4.
GO‘
GEOMETRIYA VA O‘LCHASHLAR
4.
GO‘.1
a) Nuqta
, to‘g‘ri chiziq, kesma, nur, burchaklar (to‘g‘ri, o‘tkir, o‘tmas) va
perpendikulyar va parallel
to‘g‘ri chiziqlarni chizish va ularni taniy olish;
b)
Parallel yoki perpendikulyar to‘g‘ri chiziqlar borligi yoki yo‘qligi yoki
belgilangan o‘lchamdagi burchaklar borligi yoki yo‘qligiga asoslanib,
yassi
shakllarni
tasniflash.
To‘g‘ri
burchakli
uchburchaklarni
uchburchaklarning bir toifasi sifatida tushunish va to‘g‘ri uchburchaklarini
aniqlash;
c)
Yassi shakl bo‘ylab o‘tkazilgan uning simmetriya o‘qini - shaklni ikki teng
bo‘lakka bo‘luvchi va bu bo‘laklarni o‘q bo‘ylab bukib ustma-ust qo‘yish
mumkin bo‘lgan to‘g‘ri chiziq sifatida tushunish. Yassi shakllarning
simmatriya o‘qini aniqlash va chizish.
d) Turli yassi shakllar va fazoviy jismlar (parallelepiped, kub, shar) ni
tasavvur qilish, tanish va nomlash;
e)
Ko‘pyoq, to‘g‘ri burchakli parallelepiped, kub kabi sodda fazoviy
shakllarning modellari va elementlarini aniqlash, chizmada bo‘yash,
nomlash;
f) Tevarak atrofdagi sodda obyektlarni geometrik shakllar modellari bilan
bog
‘lash, ayrim elementlarini o‘lchash va chamalash.
4.
GO‘.3
a) Burchakni ikki nur umumiy uchga ega b
o‘lganda hosil bo‘ladigan
geometrik shakl sifatida tushunish va uni o‘lchash;
b)
Burchak kattaligi, markazi nurlarning umumiy uchida bo‘lgan aylana yoyi
bilan ani
qlanishi va nurlar aylanani kesib o‘tgan nuqtalar o‘rtasidagi
aylana yoyi bilan o‘lchanishini bilish. Aylananing 1/360 qismidan o‘tuvchi
burchak “bir gradusli burchak” deyilishi va undan burchaklarni o‘lchashda
foydalanishni bilish;
c) n ta bir gradusli bur
chakdan hosil bo‘lgan burchak n gradusli burchak
kattaligiga ega ekanligini tasavvur etish;
d) Trans
portir yordamida burchaklarni butun sonli graduslarda o‘lchash.
Belgilangan o‘lchamdagi burchaklarni chizish.
e)
Burchak kattaligini additiv o‘lcham, deb tushunish. Agar burchak ustma-
ust tushmaydigan qismlarga ajratilsa, butun qismning burchak kattaligi
qism
larning burchak kattaliklari yig‘indisiga tengligini bilish. Hayotiy va
matematik masalalarda diagrammadagi noma’lum burchaklarni topish
uchun qo‘shish va ayirishga doir masalalarni, masalan, noma’lum
burchak o‘lchami belgisi bo‘lgan tenglamadan foydalanish orqali yechish;
f)
Koordinata boshi, koordinata o‘qlari, koordinata burchagi, nuqtaning
koordinatalari kabi atamalardan foydalanib, koordinata to‘rini tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: |