1. tushuntirish qismi kirish bet



Download 64,21 Kb.
bet1/14
Sana03.01.2022
Hajmi64,21 Kb.
#315658
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1. tushuntirish qismi kirish bet



MUNDARIJA

1. TUSHUNTIRISH QISMI - KIRISH.....................................................3-bet

I.BOB. ROMAN JANRI VA O’ZBEK ROMANCHILIGIGA XOS XUSUSIYATLAR

I.1. O. Yoqubovning “Ko’hna dunyo” romanidagi epik tafakkur

omillari …...............................................................................................14-bet

I.2. P. Qodirovning “Yulduzli tunlar” romaniga xos epiklik va tarixiy shaxs talqini.......................................................................................................18-bet

II BOB. O’ZBEK TARIXIY ROMANLARIDA O’TMISH VOQELIGIGA MUNOSABAT MASALASI

II.1. O. Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi” romanidagi voqelik va qahramon ichki ruhiyati...........................................................................................40-bet

II.2. P. Qodirovning “Avlodlar dovoni” romanida tarixiy voqelik va badiiy haqiqat.....................................................................................................51-bet

XULOSA


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………….63-bet

Kirish

Adabiyot inson ruhi va qalbining tarjimoni va ayni chog‘da tarbiyachisi sanaladi. Shu bois ham inson ma’naviy-axloqiy hayoti shaxs kamolotida doimiy ravishda adabiyotga tayanilgan va adabiyotdan foydalanilgan.

Demak, adabiyot shaxs tarbiyasida bosh omil ekan, unda о‘z-о‘zidan har bir xalqqa xos milliy g‘oyalar, milliy ruh aks etishi tabiiy. Shu asosda esa yoshlar, kelajak avlod qalbiga milliy xususiyatlar: an’ana va haqiqatlar, qadriyatlar va e’tiqodlar singdiriladi.Ma’lumki, roman janriga xos bo’lgan asosiy xususiyat unda epik tafakkurning mavjud ekanligidir.

Xo’sh, romanga xos epik tafakkurni yuzaga keltiruvchi omillar nimalardan iborat?

Taniqli tanqidchi U.Normatov bilan yozuvchi O.Yoqubovning roman talabi va imkoniyatlari mavzusiga bag’ishlangan suhbatida (“Sharq yulduzi” 1979 yil, № 9) munaqqid romanga xos tafakkurni ta’minlaydigan omillar “asarda romanbop hodisa, voqea, jiddiy problema, ulkan drama va mukammal, original konsepsiyaga ega bo’lgan qahramonlarning mavjudligidir” – degan fikrni dalilashga harakat qilgan bo’lsa, yozuvchi unga e’tiroz bildirib: “Romanga xos “tafakkur” degan gap asarda romanbop hodisa, voqea,ulkan dramatizmning mavjudligi”da emas, balki, yozuvchining hayot voqealarini ulkan san’atkor – Romanist sifatida idrok etishidadir”, - deydi. Demak, yozuvchi ham, tanqidchi ham romanga xos epik tafakkurni yuzaga keltiruvchi omillar mavjud ekanini to’g’ri va haqqoniy asoslashga harakat qilganlar. Darhaqiqat, katta miqyosdagi epik polotnoda romanbop hodisalar bilan keng miqyosdagi chuqur dramatizmning mavjudligi ham, shu romanbop hodisalarni ulkan san’atkor – romanist sifatida tadqiq etish, idrok qilish ham muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda, romanga xos “tafakkur”ni yaratuvchi omillar bilan birga uni harakatga keltiruvchi kuchlar, vositalar mavjudki, faqat shu omillar va vositalarning uzviyligi natijasidagina epik tafakkurning roman ko’lami bo’ylab harakati yuzaga keladi.

Epik tafakkurni yaratuvchi omillar deganda yozuvchining hayot hodisalarini ulkan sa’natkor – romanist sifatida idrok etish qobiliyatini ham, ana shu qobiliyat natijasida yaratilgan, g’oyaviy – badiiy konsepsiyasi tajassum topgan qahramonlarni ham, romanbop hodisalarning keng ko’lamli tadqiqu tahlilini ham, ijtimoiy – ma’naviy taraqqiyot muammolarini o’zida aks ettirgan chuqur dramatizmning mavjudligini ham nazarda tutamiz. Shu bilan birga, epik tafakkurni harakatga keltiruvchi kuchlar, vositalar sifatida roman janrining formal komponentlari bilan uslubiy komponentlarni, ularning murakkab dialektik birligini ko’zda tutamiz. Chunki, ana shu birlik vujudga asardagina epik tafakkurning roman ko’lami bo’ylab harakati ta’minlanadi.

Demak, romanga xos epik tafakkur uni yaratuvchi omillar bilan harakarga keltiruvchi kuchlarning, vositalarning sintezidan tarkib topib, o’ziga xos funksiyani o’taydi. Agar haqiqiy iste’dod egalari yaratgan yetuk romanlarga e’tibor berilsa, epik tafakkurni yaratuvchi omillar bilan asar g’oyasini chuqur yoritish uchun talab qilingan barcha vositalar uzviy birlikni tashkil etadi. Bunday birlik hosil bo’lgan “nuqta” vazifasini romanning yetakchi qahramoni o’taydi. Epik tafakkur esa asardagi barcha voqealar, fikrlar, tuyg’ular, tafsilotlarni yetakchi qahramon qiyofasida, ruhi, qalbi va aqlida mujassamlashgan mazmunni ochishga yo’naltirib, romandagi fikrlar oqimini umumlashtiruvchi vosita rolini o’ynaydi.

Biz mazkur vosita orqali O. Yoqubov va P. Qodirovlarning tarixiy romanlarini tahlil etmoqchimiz. Bu esa ishimizning dolzarbligini belgilaydi.




Download 64,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish