To’g’ri Javob: Zayd ibn Horisa
Izoh: Rasuli Akram Islom dinini yoyish maqsadida Hijoz shaharlaridan biri toifga bordilar. Bu safarda u zotga tutingan o’g’illari Zayd ibn Horisa hamrohlik qildi. (Nurul-yaqin, Tarixi Muhammadiy)
8. Toif shahrida qaysi qabila istiqomat qilardi?
a) Banu Saqif
b) Banu Qurayza
c) Avs va Xazraj
To’g’ri Javob: Banu Saqif
Izoh: Makka shahridan 70-80 chaqirim sharq tomonda joylashgan Toif shahrida Banu Saqif qabilasi yashar edi. Makkadagi Quraysh qabilasi kabi toiflik saqifiylar ham butfarast edilar. (Tarixi Muhammadiy, Payg’ambarimiz va Asharai mubashshara).
9. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam Toif voqeasidan qattiq ta’sirlangandilar. Hatto yillar o’tib ham bu safarni unutmadilar va Toif voqeasini musulmonlar uchun achinarli bo’lgan bir voqeadan ham alamli deb aytgandilar. Bu qaysi voqea?
a) Uhud jangi.
b) Xadicha onamizning vafotlari.
c) Musulmonlarning qiynoqqa solinishi.
To’g’ri Javob: Uhud jangi.
Izoh: Rasululloh sallallohu alayhi vassallam Toif safarini haqiqatdan ham unutmadilar, unuta olmadilar. Yillar o’tib, suyukli hotinlari Oysha onamiz (r.a.):
- Yo Rasululloh, Uhud jangidan ko’ra ham achinarli, alamli kun bo’lganmi?! – deb so’raganlarida, Toif voqeasini eslab, u savdolarni bir boshdan gapirib bergan edilar. O’sha kundagidey g’am-g’ussaga cho’mgan boshqa kunni eslay olmasliklarini ta’kidlagan edilar. (“Saodat asri qissalari” 2-kitob, 95-bet.)
10. Toifdan Makkaga qaytganlarida Janobimiz Rasululloh sallallohu alayhi vassallamni kim o’z himoyasiga olgan?
a) Axnas ibn Shariq.
b) Suxayl ibn Amr.
c) Mut’im ibn Odiy.
To’g’ri Javob: Mut’im ibn Odiy.
Izoh: Rasululloh sallallohu alayhi vassallam Makkaga tobora yaqinlashar ekanlar, Hiro tog’ining etaklariga yetganda to’xtadilar. Bu yerdan u yog’iga hotirjam ketish imkoni yo’q, bemalol shaharga kirishga mushriklar yo’l qo’ymasligini juda yaxshi bilar edilar.
Shu payt Huzo’a qabilasidan bir odam uchrab qoldi.
- Menga holis bir xizmat qilmaysanmi? – deb so’radilar Rasululloh sallallohu alayhi vassallam.
- Bajonudil, - dedi yo’lovchi.
- U holda Makkaga borgin-da, Axnas ibn Shariqni top. Muhammad ibn Abdullohni yonidan kelayotirman, “Robbim yuborgan din va payg’ambarlik vazifasini ado etishim davomida meni o’z himoyasiga olarmikan?” deb so’ra.
Yo’lovchi ketdi. Axnasni topib, bor gapni so’zlab berdi. Axnas o’zining boshqa qabiladan ekanligini bahona qilib, uni quruq qaytardi. Yo’lovchi qaytib kelganida Rasululloh sallallohu alayhi vassallam takror iltimos qildilar:
- Yana bir marta bormaysanmi men uchun? – “Mayli” javobini olgach, dedilar – Suxayl ibn Amrni top, o’sha gaplarimni unga bildir.
U yana Makkaga bordi va yana quruq qaytib keldi. Suxayl taklifni rad etgan edi. Haligi odam uchunchu marta ham Makkaga borib kelishga rozi bo’ldi va bu safar Mut’im ibn Odiynikiga bordi. Mut’im bu taklifga rozi bo’ldi.
Tong otganch, Mut’im o’g’illarini olib, barchalari qurollangan holda Hiro tog’i etaklariga keldi va Rasululloh sallallohu alayhi vassallamni boshlab, Makka sari yo’l olishdi. (Saodat asri qissalari)
11. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Toifga da'vat qilmoqlik niyatida borganlarida Utba va Shayba ibn Robialarning nasroniy quli bo'lgan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga uzum olib borgan inson kim edi?
a) Addos
b) Suhayb Rumiy
c) Salmoni Forsiy
Do'stlaringiz bilan baham: |