1. Ulushlаr bilаn tаnishtirishgа dоir dаrs bo‘lаgini ishlаb chiqing



Download 11,75 Kb.
Sana26.08.2021
Hajmi11,75 Kb.
#155862
Bog'liq
1-topshiriq. MO'M


  1. Topshiriq

1. Ulushlаr bilаn tаnishtirishgа dоir dаrs bo‘lаgini ishlаb chiqing. 

«Ulushlar» mavzusida shakllarni teng boʻlaklarga boʻlish asosida ulushlarni taqqoslash ham tushuntiriladi. Masalan, oʻqituvchi 5 ta bir xil toʻgʻri toʻrtburchakli qogʻozdan yoʻlakchali qilib qirqishni taklif qiladi. Bu yoʻlakchani birinchisini teng ikkiga, ikkinchisini teng toʻrtga boʻlib, ularni ustma - ust qoʻyish asosida har bir teng boʻlaklarni taqqoslaydi. Unda 1/2>1/4, 14>1/8, 1/3>1/6 kabi ekanligiga ishonch hosil qiladilar. 3-sinfda sonning ulushini topishni amaliy masalalardan boshlash kerak. Masalan: uzunligi 12sm boʻlgan qogʻoz yoʻlakchani olib uni ikkiga buklash topshiriladi. Yoʻlakchaning yarmi necha sm? 12/2=6 sm. Endi yoʻlakchani yana ikki boʻklab toʻrt qismga boʻladi. Yoʻlakchani qanday qismi hosil boʻladi va uning uzunligi qancha? Javob: 12:4=3 sm 1/4 qism. Bu chizgich yordamida ham oʻlchab koʻriladi.
2. Тurli figurаlаrni tеng bo‘lаklаrgа bo‘lish hоlаtlаrini аsоslаng. 

masalalarni yechayotganda chizmadan foydalanish yetarli son kesma orqali tasvirlanadi, u berilgan sondagi teng boʻlaklarga boʻlinadi, ulushi belgilanadi, sungra yechishni ogʻzaki yoki yozma bajaradi. Masalan: 1/2 mda, 1/4 m da, 1/5 m da necha sm bor ? 2.1/2 soatda, 1/6 soatda necha minut bor? Vaqt oʻlchovlarini oʻrganayotganda nima uchun «bir yarim», «chorak kam 10» deb aytilishini tushuntirish Aksincha sonning ulushiga qarab sonning oʻzini topishda ham katta e’tibor beriladi. Masalan, «Tu-104» samolyot 1/3 minutda 5 km uchadi. 1 minutda necha km uchadi? 1/3 kismi 5 km boʻlgan son necha? 5*3=15 km


3. Kаsrlаrni o‘rgаnishgа dоir mаsаlаlаr tuzing.

Masala: Daftar 24 betlik, oʻquvchi daftarning 5/8 qismini toʻldiradi. Necha bet yozilmay qoldi? Masala shartining qisqacha yozuvi quyidagicha:


Bor edi-24 bet
Yozildi-5/8 qismi
Qoldi-?
Yechish. Masalani yechishda kesma tasviridan foydalanamiz. Kesmani 24 bet deb olib uni 8 ta teng boʻlamiz va uning 5 qismini ajratamiz
1) 24:8=3 bet 5 qismi
2) 3*5=15 bet
3) 24-15=9 bet yozilmaydi. 24 bet
Umumiy ifoda koʻrinishida 24-24:8*5=9 bet.
4.Маtеmаtik mаsаlаlаr yеchishning o‘rni vа аhаmiyati nimаdаn ibоrаt? 

Matematik masalalar echish matematika o`qitishning muhim tarkibiy qismidir. Masalalar echmasdan matematikani o`zlashtirishni tasavvur ham etib bo`lmaydi. Matematikada masalalar echishning nazariyasini amaliyotga tadbiq qilishning muhim yo`lidir. Masalalar echishning boshlang’ich sinflarda o`rganiladigan u yoki bu nazariy materiallarni o`zlashtirish jarayonida muhim rolni va o`quvchilarni fikrlash qobilyatlarini o`stiradi muhim ro`l o`ynaydi. Masalalar amaliy ishlar sistemasi asosida tuziladi. Bu degan so`z har bir yangi tushunchani tarkib toptirish har doim bu tushuncha ahamiyatini tushuntirishga yordam beradigan uning qo`llanishini talab qiladigan u yoki bu masalani echish bilan amalga oshadi.

Arifmetik amallarning mazmunini amallar orasidagi bog’lanishlarni amal komponentlari bilan natijalar orasidagi ochib berishda, har xil miqdorlar orasidagi bog’lanishlar bilan tanishishda mos sodda masalalardan foydalaniladi. Sodda masalalar o`quvchilarda murakkab masalalarni echish uchun zarur, bo`ladigan bilimlar malakalar va ko`nikmalarni tarkib toptirish uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Masalalar bolalarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning foydali vositasi bo`lib odatda o`z ichiga ayrim bilimlarni oladi. Bu bilimlarni qidirish masala echuvchidan analiz va sintezga mustaqil murojaat qilish faktlarni taqqoslash, umumlashtirish va hokazolarni talab qiladi. Bilishning bu usullarini o`rgatish matematika o`qitishning muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi. Masalalarni echishda predmetga bo`lgan qiziqish rivojlanadi, umuman mustaqillik erkinlik, talabchanlik, mehnatsevarlik, maqsadga intilishlik rivojlanadi.O`quvchilarga tarbiya berishda ham hayotiy masalalar fikr doiralarni kengaytirishga yordam beradi. Masalalar ustida ishla ekan sistemali ravishda va rejali asosda o`quvchilarning xususiy malakalarini takomillashtirishga olib keladi.

Masala ustida ishlash uning mazmunini o`zlashtirishdan boshlanadi. O`quvchilar hali o`qish malakasiga ega bo`lmagan dastlabki vaqtlarda ularni o`qituvchi o`qib beradigan masala matnini tinglashga shartning muhim elementlarini tovush chiqarib ajratishga o`rganish kerak shundan keyin masala shartini yaxshiroq o`zlashtirish maqsadida, har bir o`quvchi masala matniini tinglashga va masalani mustaqil o`qib chiqishi zarur. Buning uchun ularga masalani oldin ovoz chiqarmay o`qishni so`ngra esa tovush chiqarib ifodali o`qishni taklif qilish kerak.


5.O‘quvchilаr  mаsаlаlаr  yеchishdа  qаndаy  mаlаkаlаrni  egаllаshlаri kеrаk Masala ustida ishlash uning mazmunini o`zlashtirishdan boshlanadi. Masala mazmunini yaxshi tushunish uchun o`quvchilarni har biriga uning matnini eshittiribgina qolmay, balki uni mustaqil o`qib chiqishlari ham kerak.Agar masala sharti bosh qotiradigan bo`lsa o`quvchilarga masala mazmunini mustaqil o`yiab ko`rishlari uchun bir-uch minut vaqt berish maqsadiga muvofiqdir. Masala matni ustida ishlaganda o`quvchilarning diqqat e‘tiborini awalo masala matnidagi har bir so`z va har bir son mazmuniga qaratish lozim, masalada tasvirlanayotgan manzarani joyni tasavvur qilishiga yordam berish kerak, masala matn ustida og’zaki ishlagandan keyin masala mazmuni matematik atamalar tiliga o`tkazish va uning matematik tuzilishini qisqa yozuv (sxema, chizma, jadval) shakllarida ifodalash kerak. O`quvchilarda ikkinchi sinfda birinchi sinfdagi kabi yangi masalalar bilan tanishtirishda yoki murakkab masalarni echishda to`la pridmet ko`rsatmalikda sekin -asta to`liq bo`lmagan ko`rsatmalikka o`tiladi. Masala sharti murakkab berilganlar orasidagi bog’lanishlarni tahlil qilish qiyin bo`lganda shunigdek yangi tipdagi masalalarni echishda qisqa yozishdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Sodda masalani echishda amal tanlash masalasiga to`xtalib o`tamiz. Bu malaka 1-sinfda shakllantirib boriladi, o`quvchilarning 2-yilda shakllantirish yana davom ettiriladi. Sodda masalalarni arifmetik, arifmetik ham algebrik usul bilan echish mumkin. Sodda masala arifmetik usul bilan echilganda ifoda tuzib uning qiymati topiladi.




Download 11,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish