21
U
mumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
ORGANIZM
– BIOLOGIK TIZIM SIFATIDA
Tirik organizm (bakteriya, zamburug‘, o‘simlik, hayvon) larning
xususiyatlari: oziqlanishi, nafas olishi, ayirishi, moddalar transporti, modda
va energiya almashinuvi, ta'sirlanishi, harakatlanishi,
o‘zini-o‘zi boshqarishi,
o‘z-o‘zini tiklashi, o‘sish va rivojlanishi, ko‘payishi, evolutsiyasini talqin
qiladi.
Organizmlarning jinssiz va jinsiy k
o‘payishini biladi, tushuntiradi.
Ontogenez
– organizmlarning individual rivojlanishi haqida xulosa
chiqaradi.
Odam organizmi: t
o‘qimalar, organlar va organlar sistemasining
tuzilishi va vazifalarini biladi, ahamiyatini tahlil qiladi.
Sog‘lom turmush tarzi, shaxsiy va jamoat gigienasini biladi.
Bakteriya va zamburug‘lar hayotiy jarayonlaridan oziq-ovqat
mahsulotlari, dori-darmonlar tayyorlashda foydalanilishi haqida biladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |