1. Turli tarixiy davrlarda jamiyatning qanday tarbiyaviy ideallari kuzatilgan?



Download 198,42 Kb.
bet16/43
Sana16.01.2022
Hajmi198,42 Kb.
#374025
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43
Bog'liq
YaN variantlari kasbiy ma'naviyat

13-variant

1. Milliy, jamoaviy va shaxsiy manfaatlarni muvozanatga keltirish va uyg‘unlashtirish.

2. Matbuot, OAV va turli internet nashrlarda jamiyatdagi voqea va hodisalar, o‘zgarishlar, yangilanishlarni to‘laqonlik hamda xolis va haqqoniy aks ettirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 fevral kuni qabul qilingan “Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida “Davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari matbuot xizmatlarining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorligi yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagan”i qayd etilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi zimmasiga davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ular faoliyatining ochiqligini ta’minlashda, davlat xizmatchilariga ommaviy axborot vositalari bilan ochiq, ommaviy o‘zaro hamkorlik qilish madaniyatini singdirishda, shu jumladan, ularning Axborot xizmatlari (jamoatchilik bilan ishlash bo‘yicha bo‘linmalari) faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy jihatdan ta’minlash orqali ko‘maklashish vazifasi ham yuklatildi. Bu vazifalar to‘la-to‘kis bajarilishi uchun avvalo har bir vazirlik, idora, muassasa va tashkilotning Axborot xizmatlari ham mas’uldirlar.

Axborot xizmatining asosiy vazifalaridan biri – tashkilotning jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirishdan iborat ekan, bunda ommaviy axborot vositalarining davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik hamda parlament nazoratini ta’minlash, davlat va jamoatchilik o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Yurtimizda OAVning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlarni yaratish, fuqarolarning axborotni erkin va moneliksiz olish hamda foydalanish huquqlarini amalga oshirish, axborotning muhofaza qilinishi, shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlash yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Sohadagi izchil islohotlar jarayonida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, barcha vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlarida axborot xizmatlari tashkil etilib, ular faoliyati davr talabi asosida yo‘lga qo‘yilmoqda.

Turli idora va tashkilotlar tomonidan muntazam ravishda dolzarb mavzularda matbuot konferensiyalari, brifinglar o‘tkazilishi, bunda jamoatchilik bilan muloqotning interfaol usullaridan keng foydalanish, tegishli ma’lumotlarning maxsus veb-saytlarda joylashtirilishi aholining axborot olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qilmoqda. Ayni paytda bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada samarali tashkil etish, davlat va jamoat birlashmalari axborot xizmatlari, media-tuzilmalar ishini faollashtirish, soha mutaxassislarining bilim va ko‘nikmalarini muttasil oshirib borish dolzarb ahamiyatga ega.

Axborot xizmatlarida asosan shu soha siru-sinoatlaridan boxabar jurnalistlar faoliyat ko‘rsatishadi. Ular ham OAV xodimlari kabi asosan axborot to‘plash va tarqatish bilan shug‘ullanadi. Axborot xizmati xodimi o‘qimishli bo‘lishi zarur. Ya’ni, aytmoqchi, yozmoqchi bo‘lgan har bir fikrini avvalo ishonchli manbalardan o‘qib-o‘rganishi maqsadga muvofiqdir.

Axborot xizmatida faoliyat ko‘rsatuvchi mas’ul xodim qaysiki mavzuda so‘z yuritmasin avvalo uning quyidagi uchta muhim asosi hisoblanmish ishonchli manbalarni o‘z ko‘zi bilan o‘qib ko‘rmog‘i lozim:

1. Metodologik asosi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va nutqlarida bayon etilgan fikrlar);

2. Huquqiy asosi (O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda boshqa me’yoriy hujjatlarda bayon etilgan fikrlar);

3. Nazariy asosi (ilmiy asoslangan kitoblar, darsliklar, qo‘llanmalar, maqolalar va boshqa yozma manbalarda bayon etilgan fikrlar).

Ushbu manbalarni o‘qimasdan gapirgan mas’ul xodim xatolikka yo‘l qo‘yishi hech gapmas. Tashkilot rahbari nomidan gapirishga haqli bo‘lgan Axborot xizmati rahbari xatolikka yo‘l qo‘yishi kechirilmas holdir. U o‘sha asossiz, xato gapi bilan tashkilotning obro‘siga putur yetkazadi…



3. Milliy tiklanishda ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarning roli.

Har bir mustaqil millat o'z hayot tarzini, kelajagini ajdodlarning tarixiy tajribasi va jahondagi ilg'or tamoyillar uyg'unligi asosiga qursa, yanglishmaydi. Bunday mustaqil rivojlanish yo'li istiqlolning dastlabki yillaridan e'tiboran O'zbekiston Prezidenti I. Karimov tomonidan ishlab chiqildi va o'tgan yillar mobaynida izchil amalga oshirib kelinmoqda. Ma'naviyat insondagi yaratuvchilik qudratidir, insonda shu qudratni uyg'otish va harakatga keltirishga muvaffaq bo'linsa, barcha ulug'vor rejalarni amalga oshirish uchun voqe imkon vujudga keladi. Masalaga bugungi jahon taraqqiyotining ilg'or tamoyillari darajasida yondoshilsa, milliy ta' limning eng muhim vazifasi ham ana shu imkonni shakilantirish, ya'ni yosh avlod ruhida yaratuvchilik qudratini uyg'otib, uni bashariyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi muayyan o'zanlar sari yo'naltira bilish bilan belgilanadi. Ma'naviyat poydevori baquvvat bo'lmasa, unday insonning butun g'ayrati, jo'shqin faoliyati, oxir natijada, xalq va vatan uchun, bashariyat kelajagi uchun, qolaversa, uning o'z shaxsi uchun qanday xulosaga olib keladi, aytish qiyin. Sovet totalitar tuzumi barbod bo'lishi, O'zbekistonning o'z mustaqilligini qo'lga kiritishi jamiyatimiz ma'naviyatida chuqurlashib borayotgan inqirozning oldini olish uchun tangrining inoyati, xalqimizning baxti bo'ldi. Milliy mustaqillik tufayli jamiyatimizda milliy ma'naviy poklanish, o'nglanish, tiklanish jarayoni yuz berdi. Yosh avlodni, biz kabi talaba yoshlarni vatanparvarlik, insonparvarlik, millatparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy g'urur tuyg'usini kuchaytirish, iymon, vijdon, halollik, poklik, mehnatsevarlik, ishbilarmonlik singari xislatlarni shakllantirish, mustaqillikning ongli fidoyisiga aylantirish hozirgi kundagi milliy- ma'naviy tarbiya ishining asosiy maqsadidir. Shu o'rinda milliy-ma'naviy tarbiya va uning asosiy yo'nalishlari va mohiyatini aniqlab olish zarur Milliy tarbiya - u yoki bu millatni, elatni tashkil qiluvchi kishilarning milliy madaniyatni, merosni, qadriyatlarni, urf-odatlarni, an'analarni o'zlashtirishdagi faoliyatini rivojlantirish bo'lib, u milliy ong va milliy o'zlikni anglashning sub'ektidir Milliy ma'naviyatimiz azaldan qanday omil va mezonlar negizida shakllanib kelayotgani xalqimiz uchun eng aziz va eng milliy bayram – sharqona yangi yil bo„lmish Navro„z ayyomi misolida ayniqsa yorqin namoyon bo„ladi. Barchamiz doimo orziqib kutadigan va katta xursandchilik, shodiyona bilan o„tkazadigan Navro„z bayrami biz uchun hayot abadiyligi, tabiatning ustuvor qudrati va cheksiz saxovatining, ko„p ming yillik milliy qiyofamiz, olijanob urf-odatlarimizning betakror ifodasi bo„lib kelmoqda. Muxtasar qilib aytganda, yangilanish va ezgulik timsoli bo„lgan Navro„z falsafasi xalqimizga mansub odamiylik, mehr-oqibat, muruvvat va himmat kabi yuksak xususiyatlardan oziqlanib kelgani, ajdodlarimiz asrlar davomida qanday buyuk umuminsoniy g„oyalardan bahramand bo„lib, ma'naviy kamol topganining yana bir tasdig„idir, desak, hech qanday xato bo„lmaydi. Ko„hna tariximizni shu ma'noda ko„z o„ngimizdan o„tkazib, tahlil qiladigan bo„lsak, muhim va ibratli bir fikrni takroran aytishga to„g„ri keladi. Ya'ni, otabobolarimiz ruhiy olamining tomir-ildizlari aynan yuqorida zikr etilgan ma'naviy zaminda, tarixda ham, bugun ham barchaning havasini tortib kelayotgan olijanob fazilatlar asosida shakllangan. Milliy tarbiyaning asosiy yo'nalishlarini millatparvarlikni, xalqparvarlikni, vatanparvarlikni, mehnatsevar-likni, yuksak insoniylikni rivojlantirish, merosni, urfodatni, qadriyatlarni, fan, texnika, texnologiyalarni o'zlashtirishga intilishni rivojlantirish, mehr-oqibat, iymon-e'tiqod, or-nomus, insof-diyonat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning mohiyatini tushunib yetish va unga amal qilish ruhiyatini shakllantirish kabilar tashkil etadi. Milliy tarbiyaning yana bir yo'nalishi – ota-ona, qarindosh-urug'larning hurmatini joyiga qo'yish, oilaning muqaddasligi tuyg'ularining barkamol bo'lishiga erishish, o'zaro munosabatlarda yonma-yon yashayotgan o'zga millatlar va elatlar vakillarining manfaatlarini hisobga olish kabilar tashkil etadi. Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganidek, milliy tabiatimizga xos bo'lgan mehr-oqibat, muruvvat, andisha, or-nomus, sharmu-hayo, ibo-iffat kabi betakror fazilatlar va xalqimizning ko'p jihatdan ajratib turadigan bag'rikenglik, mehmondo'stlik, oqko'ngillilik xususiyatlari haqida uzoq gapirish mumkin . Hech birimizni xalqimizga xos ana shunday fazilatlar tark etishga yo'l qo'yib bo'lmaydi. Milliy-ma‟naviy tiklanishimizda yoshlarning ma‟naviyatini yuksak darajaga ko„tarish, ularning hozirgi zamon fan, texnika va texnologiya yutuqlarini chuqur o„zlashtirishlari katta omil ekanligi Prezidentimiz tomonidan ilmiy asoslangan.


Download 198,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish