www.interfinance.uz
3
RiskMetrics tiziminida risklarni boshqarish metodologiyasini ochilishi bo’ldi.
Shunday qilib, moliyaviy risk-menejment sohasidagi birinchi sifatiy yuksalish bozor
riskini baholash, nazorat va boshqarish bilan bog’liq bo’ldi.
Moliyaviy risk-menejmentni rivojlanishining ikkinchi bosqichi 1990-yillarning
ikkinchi yarmiga to’g’ri kelib, kredit riskini baholash va nazorati bilan bog’liq. Bu
yerda ham J.P. Morgan banki o’zining bozor riskini baholash va nazorat metodi bilan
ssuda portfelining kredit riskini baholashi metodini umumlashtirib namoyon qilishi va
1997-yilda bank tomonidan ishlab chiqilgan CreditMetrics tizimi risk qiluvchilarda
bozor va kredit riski oqibatlarini ehtimoliy yoqotishlari ko’rsatkichini integral hisoblab
chiqish imkoniyati paydo bo’ldi. Bu birinchi marta ,moliyaviy risklarda qo’llash
mumkin bo’lgan, integratsiyalashgan risk-menejmenti haqida gapirishga imkon berdi.
Uchinchi bosqich 1990-yillar oxirida boshlandi va yildan-yilga jarayon
rivojlanib bordi. Bu bosqich oldingi bosqichlarga nisbatan, klassik moliyaviy risklarga
emas, bevosita operatsion risklarga aloqadorligi bilan ajralib turadi. Hozirgi vaqtda
moliya bozori qatnashuvchilari operatsion risk baholashga umumiy “operatsion VaR”
kabi, miqodoriy yondoshuv ishlab chiqishga harakat qilmoqdalar. Bu operatsion
risklarni miqdoriy nazorati, moliyaviy risklarni nazorati bilan birgalikda qimmatli
qog’ozlar bozori professional ishtirokchilariga qabul qilinayotgan risklarni to’liq
baholashga erishish imkoniyatini beradi deb hisoblamoqdalar.
Oxirgi 40 yilda moliyaviy risklarni baholashni 4 ta asosiy yo’nalishlarini ajratib
ko’rsatish mumkin, bular:
Sezgirlik tahlili – tashqi omillarning o’zgarishiga sezgirlik tadqiqotini ssenariy
metodi
Tebranuvchanlik (волатильность) tahlili - umumiy ko’rsatkichga nisbatan
kutilgan qiymatning o'zgarish o'lchovini o'rganish;
Negativ risk tahlili (downside risk). VaR metodi boshqa risk tahlili metodlariga
qo’shimcha tarzda qo’llaniladi. Bundan tashqari, LVaR va SaR metodlari ham
mashhur.
Nisbiy tahlil - benchmark bilan taqqoslash orqali riskni ko'rib chiqadi (tanlangan
indeksda).
Ohirgi 25 yilda risklarni boshqarish sohasida revolyutsion o’zgarish sodir bo’ldi:
risk-menejment faqatgina moliyaviy korporatsiyalarda emas, balki iqtisodiyotning
boshqa sektorlarida ham qo’llanila boshlandi. Risklarni boshqarishdagi yangi
paradigmasi, kompaniyalar, holdinglar va iqtisodiyotning butun tarmoqlari risklarini
boshqarishda aniq operatsiya va faoliyat sohalari bo’yicha tor doirada qismli
yondashuvidan kompleks boshqaruvga o’tishni ko’zda tutadi (1-rasm).
1-rasm. Kompaniyalarda risklarni boshqarishning rivojlanishi[7]
Do'stlaringiz bilan baham: |