Pedagogikaning metodologik asosi. - Pedagogikaning metodologik asosi.
- Pedagogikaning fan sifatida shakllanib borishi ijtimoiy-iqtisodiy zaruriyat mahsuli sifatida turli fanlar bilan qadim-qadim zamonlardan bog‘liqligidir. Olloh eru osmonni yaratib insonni er yuziga o‘zidan xalifa etib yaratdi. O‘zining mavjudligi har bir ishga qodirligini, ilmda tengsizligini , mehru-muruvvatda beqiyosligini bildirdi. Islomda ilm berishda bir biriga bog‘liq bo‘lgan din va dunyo haqida tushuncha mavjud, ular alohida tushunchalar emasligi isbotlangan. Dunyoviy deb ataladigan ilmlarning barchasi Qur‘oni Karim ta‘limoti bilan bog‘liqdir. Shuni ta‘kidlamoq kerakki pedagogika fanining metodologik asosi diniy va dunyoviy fanlar tarkibida rivojlangan. Qur‘onda “Ilm” so‘zi turli hollarda 765 marta takrorlanadi. G‘arb faylasuf olimlari ham Islom falsafasiga suyangan holda ijod etganlar.
- Qadimgi Yunonistonda Suqrot, Aristotel, Platonlar ideyaga asoslangan o‘zlarining inson kamoloti va tarbiya masalalarining falsafiy negizini yaratgan.
- Pedagogika ilmining asosini yaratishda Hadis, Qur‘oni Karim, ya‘ni Islom ta‘limoti katta rol‘ o‘ynaydi.
- Xalq og‘zaki va yozma ijodiyoti, xalq yodgorlik obidalari, nasixatnoma, pandnoma va vasiyatnomalarda komil inson tarbiyalash qonun-qoida va usullari aks etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |