15-MAVZU Сhakana savdo tarmog‘ining joylashganligi. Ombor xо‘jaligining joylashganligi va holati
Reja:
1. Ulgurji savdo
2. Xarajatlar tarkibini kuzatib borish, omborlar, ishchilarga keta-digan xarajatlarni tahlil qilish.
Tovarlarni ishlab chiqarilgan joyidan foydalaniladigan joyiga tarqatish (distributsiya) savdo kanalida ishlovchi ulgurji yoki chakana tashkilotlar yoki alohida shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Ishlab chiqaruvchining yangi mahsuloti taklifi bozordagi talabdan yuqori bo‘lsa, distribyutor xizmatidan foydalanadi. Distribyutor funksiyasini ulgurji va chakana savdo tarmoqlari bajarishi mumkin.
Ulgurji savdo – ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasida vositachi bo‘lib, u bir yo‘la ham ishlab chiqaruvchi, ham iste’molchiga xizmat qiladi. Ishlab chiqaruvchi uchun ulgurji savdo foydali bo‘lib, u o‘z bozorini kengaytirish va xarajatlarni kamaytirish imkoniga ega bo‘ladi.
Ulgurji korxonalar quyidagi qoidalarga asoslanib ishlashi kerak:
Bozorlarni chuqur o‘rganish, tovarlar uchun bozorni tanlash.
Xarajatlar tarkibini kuzatib borish, omborlar, ishchilarga keta-digan xarajatlarni tahlil qilish.
Ulgurji savdoni barcha texnologik ketma-ketlikda bajarish, operatsiyalarning daromadliligini nazorat qilish (ulgurji shaklida sotib olish, saqlash, qadoqlash, nav (sort) larga ajratish, sotish).
Sotiladigan mahsulotlarning imiji va brendi shakllanishiga yordam berish.
Ulgurji firmalar bir tomondan o‘zlari uchun alternativ ishlab chiqaruvchilar izlab, yangi-yangi mahsulotlarni sotib olish va sotishni maqsad qilsa, ikkinchi tomondan yangi sotish bozorlarini ham izlaydi, yangi iste’molchilar segmentini tovarlarga jalb qiladi. Ulgurji firmalar bozorlar haqida axborotga ega bo‘lib, korxonalarni iste’molchilar talablari, bozor holati bilan bog‘liq axborotlar bilan ta’minlaydi. Shu bilan birga iste’molchilarni bozor konyunkturasi, yangi tovar haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtiradi.
Ulgurji savdo – tovar va xizmatlar sotilishi bo‘yicha faoliyatlarning hamma turini: qayta sotish maqsadida ularni kim sotib oladi, professional foydalanish yoki biznesda foydalanish kabilarni o‘z ichiga oladi. Ulgurji sotuvchilar ishlab chiqaruvchilarga tovarlarni ko‘plab turli xil savdo korxonalariga va ishlab chiqarish iste’molchilariga samarali yetkazib berish, transportirovka qilish, omborga joylashtirish, moliyalashtirish, tavakkalchilikni qabul qilish, savdoni rag‘batlantirish kabilarda yordam beradi.
Ulgurji savdo funksiyasini quyidagilar amalga oshira oladi: ishlab chiqaruvchining iste’mol bozorida 40 % atrofida ulgurji savdoni ta’minlovchi savdo idorasi yoki filiali, tijorat ulgurji firmalari (50 % atrofida aylanma; agentlar va brokerlar (umumiy ulgurji aylanmaning 10 %).
Savdo idoralari odatda, savdo bozorlari yaqinida joylashadi va tovar zaxiralarini saqlaydi. Filiallar savdo bilan ham, saqlash bilan ham shug‘ullanadi. Savdo idoralari va tayyorlovchi filial orqali ulgurji savdo, agar iste’molchilar geografik jihatdan bir joyga yig‘ilgan va shuningdek, mahalliy ulgurji sotuvchilar bilan kelishish imkoni bo‘lmasa yoki bozor infratuzilmasi rivojlanmagan bo‘lsa, foydali hisolanadi.
Mustaqil ulgurji tijorat tashkilotlari o‘zlari ish olib boradigan hamma tovarlarga mulkchilik huquqini sotib oladi va sotuvdan keladigan foyda hisobiga faoliyat yuritadi. Ulgurji tashkilotlar xizmat ko‘rsatishning to‘liq yoki cheklangan sikliga ega bo‘lganlaridan farqlanadi.
Xizmat ko‘rsatishning to‘liq sikliga ega ulgurji sotuvchilar tovar zaxiralarini saqlash, sotuvchilar bilan ta’minlash, kreditlash, tovarni yetkazib berishni ta’minlash kabi xizmatlarni ko‘rsatadi. O‘z xarakteriga ko‘ra ular ulgurji sotuvchilar yoki ishlab chiqarilgan tovarlarni tayinlangan joyga yetkazib beruvchi distribyutorlardir.
Ulgurji sotuvchilar (dilerlar) asosan, chakana sotuvchilardan farqli ravishda ularga to‘liq xizmat ko‘rsatgan holda iste’mol tovarlarini sotadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |