1 umumiy o ‘rta ta’limning milliy o‘ quv dasturi loyihasi



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/121
Sana06.07.2022
Hajmi1,08 Mb.
#749653
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   121
Bog'liq
55bf43f223e048bfe0dfcc3f607b2e78

3. 
GO‘
 
GEOMETRIYA VA O‘LCHASHLAR
3. 
GO‘.1 
a) 
Turli yassi shakllarning (masalan, romblar, to‘g‘ri to‘rtburchaklar va 
boshqalar) ayrim xossalar
i (masalan, to‘rtta tomonga ega bo‘lishi) bir xil 
bo‘lishi mumkinligini va bir xil xossalar shakllarning kattaroq toifalarni 
belgilashi mumkinligini tushunish (masalan, to‘rtburchaklar). To‘g‘ri 
to‘rtburchaklarga misollar sifatida romblar, to‘g‘ri to‘rtburchaklar va 
kvadratlarni keltirish va ushbu toifalardan birontasiga tegishli bo‘lmagan 
to‘rtburchaklarga misollar chizish. 
b) 
Shakllarni teng yuzga ega qismlarga bo‘lish. Har bir qismni surati 1 ga 
teng bo‘lgan kasr sifatida ifodalash. Masalan, shaklni 4 ta teng yuzli 
qismga bo‘lish va har bir qismning yuzi shakl yuzining 1/4 qismi sifatida 
ifodalash. 
c) 
o‘lchamlari ma’lum bo‘lgan yassi geometrik shakllarni (kesma, nur, to‘g‘ri 
chiziq, doira) chizg‘ich, sirkul yordamida katakli qog‘ozga chizish, ularni 
qog‘oz, sim, plastilin va h.k. lar yordamida modellashtirish, kesma va 
doirani teng bo‘laklarga bo‘lish; 
d) parall
el va perpendikulyar to‘g‘ri chiziqlar haqida tasavvurga ega bo‘lish. 
3. 
GO‘.2 
a) 
Yuzni yassi shakllarning xossasi sifatida bilish va yuzni o‘lchash 
tushunchalarini anglash; 
b) 
“Birlik kvadrat”, deb nomlanadigan uzunligi 1 birlikka teng bo‘lgan 
tomonga ega bo‘lgan kvadrat “bir kvadrat birlik” deb ataladi va undan 
yuzni o‘lchash uchun foydalanish mumkinligini anglash. 
Лойиҳа


32 
umumiy o
‘rta ta’limning milliy o‘
quv dasturi loyihasi 
c) 
n ta birlik kvadrat bilan bo‘shliq qoldirmasdan va ustma-ust 
tushmaydigan qilib qoplanadigan yassi shakl yuzi n kvadrat birlikka 
tengligini anglash; 
d) Birlik kvadratlar (kvadrat sm, kvadrat metr va boshqa birliklar) yordamida 
yuzlarni o‘lchash;
e) 
Yuz bilan ko‘paytirish va qo‘shish amallari o‘rtasidagi bog‘liqlikni 
aniqlash; 
f) 
Sonlar bilan ifodalangan tomon uzunliklariga ega to‘g‘ri to‘rtburchakni 
qismlar
ga bo‘lish orqali uning yuzini aniqlash hamda uning yuzi tomon 
uzunliklarining ko‘paytmasiga tengligini ko‘rsatish; 
g) Hayotiy va matematik masalalarni yechishda sonlar bilan ifodalangan 
tomon uzunliklariga ega to‘g‘ri to‘rtburchaklarning yuzini topish uchun 
tomonlar uzunliklarini ko‘paytirish va sonlar ko‘paytmasini matematik 
asoslashda to‘g‘ri to‘rtburchak yuzi sifatida ifodalash; 
h) Muayyan holatda sonlar bilan ifodalangan tomonlar uzunliklari a va b+c 
bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak yuzi a × b va a × c ning yig‘indisiga tengligini 
ko‘rsatish uchun qismlarga ajratish usulidan foydalanish, ko‘paytirish va 
qo‘shish amallariga nisbatan distributivlik xossasini matematik asoslash 
va namoyon etish uchun yuz modellaridan foydalanish. 
i) Yuzning additivligini tushunish. Hayotiy masalalarni yechish uchun ushbu 
usulni qo‘llab, tegishli shakllarning yuzini ularni ustma-ust tushmaydigan 
to‘g‘ri to‘rtburchaklarga bo‘lish va ustma-ust tushmaydigan qismlar 
yuzlarini qo‘shish orqali aniqlash; 
j) 
Geometrik o‘lchashlar: perimetrni yassi shakllarning xossasi sifatida olish 
hamda uzunlik va yuz o‘lchamlarini farqlash;
k) 
Ko‘pburchaklarning perimetrlari ishtirokidagi hayotiy va matematik 
masalalarni yechish. Jumladan, tomonlar uzunliklari berilganda 
perimetrni topish, tomonlarning noma’lum uzunligini topish va bir xil 
perimetrga va turli yuzlarga ega yoki bir xil yuzga va turli perimetrlarga 
ega to‘g‘ri to‘rtburchaklarni namoyish etish;
l) berilga
n gradusli burchaklarni transportir yordamida o‘lchash, shakllarni 
burchak simmetriyasi asosida burish; 
m) 
real obektlarni geometrik shakllar modellari bilan bog‘lay olish. 

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish