O’QITUVChINING ISh STOLI
Sinfning o’ng tomonida oyna yonida o’qituvchining ish stoli o’rnatilgan bo’lishi kerak. Ish stoli turli hujjat, ko’llanma va daftarlarni tartibli joylashishi uchun kulay bo’lishi lozim. Stol ustiga kompyuter va uning qurilmalari o’rnatiladi.
SINF DOSKASI
Doska yashil yoki jigar rang, ochib yopiladigan, yuqori qismi taxta supadan 2 m balandlikda bo’lishi kerak. Sinf doskasining ostki qismi bo’r kukuni tushmasligi uchun tarnov shaklida bo’li-shi lozim. Doskaning ustiga butun uzunligi bo’yicha diametri 20 mm quvur tortilgan bo’lib, unga maxsus ilgichlar o’rnatiladi. Bu ilmoqlarga dars jarayonida foydalanish uchun jadvallar, rasmlarni osish mumkin.
Sinf doskasining yon tomonida yoki tagida ustidan ochiladigan, devorga mustahkamlanadigan taxtali shkaf o’rnatilishi mumkin. Uning ichida ko’rgazmali qurollar, plakatlarni osish uchun qulay ilmoqlar o’rnatilgan bo’lishi kerak. Bunday shkaflardan foydalanish dars davomida o’qituvchi uchun qulaylik yaratadi.
FAN XONASIDAGI KO’RGAZMALI VOSITALAR
VA QO’LLANMALAR
(Ko’rgazmali ko’llanmalar ro’yxati va stendlar tavsifi)
Ko’rgazmali manbalar har bir dars mavzusi uchun buklanmaydigan, yaltiroq kartonda sifatli ishlangan bo’lishi kerak. Nostandart ko’rgazmali kurollar, ya’ni, o’qituvchi tomonidan tayyorlangan yoki iqtidorli o’quvchilar yordamida ijodiy yaratilgan ko’rgazmalar, tarqatma materiallar hamda didaktik vositalarni joylashtirish uchun maxsus oyna-band shkaflar bo’lishi tavsiya etiladi.
Sinf xonasidagi stendlar mazmuni, umuman, har bir jihoz ko’rinishi o’qituvchi hamda o’quvchini ma’naviy mushohada qilishga, mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanishga yo’naltira oladigan bo’lishi lozim. Jumladan, mazkur xonada aks ettirilishi kerak bo’lgan stendlardan birining nomi "Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir" deb ataladi. Stendda "Vatan" tushunchasi naqadar keng va ulug’, tuganmas va qudratli ekanligi ifodalanishi lozim.
Vatan bu kishining tug’ilib o’sgan yurtigina emas, balki kishining iymoni, vijdoni, tili, dini, qolaversa, o’zligidir. Ana shu boqiy tushunchalar negizida mamlakatimizdagi ko’hna va navqiron shaharlar bo’lmish Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xivaning ta’rif-tavsifini keltirib o’tish o’rinlidir. Bundan tashqari, jihozlarda Milliy istiqlol mafkurasining bosh g’oyasini ifodalash joiz bo’lib, unda O’zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo’lidagi bosh g’oyasi - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish ekani, bu g’oya xalqimizning azaliy ezgu intilishlari, bunyodkorlik faoliyatining ma’no-mazmunini belgilashi o’z ifodasini topishi lozim. Ushbu g’oyada "ozodlik" tushunchasining ustuvor va etakchi o’rinda turishi, mustaqillik kelajagimiz asosi ekanligini ta’riflash maqsadga muvofiqdir.
"Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari" fani xonasida O’zbekistonning mustaqil davlat sifatida tan olingani, (1991 yil 31 avgust), O’zbekiston Respublikasi haritasi, xonaning o’ng tomonida esa O’zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi, Bayrog’i, Madhiyasi hamda O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi o’z ifodasini topmog’i lozim. Shuningdek, respublikamiz Prezidentining surati, tarjimai holi, asarlari, so’zlagan ma’ruzalari, matbuot materiallari, ma’naviyatga daxldor asarlari joy olmog’i zarur.
"Oila - ma’naviyat asosi" yoki "Ustoz - shogirdlik - Buyuk qadriyat" kabi stendlarda oilada ota-onaga hurmat, farzandlik burchi, maktab va jamoatchilik hamkorligi, oilaviy an’analar, ustoz va shogirdlik munosabatlari, ustozlar sulolasi kabi tasvirlar namunasining joy olishi alohida ahamiyatga egadir.
Fan xonasini milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalari "Vatan ravnaqi", "Yurt tinchligi", "Xalq farovonligi", "Komil inson", "Ijtimoiy hamkorlik", "Millatlararo totuvlik", "Dinlararo bag’rikenglik" kabi tushunchalar va ularning ma’no-mohiyatini xalqimizning, Shuningdek, yoshlar qalbi va ongiga singdirishga oid stendlar bilan jihozlash lozim. Sinfni jihozlash uchun tavsiya etilayotgan stend "Vatan yagonadir, Vatan bittadir" deb nomlanadi. Aslida, bu mavzu yuqorida keltirilgan g’oyaning uzviy davomi bo’lib, unda O’zbekiston dunyodagi yagona Vatan ekanligi, uning tanho va muqaddas, betakror go’sha ekanligi, Vatanni ko’z qorachigidek asrash va unga sodiq qolish, mamlakatimiz har bir fuqarosining burchi ekani kabi tushunchalar aks etishi lozim.
Ko’rgazmali vosita sifatida tayyorlangan milliy ma’naviyatimizning zabardast vaqillari siymolari aks ettirilgan suratlar majmuasi, jumladan, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, tariqat va fikr ilmining asoschilari At-Termiziy, Bahovuddin Naqshbandiy, Najmiddin Kubro, Rumiy, Ahmad Yassaviy Shuningdek, ularning ma’naviy meroslaridan namunalar, hadisi-shariflardan keltirilgan durdona fikrlari yoritilgan, ijodiy ravishda tayyorlangan apbomlar hamda bukletlar o’quvchilar dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradi.
Bulardan tashqari, tarixiy milliy qahramonlarimiz To’maris, Shiroq, Spitamen, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur haqida qisqa ma’lumotlar, suratlari aks etgan tasviriy ko’rgazmalardan dars jarayonida foydalanish o’quvchilar bilim samaradorligini oshirishda alohida ahamiyatga egadir. Istiqlol uchun kurashgan Behbudiy, Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat kabi adib va olimlarning suratlari, ijodiy faoliyatlari aks ettirilgan ko’rgazmalar esa o’quvchilarning yurtimiz tarixi va buguni haqidagi tasavvurlarini kengaytiradi.
Dars jarayonida foydalanish uchun quyidagi maxsus tayyorlangan illyustrativ-tasviriy ko’rgazmalar, ko’rgazmalilikni texnik namoyish qilish manbalarining taxminiy ro’yxati ilova qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |