1. Turli tarixiy davrlarda jamiyatning qanday tarbiyaviy ideallari kuzatilgan?



Download 198,42 Kb.
bet27/43
Sana16.01.2022
Hajmi198,42 Kb.
#374025
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43
Bog'liq
YaN variantlari kasbiy ma'naviyat

23-variant

  1. Shaxsni har tomonlama rivojlantirish vositalarini va ularning mohiyatini ochib bering.

Maolumki, mavjud jamiyatda yashaydigan xar bir shaxs xar tomonlama rivojlangan bo‘lishi lozim, chunki, kishilar ruxiy, maonaviy va jismoniy sifatlarni o‘zida mujassamlashtirgan xolda tuilmaydilar. Bu sifatlarni kamol topishi, o‘sha ijtimoiy sharoitga va mavjud tarbiya tizimiga boliq. Jismoniy tarbiya esa tarbiyaning boshqa tomonlari ichida muximlaridan biridir.

Ijtimoiy muxit xar tomonlama garmonik rivojlanishni, xar doim va xar yerda inson organlari va sistemalarining biologik rivojlanishining ichki talabi tarzida qo‘yadi.

Shuning uchun xam inson tarbiyasida qo‘llaniladigan tarbiyaning xar qanday shakllari jismoniy tarbiya jarayoni bilan ilojsiz bolangandir. Busiz xar tomonlama garmonik tarbiya amalga oshmaydi. Jismoniy tarbiyaning boshqa

tarbiya turlari bilan boliqligini dialektik materialistik falsafa va tabiiy-ilmiy fanlarning ochiq munozarasi, fandagi o‘sha eski baxs xozir xam davom ettirishga urinuvchilar mavjud, ular odam tanasining tashqi ko‘rinishi va uning funksiyasiga tashqi taosir bilan o‘zgartirish kiritish mumkin emas deb tarbiyaning rolini xozir xam inkor etadilar.

Jismoniy tarbiya jarayoni qonuniyatlaridagina xar tomonlama jismonan garmonik rivojlanishini yo‘lga qo‘ya olishni mumkunligi ilmiy asoslangan.

Kishining ruxiy, maonaviy qobiliyatini o‘sishga eng avval o‘sha ijtimoiy sharoit, so‘ngra esa insonnio‘zning muxitni o‘zgartirish yoki o‘sha o‘zgartirish uchun olibborilgan faoliyatni rolp o‘ynashligini I.M. Sechenov va I.P.

Pavlovlarnig tabiiy fanlardagi ilmiy tadqiqotlar orqali allaqachonlar ilmiy va amaliy isbotlangan. Inson organizmining tashqi muxit bilan aloqasida shartli reflekslarning moxiyati katta ekanligini, xam jismoniy, xam psixik faoliyat, bosh miya po‘stloq qismida sodir bo‘ladigan «vaqtli aloqa» orqali sodir bo‘lishligining amaliy isboti shoxidimiz.

Ular taolim va tarbiya jarayonini kishilarda qator “uzun shartli reflekslarni xosil qilish” deb tushuntiradilar.

Jamiyat talabiga muvofiq ravishda, shartli reflekslardagi vaqtli aloqalarini yuzaga keltirish shaxsning faqat maonaviy shakllanishigagina emas, balki jismoniy jixatdan kamolotga erishishiga fiziologik poydevor bo‘lishi mumkinligini isbotladilar.

Shaxsni xar tomonlama rivojlantirish prinsipining jismoniy tarbiya mktaxassisiga qo‘yadigan asosiy talablari:

1. Tarbiyaning turli tomonlarining bir butunligiga erishish. Jismoniy tarbiya orqali erishilgan yuqori natija-ning

o‘zi shaxsni xar tomonlama rivojlanagnligini belgilaydi, deb bo‘lmaydi. Jismoniy sifatlarga qo‘shib aqliy, axloqiy, ruxiy, estetik, va maonaviy sifatlar xam qo‘shib tarbiyalansa, shaxs shundagina ijodiy mexnat va Vatan mudofaasiga tayyor bo‘ladi. Bu talab o‘z navbatida jamiyatimiz aozolarining xal qiluvchi vaqtda, mexnat vaxtasidami, mudofadami, qonuniy demokratik davlatni barpo etishdek sharafli ishlarning barchasida oldinda bo‘ladilar.

2. Keng va umumiy jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lish. Jamiyat aozolarining barcha faoliyatlari maolum maonodagi kasbga, xunarga yo‘naltirilgan bo‘lishi, bunga ayniqsa mexnat va xarbiy faoliyat davomida duch kelamiz.

Xar qanday faoliyatdagi yutuq jismoniy tayyorgarlikka boliq. Armiya safidami yoki mexnat frontidami umumjismoniy tayyorgarligi sust bo‘lganlar qiyinchiliklarga duch keladilar. Jismoniy sifatlar insonda qanchalik yaxshi rivojlangan,

xayot uchun kerakli zarur bo‘lgan xarakat va mexnat malakalari yetarli bo‘lsa, boshqa faoliyatni oson va tez o‘zlashtiriladi. Jismoniy tayyorgarlikni yo‘lga qo‘yish uchun olib borilgan rejali faoliyat xar tomonlama garmonik rivojlantirishning omilidir.


  1. Turli xalq, millatlar madaniyatining o‘zaro ta’siri qanday sodir bo‘ladi?

Madaniyatlar o‘zaro ta’sirining turli darajalari farqlanadi. O‘zaro ta’sirning etnik darajasi mahalliy xalqlar, tarixiy-etnografik, etnokonfessial va boshqa hamjamiyatlar o‘rtasidagi munosabatlarga xosdir. O‘zaro ta’sirning milliy darajasida boshqaruv vazifalari ko‘proq davlatning siyosiy strukturalari tomonidan bajariladi. O‘zaro ta’sirning sivilizatsiya darajasi o‘z-o‘zidan yuz

beradigan tarixiy shakllarga ega bo‘ladi; biroq mazkur darajada ilgari bo‘lgani kabi hozirda ham ma’naviy, badiiy va ilmiy yutuqlarni almashish natijalari ko‘proq ahamiyat kasb etadi.Dunyo mamlakatlari va xalqlarining kundalik muloqot amaliyotida ko‘pincha har uchchala darajaga ham xos bo‘lgan jarayonlar va munosabatlarning kesishishi kuzatiladi. Madaniyatlararo aloqalarda, ayniqsa, ko‘pmillatli davlatlar ichida bir paytning o‘zida etnik tarkibni boshqaradigan ma’muriy-davlat shakllariga ega bo‘lgan va bunday shakllarga ega bo‘lmagan katta va mayda millatlar ishtirok etadi. Bunda son jihatdan ko‘pchilikni tashkil etadigan va madaniy jihatdan shakllangan xalqlar mayda millatlarga nisbatan o‘zaro aloqa

jarayoniga ko‘proq ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shunga ko‘ra, tadqiqotchilar donor-madaniyat (ko‘proq berib, kamroq oladigan) va retsipiyentmadaniyat (asosan qabul qiladigan madaniyat)ga ajratishadi. Tarixiy davrlarning

muayyan bosqichida mazkur rollar o‘zgarishi mumkin. Madaniyatlarning o‘zaro ta’sirida uning strukturasi muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zaro ta’sirning qadimiy va keng tarqalgan shakllaridan biri xo‘jalik texnologiyalari, mutaxassislar almashinuvidir; o‘zaro ta’sirning barqaror shakli davlatlararo munosabatlar, siyosiy va huquqiy aloqalar hisoblanadi. Madaniyatlarning o‘zaro ta’siri natijasida o‘zaro aloqadagi xalqlarning tilida, badiiy yoki diniy amaliyotida, shuningdek, urf-odatlarida o‘zgarishlar yuz berishi mumkin. Madaniyatlar o‘zaro ta’sirining shakllari va tamoyillari farqlanadi. Tarixan

o‘zaro ta’sirning do‘stona, ixtiyoriy (bunday holatlarda o‘zaro aloqa teng hamkorlikka asoslanadi) hamda zo‘rlash, mustamlakaga aylantirish, harbiy yo‘l bilan bosib olishga (bunday holatlarda o‘zaro aloqa bir tomonlama manfaatga asoslanadi) asoslangan shakllari ma’lum. Xalqaro aloqalar amaliyoti alohida ahamiyat kasb etadi. Turli mamlakatlar

orasidagi madaniyatlararo aloqalarni boshqaradigan siyosiy shaklning faoliyatijarayonida maxsus tashkilotlar va uyushmalar (masalan: BMT, YUNESKO) tomonidan maqsadga yo‘naltirilgan o‘zaro aloqalar yo‘lga qo‘yiladi. Madaniyatlararo muloqot mohiyatan maxsus vaziyatdagi shaxslararo kommunikatsiya bo‘lib, u bir ishtirokchi boshqa ishtirokchining madaniy farqini sezganda yuzaga chiqadi. Bunday muloqot turli madaniyatlardagi har qanday insonga xos bo‘lgan farqli umidlar va ishonchlar bilan bog‘liq ko‘plab muammolarni keltirib chiqaradi. Madaniyatlararo muloqot madaniyat farqlari ko‘rinib turgan individlar va guruhlar orasidagi ramziy o‘zaro munosabat jarayoniga asoslanadi. Ushbu farqlarning qabul qilinishi va ularga munosabat bildirilishi muloqotning ko‘rinishi, shakli va natijasiga ta’sir ko‘rsatadi. Madaniyatlararo muloqot jarayoniga madaniyat farqlari bilan birga, muloqotchilarning yoshi, jinsi, kasbi, va ijtimoiy maqomi, shuningdek, uning sabr-bardoshi, uddaburonligi va shaxsiy tajribasi ham ta’sir ko‘rsatadi. Demak, madaniyatlararo muloqot turli madaniyat vakillari orasidagi o‘zaro aloqa, muloqotdir. Madaniyatlararo muloqot kommunikativ aktning farqli madaniyatlarga tegishli bo‘lgan ikki ishtirokchisining o‘zaro bir-birini tushunishidir.


3. Axloqiy madaniyat va kasbiy ma’naviyatning o‘zaro bog‘liqligi.

Davlat va fuqarolik jamiyatidagi aхloqiy yuksaklik darajasini ular fuqarolari aхloqiy madaniyati belgilaydi. Aхloqiy madaniyat shaxsning jamiyat aхloqiy tajribalarini egallashi va bu tajribalardan boshqa odamlar bilan bo’lgan munosabatlarida foydalanishi, o’z - o’zini muntazam takomillashtirib borishi singari jihatlarni o’z ichiga oladi. Qisqasi, u shaxs aхloqiy taraqqiyotining belgisi hisoblanadi. Zero aхloqiy madaniyat aхloqiy tafakkur madaniyatining qator unsurlarini o’z ichiga olgan tuzilmadir. U shaxsning o’zgalar bilan o’zaro munosabatlarida namoyon bo’ladi.

Aхloqiy madaniyatning eng muhim unsurlaridan biri  -  muomala odobi. U mohiyatan o’zaro hamkorlikning shakllaridan biri. Inson zoti bir - biri bilan hamkorlik qilmasdan, o’zaro tajriba almashmasdan, bir - biriga ta’sir ko’rsatmasdan rasmona yashashi mumkin emas. Muomala odam uchun ehtiyoj, zarurat, sog’lom kishi usiz ruhan qiynaladi, kayfiyati tushib boradi. Bu o’rinda buyuk ingliz yozuvchisi Daniel Defo qalamiga mansub mashhur «Robinzon Kruzoning sarguzashtlari» asarini eslashning o’ziyoq kifoya: Jumaboyni topib olgan Robinzonning naqadar quvonishiga ham sabab ana shunda.

Muomala odobi boshqa kishilar qadr  -  qimmatini, izzatini joyiga qo’yishni, an’anaviy aхloqiy me’yoriy talablarni bajarishni taqazo etadi. Shuning barobarida, u insondagi yaxshi jihatlarni namoyon etishi, ko’zga ko’rsatishi bilan ham ajralib turadi. Uning eng yorqin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon bo’lishi so’z, nutq vositasida ro’y beradi. So’zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. Shu bois muomala odobi o’zini, eng avvalo, shirinsuhanlik, kamsuqumlik, bosiqlik, hushfe’llilik singari aхloqiy me’yorlarda namoyon qiladi.

Muomala odobining yana bir «ko’zgusi» bu – insoniy qarash, nigoh. Ma’lumki, odamning qarashida, yuz ifodasida, qo’l harakatlarida uning qay sabablardandir tilga chiqmagan, so’zga aylanmagan hissiyoti, talablari o’z aksini topadi. Chunonchi, suhbatdoshining gapini ohirigacha eshitmay, qo’l siltab ketish – muomaladagi madaniyatsizlikni anglatadi. Ba’zan qarab qo’yishning o’zi so’zdan ham kuchliroq ta’sir ko’rsatadi. Deylik, bir quruvchi usta o’z shogirdining hatti  -  harakatlaridan noroziligini bildirish uchun bosh chayqab, jilmayib qo’yishi mumkin. Ikkinchi usta esa, bir lahza o’qrayib qarash bilan munosabatini ifodalaydi. Birinchi usta yuz ifodasi va hatti  - harakati bilan; «Obbo shovvoz - ey, sal shoshilibsan - da, ha, mayli, zarari yo’q, shunaqasi ham bo’ladi», degan ma’noni anglatsa, ikkinchi ustaning qarashidan; «Yana ishni rasvo qilibsan - ku, padarla’nat, qachon odam bo’lasan?!», degan so’zlarni uqish mumkin. Shubhasiz, birinchi usta muomalada odobga rioya qilgan bo’lsa, ikkinchisi uning aksi – shogirdining emas, o’zining odobsizligini ko’rsatmoqda.

Umuman olganda, muomala odobi kishilarning nasihat va odob o’rgatishsiz bir  -  biriga ta’siri, tarbiya va o’z  -  o’zini tarbiya vositasi sifatida diqqatga sazovordir. Shu sababli yoshlarimizda muomala odobini shakllantirish hozirgi kunda jamiyatimiz oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Bunda ota  - onaning, mahalla - ko’yning ta’siri katta. Undan foydalana bilash kerak. Zero aхloqiy komillikka erishish muomala odobini egallashdan boshlanadi.

Aхloqiy madaniyat yaqqol ko’zga tashlanadigan munosabatlar ko’rinishidan biri, bu – etiket. U ko’proq insonning tashqi madaniyatini, o’zaro munosabatlardagi o’zni tutish qonun  -  qoidalarining bajarilishini boshqaradi. Agar muomala odobida inson o’z munosabatlariga ijodiy yondoshsa, ya’ni bir holatda bir necha muomala qilish imkoniga ega bo’lsa, etiket muayyan holat uchun faqat bir hil qoidalashtirib qo’yilgan hatti - harakatni taqozo etadi.

Etiketning qamrovi keng, u, ma’lum ma’noda, xalqaro miqyosda qabul qilingan muomala qonun  -  qoidalarini o’z ichiga oladi. Masalan, siyosiy arbob etiketi, mehmondorchilik etiketi va h. k. Etiketga rioya qilishning mumtoz namunasini biz tez - tez televizor ekrani orqali ko’rib turamiz. Prezidentimiz Islom Karimovga horijiy mamlakatlar elchilarining ishonch yorliqlarini topshirish marosimlarini eslang. Unda faqat bir hil holat, xalqaro miqyosda o’rnatilgan qoida hukmron. Uni Prezidentning ham, elchilarning ham buzishga haqqi yo’q. Yoki juda oddiy, kichkina bir misol: dasturhonda tanovul payti, pichoqni o’ng qo’lda ushlash zamonaviy mehmondorchilik etiketining qat’iy qoidalaridan biri sanaladi – uni buzish atrofdagilarda hayrat va istehzo uyg’otadi. Shu bois etiketni odat tusiga aylantirilgan, qat’iylashtirilgan muomala odobi deyish ham mumkin.




Download 198,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish