar qatnov qismining o'ng chetiga yaqinroqqa olib harakatlanishlari kerak.
Aholi yashaydigan joylarda Qoidalarning 11.6, 19.1, 26.2 bandlaridagi talablarni hisobga olgan holda haydovchilar o'zlariga qulay bo'lgan harakatlanish bo'lagidan foydalanishlari mumkin. Faqat o'ngga yoki chapga burilish, qayrilib olish, quvib o'tish, to'xtash oldidan harakatlanish bo'lagini o'zgartirishga ruxsat etiladi.
Biroq, bir yo'nalishdagi uch va undan ortiq bo'lakli har qandaj yo'lda harakat serqatnovligi sababli boshqa bo'laklar band bo'lgan hollarda, shuningdek, quvib o'tish, chapga burilish yoki qayrilib olish, ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillariga esa faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun chetki chap bo'lakni egallashga ruxsat etiladi.
Harakat bir tomonlama bo'lgan yo'lning chap bo'lagida to'xtash va to'xtab turish Qoidalarning 14.1 bandiga muvofik amalga oshiriladi.
Biror bo'lakda qo'shni bo'lakdagi transport vositalariga nisbatan katta tezlikda harakatlanish quvib o'tish deb hisoblanmaydi.

11.5

Tezligini soatiga 40 kilometrdan oshirishi mumkin bo'lmagan yoki texnik sabablarga ko'ra tezligini bundan oshira olmaydigan transport vositalari quvib o'tish, chapga burilish yoki qayrilib olish, aylanib o'tish uchun qayta tizilishdan boshqa hollarda faqat chetki o'ng bo'lakda harakatlanishlari kerak.

11.6

Yo'lakay yo'nalishdagi qatnov qismining chap tomonida u bilan bir sathda joylashgan tramvay izidan shu yo'nalishdagi boshqa bo'laklar band bo'lganda harakatlanishga, aylanib va quvib o'tishga, shuningdek,5.8.1, 5.8.2 belgilari bilan belgilanmagan hollarda esa chapga burilish va qayrilib olishga ruxsat etiladi. Biroq bu tramvay harakatiga halaqit bermasligi kerak.
Qarama-qarshi yo'nalishdagi tramvay izidan harakatlanish taqiqlanadi.

11.7

Agar qatnov qismi yo'l chiziqlari bilan bo'laklarga ajratilgan bo'lsa, transport vositalarining harakatlanishi qat'iy ravishda belgilangan bulaklarda amalga oshirilishi kerak. Faqat qayta tizilishda uzuq-uzuq chiziqlarni bosib o'tishga ruxsat etiladi.

11.8

Reversiv harakatlanishli yo'lga burilishda transport vositalari qatnov qismlari kesishmasidan chiqishda chetki o'ng bo'lakni egallashi kerak. Haydovchiga shu yo'nalishdagi boshqa bo'laklarda ham harakatlanishga ruxsat berilganligiga ishonch hosil qilgandan keyingina qayta tizilishga ruxsat etiladi.

11.9

Qoidalarning 14.1, 27.2 bandlarida ko'zda tutilgandan boshqa hollarda transport vositalarining yo'l yoqasi, trotuar va piyodalar yo'lkalaridan harakatlanishi taqiqlanadi. Bu joylarda yo'ldan foydalanish va kommunal xizmat mashinalarining harakatlanishiga, shuningdek, boshqa imkoniyat bo'lmagan hollarda bevosita yo'l yoqasida, trotuar yoki piyodalar yo'lkalari oldida joylashgan savdo shoxobchalari, korxonalar va boshqa inshootlarga yuk olib kirish uchun transport vositalariga yaqin yo'ldan kirishga ruxsat etiladi. Bunda yo'l harakati havfsizligi to'la ta'minlangan bo'lishi shart.

11.10

Haydovchi o'zidan oldinda ketayotgan transport vositasi keskin to'xtaganda u bilan to'qnashib ketmaslik kafolatini beradigan oraliq masofani, shuningdek, yo'l harakati havfsizligini ta'minlaydigan yonlama oraliq masofani saqlashi kerak.

11.11

Aholi yashaydigan joylardan tashqaridagi yo'llarda tezligini soatiga 50 kilometrdan oshirishi mumkin bo'lmagan, shuningdek, ruxsat etilgan to'la vazni 12 tonnadan ortiq bo'lgan transport vositalarining haydovchilari o'zi va oldida ketayotgan transport vositasi oralig'ida, ularni quvib o'tishi mumkin bo'lgan transport vositalari bemalol yo'lning o'ng tomoniga qayta tizilishi uchun imkon beradigan masofani saqlashlari kerak.
Quvib o'tishga tayorlanayotgan, shuningdek, transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi tarkibida, serqatnov bo'lgan yo'llarda harakatlanayotgan transport vositalarining haydovchilariga bu talab taalluqli emas.

11.12

Agar biron-bir to'siq sababli qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanish qiyin bo'lsa, to'siq o'z tomonida bo'lgan haydovchi yo'l berishi kerak.

Download 205,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish