1. Ulug'ova Zulxumor Nosirovna ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Mavzu: Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lponning " Kecha va kunduz" romanida xotin qizlar taqdiri"



Download 20,92 Kb.
bet1/2
Sana23.03.2022
Hajmi20,92 Kb.
#506986
  1   2
Bog'liq
ZULXUMOR KECHA VA KUNDUZ


1. Ulug'ova Zulxumor Nosirovna ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi
Mavzu: Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lponning " Kecha va kunduz" romanida xotin - qizlar taqdiri"

2. Odilova Hilola Shermatovna ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi
Mavzu: " Xalq qo'shiqlari orqali o'quvchilarga milliy qadiryatlarni singdirish"
3. Bilyalova Ozoda Pirmatocna boshlang'ich sinf o'qituvchisi
Mavzu: " Boshlang'ich sinflarda o'quvchilarni chiroyli yozuvlarga o'rgatish"


CHo'lponning “Kecha va kunduz” romani 1934 yilda yozib tugatilgan. Uning birinchi bobi 1935 yili “Sovet adabiyoti” jurnalining yanvar` sonida “Konkursga kelgan materiallar” ruknida “Hamal keldi — amal keldi” sarlavhasi bilan chop etilgan.

Roman aslida ikki kitobga mo'ljallangani aytiladi. Uning “Kecha” deb nomlangan birinchi kitobi 1933-1934 yillarda yozib bitirilgan, 1936 yilda kitob holida bosilib chiqqan. Birinchi kitobda tasvirlangan voqealar 1910-1916 yillar oralig'ida ro'y beradi. Unda Birinchi jahon urushi arafasi va urush davridagi Turkiston xalqlarining og'ir, ayanchli turmushi, milliy uyg'onish jarayonining boshlanishi to'g'risida hikoya qilinadi. Roman hali bosilib chiqmasdan turib, O'zbekiston SSR tashkil etilganligining 10 yilligiga (1934 yilda) bag'ishlangan tanlovda rag'batlantiruvchi mukofotga sazovor bo'lgan. O'zbekiston Qahramoni, professor Ozod SHarafiddinovning yozishicha, romanning “Kunduz” deb atalgan ikkinchi kitobi yozilgan bo'lsa ham bizgacha etib kelmagan.

Kecha va kunduz” romanida adib ­o'zbek xalqining XX asr boshlaridagi hayotini badiiy gavdalantirishni maqsad qilib qo'ygan va bunga to'la erishgan — u Turkistonning zulmga, jaholatga, adolatsizlik va haqsizlikka to'la hayotini ochib bergan. “Kecha va kunduz” Turkistonning tarixiy taqdirini badiiy ifodalagan asardir.



CHo'lpon dramaturg sifatida ham salmoqli ijod qilgan. Uning “Xalil farang”, “CHo'rining isyoni” kabi kichik p`esalari, “O'rtoq Qarshiboev”, mushtumzo'r” kabi etuk dramalari hamda ko'p vaqt sahnadan tushmagan “YOrqinoy” p`esasi mashhur bo'lgan. SHuningdek, rus yozuvchisi V.YAn bilan hamkorlikda “Hujum” dramasini yaratgan.

CHo'lpon adabiy tanqid sohasida “SHo'ro hukumati va sadoi nafisa”, “Adabiyot nedur?” kabi mazmunli maqolalar ham yozgan. SHuningdek, CHo'lpon mohir tarjimon sifatida M.Gor`kiyning “Ona”, A.S.Pushkinning “Dubrovskiy” qissasi va “Boris Godunov” kabi p`esalari hamda V.SHekspirning mashhur “Hamlet”ini o'zbekchaga o'girgan.

Afsuski, CHo'lpon ham xalqimizning boshqa ko'pgina asl farzandlari kabi Stalin qatag'onining qurboni bo'ldi. O'tgan asrning 30-yillaridagi ijodiy muhit dahshatli edi. Ammo ayrim yozuvchilar uning qutqusiga uchib, e'tiqodlariga xiyonat qilganlari, imondan voz kechganlari yo'q. Ular orasida CHo'lpon ham bor edi. “Kecha va kunduz” romani bosilgach, ko'p o'tmay – 1937 yil 14 iyul` kuni CHo'lpon qamoqqa olinadi. Hech qanday dalil-isbot bo'lmasa-da, unga “xalq dushmani”, “millatchi”, “aksilsho'roviy” kabi ayblar qo'yilib, bir yillik dahshatli qiynoqlardan keyin 1938 yil 4 oktyabr` kuni otib tashlanadi. Uning asarlarini nashr etish, nashr etilganlarini o'qish va, umuman, CHo'lpon nomini tilga olish qat'iyan taqiqlandi.

Bu ahvol 1956 yilgacha davom etadi. Stalin shaxsiga sig'inish fosh qilingandan so'ng CHo'lpon SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasi tomonidan butunlay oqlanadi. Ammo shundan keyin ham yana 30 yil mobaynida uning asarlari nashr qilinmadi, ijodi o'rganilmadi, uni adabiyotdagi o'z o'rniga qaytarish ishi paysalga solib kelindi. Negaki, hamon hukmronlik qilishda davom etgan kommunistik partiya CHo'lponni va unga o'xshagan Fitrat, Usmon Nosir, Habib Abdulla (yana qanchadan-qancha umri fojialar ichida kechgan buyuklar nomini eslash mumkin)larni o'zining ashaddiy mafkuraviy dushmani deb bilar va ulardan o'tdan qo'rqqandek qo'rqardi. Faqat oshkoralik shabadalari esa boshlagandan keyin va, ayniqsa, O'zbekiston milliy mustaqillikka erishgandan so'nggina CHo'lponga nisbatan qilingan adolatsizlik barham topa boshladi.

Qisqa muddatda uning “Bahorni sog'indim”, “YAna oldim sozimni”, “Adabiyot nedur?” nomli kitoblari, uch jildlik saylanma asarlari bosildi, teatr sahnalarida dramalari qo'yila boshlandi. “Kecha va kunduz” romani asosida videofil`m yaratildi, shoir to'g'risida turli-tuman maqolalar va risolalar e'lon qilindi, uning hayoti va ijodini yorituvchi hujjatli fil`m dunyoga keldi, muntazam bo'lmasa-da, CHo'lpon kunlari o'tkazila boshlandi, ijodi bo'yicha dissertatsiyalar ­yoqlandi.

AQSH fuqarosi, tarjimon Kristofer Fort o'zbekning jasoratli shoiri va yozuvchisi Abdulhamid Sulaymon o'g'li CHo'lponning “Kecha va kunduz” (“Night and Day”) asarini ingliz tiliga tarjima qilganligi e'tiborga loyiq tarixiy voqeadir. Mazkur yangilik yuraklarni iftixorga to'ldiradi. Bu millatimizga bo'lgan hurmat ifodasidir. Mazkur tarjima shoir va buyuk adib CHo'lponning 120 yillik yubileyiga munosib tuhfa bo'lgan edi.

Adibning Fozila (1906), Foiqa (1903) ismli singillari bo'lgan. Foiqaxonning o'g'li, ya'ni shoirning 1936 yilda tug'ilgan jiyani Nazarali o'g'li Mahmud ota tomonidan CHo'lpon hayoti va ijodi bo'yicha ma'lumotlar to'plandi.

YAna oldim sozimni” kitobi uchun CHo'lponga 1991 yil 25 sentyabrda Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti berildi.



Professor Ozod SHarafiddinov ta'biri bilan aytganda, “CHo'lponni anglash — Vatanni ko'hna Turkistonimizni CHo'lpon ko'zi bilan ko'rib, CHo'lpon yuragi bilan seva bilmoqdir. Bir so'z bilan aytganda, CHo'lpon har bir adabiyot muxlisining yurak mulkiga aylanmog'i shart. Buning uchun esa CHo'lpon merosini yangi tafakkur asosida bag'rikenglik bilan tadqiq etmoq lozim”.


Download 20,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish