Mufassal izlanishlar bosqichida birlashgan bu izlanishlar ko’pincha loyihalashni - texnik loyiha va ishchi chizmalar - qo’llashda bajariladi. Ularni maqsadi xar bir bino va inshoot uchun loyiha topshirig’i bosqichida (boshlang’ich tadqiqotlar) olingan muhandislik - geologik ma’lumotlarni mufasallashtirish va aniqlashtirishdir. Ikkinchi darajali ob’yektlarni loyihalash uchun boshlang’ich tadqiqotlarni materiallari yetarli bo’ladi. Aniqlashtirish maqsadida ba’zan bir ikkita qo’shimcha burg’ilash qudug’i o’tiladi.
Bu bosqichda razvedka lahmlari va tajriba ishlari asosiy xisoblanadi. Razvedka lahmlari fundamentni joylashuviga bog’liq ravishda perimetr yoki binoni o’qlari bo’yicha joylashtiriladi. Lahmlar soni bir qator omillarga bog’liq, shu jumladan binoni qavatliligi va maydonchani geologik tuzilishini murakkabligidir.
Razvedka lahmlarini chuqurligi geologik tuzilishni xususiyatlari va murakkabligiga bog’liq. Qoyali jinslar katta bo’lmagan chuqurlikda yotganda laxmlar chuqurligi 0,5 - 1m bo’lishi va bu jinslarga kirishi kerak. Qurilish maydonchasi mustaxkam jinslardan (chillar, suglinkalar) iborat bir jinsli qatlam bo’lganda laxmlarni chuqurligi fundamentni kengligidan 1,5-2 marta katta, ammo 6-8m dan kam bo’lmasligi kerak. Yanada murakkabroq sharoitlarni ularni chuqurligi 20-25 m va undan qo’lga yetkaziladi.
Suvli qumlar, ilva x.k. lar tarqalgan uchastkalarda quduqlar ularga yetib borishi va ishonchli asos bo’lishi mumkin bo’lgan jinslarga 2-3 m ga kirishi kerak.
4)Alohida binolar uchun muxandislik-geologik izlanishlar
Alohida binolar qurilishi uchun muhandislik - geologik ishlar, odatda, loyiha topshirig’i va ishchi chizmalar bilan bir vaqtda, ya’ni bir bosqichda olib boriladi. Bunda cheklangan maydoncha o’rganiladi. Unda o’tkaziladigan ishlar hajmi muxandislik - geologik sharoitlarni murakkabligiga bog’liq, ular uch toifaga bo’linadi:
toifa – geologiyasi oddiy uchastkalar: qatlamlar gorizontal yotadi; gruntlarni ko’tarish qobilyati yetarlicha; fundament ostidagi grunt suvlari faol zonadan pastda yotadi; to’kma gruntlar qalinligi 2 m dan oshmaydi.
toifa – o’rtacha murakkablikdagi geologik uchastkalar: qatlam 3-4 ta litologik har xil qatlamchalardan iborat; grunt suvlari faol zonada yotadi; to’kma gruntlar qalinligi - 3 - 4 mni tashkil qiladi.
toifa – geologiyasi murakkab uchastkalar: rel’yef o’zgaruvchan yerlarda joylashgan 4 mdan ko’p qatlamli kesim; qatlamlarni yotishi burmalangan; buzilgan; grunt suvlari fundament ostidan yuqorida yotadi; faol zona il, torf turidagi gruntlarga ega; to’kma gruntlar qalinligi 4 m dan ortiq; uchastkada tabiiy geologik xodisalar rivojlangan.
Muhandislik - geologik ishlar odatdagi tartibda bajariladi. Ishlarni farqi bo’lajak baland binolar (9 qavatdan yuqori) maydonida gruntlar tajribaviy bosimlar bilan o’rganiladi. Xulosa yozishda qo’shni bo’lgan o’xshash geologik sharoitli uchastkalarda binolar qurilishi, ekspluatatsiyasi tajribalarini umumlashtirishga ham katta ahamiyat beriladi.
Binolarni ustiga qurish, qayta qurish, binoni etajlarini o’zgartirishda muhandislik - geologik ishlar binoni qisman yoki to’liq qayta qurish loyihasini ishlab chiqish uchun o’tkaziladi. Bunday ishlar ko’pincha shaharlarni eski rayonlarini binolarini qavatini oshirish uchun bajariladi.
Hamma ishlar bir bosqichda o’tkaziladi, ular loyiha topshirig’i va ishchi chizmalar bosqichlariga bo’linmaydi. Quruvchilar qo’shimcha qavatlar qurish mumkinligini aniqlash maqsadida bino instruktsiyasini o’rganadilar, muhandisgeologlar esa asos gruntlarini o’rganish bilan shug’ullanadilar.
Agar binoni loyihasi va avvalgi muhandis-geologik izlanishlarni materiallari saqlanib qolgan bo’lsa, unda ishlar xajmli minimal bo’ladi. Bunda laboratoriya analizlari uchun monolitlar olish va bino holatini tekshirish yetarli bo’ladi. Agar bu materiallar saqlanmagan bo’lsa, unda muhandislik - geologik ishlarni to’liq hajmi bajarilishi kerak.
Muhandislik - geologik tadqiqotlarni to’liq hajmi tarkibiga ushbu hudud yoki qo’shni uchastkalar bo’yicha geologik va gidrogeologik materiallarni o’rganish, maydonni geologik buzilishini, grunt suvlarini, muhandis-geologik jarayonlarni va tabiiy geologik xodisalarni chuqurligi va holati, podvallar (yerto’lalar) devorlari, gidroizolyatsiya, drenaj konstruktsiyalari va x.k. aniqlanadi.
Hamma geologik masalalarini yechish uchun razvedka lahmlari ishlatiladi. Lahmlar soni va ularni chuqurligi binolar o’lchami, hamda uchastkani geologik tuzilishini murakkabligiga bog’liq ravishda belgilanadi. Bino o’lchami seksiyalar soni bo’yicha baholanadi (seksiya – binoni 30 m dan ortiq bo’lmagan uzunlikdagi qismi). 1-2 ta seksiya bo’lganda 4 ta quduq qaziladi, 3-4 ta seksiyada 4-6 ta quduq, 4 tadan ko’p seksiyada 8 ta quduq. Shurflar soni ham seksiya sonidan belgilanadi: 1 seksiya - 3 ta shurf, 2 seksiya -5 ta shurf, 3-4 seksiyaga - 7 ta, 4 tadan ko’p seksiya - 10 ta shurf. Lahmlarni ko’rsatilgan soni oddiy geologik tuzilishli uchastkalar uchun kamaytirilishi mumkin. Quduqlarni chuqurligi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |