3. «TREST-7» MChJ xodimlari tarkibi va soni.
Boshqarmaning tuzilmasi va rahbar organlari.
Boshqarmaning rahbar organlari quyidagilardan iborat:
- Boshqarma a'zolari umumiy yig’ilishi;
- boshqarma Kengashi;
- boshqarma boshlig’i;
- boshqarma Nazorat-taftish komissiyasi;
- boshqarma Badiiy kengashi.
Boshqarma a'zolari Umumiy yig’ilishi — boshqarmaning oliy organi hisoblanib, mazkur Boshqarma a'zolari umumiy yig’ilishi zaruratga qarab, ammo besh yilda kamida bir marta chaqiriladi.
Navbatdan tashqari Boshqarma a'zolari umumiy yig’ilishi Boshqarma a'zolarining 30 foizi talabi bilan, shuningdek, Boshqarma Kengashining va Nazorat-taftish komissiyasining talabi bilan Boshqarma a'zolari umumiy yig’ilishi belgilanadi. Yig’ilishga Toshdent viloyatidan vakolatli vakillar qatnashadilar, har bir vakil bitta ovozga ega buladi.
Boshqarma a'zolari umumiy yig’ilish faoliyatiga vakillar tomonidan saylangan rais boshchilik qiladi.
Boshqarma a'zolari umumiy yig’ilishining asosiy vazifasi boshqarma Nizomiga rioya qilishi, shuningdek, Nizomda belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan masalalarini muhokama qilishdan iborat.
Boshqarma a'zolari umumiy yig’ilishning mutlaq vakolatlariga quyidagi masalalar kiradi:
- boshqarma kengashi a'zolarini, nazorat-taftish komissiyasini va badiiy kengash raisi va a'zolarini besh yil muddatga lavozimga saylash va lavozimdan ozod etish.
- boshqarma rahbar organlari faoliyatini tartibga soluvchi hujatlarni tuzish;
- boshqarma umumiy yig’ilishi o’zbekistan resublikasi qonunlari va amaldagi hujjatlariga zid bo’lmagan boshqa masalalarni ham ko’rib chiqishi mumkin.
- boshqarma umumiy yig’ilishi mutlaq vakolatiga kiruvchi masalalar boshqarmaning boshqa organiga o’tkazilishi yoki berilishi mumkin emas.
- boshqarma umumiy yig’ilishi o’tkazilishi to’g’risidagi xabar, o’tkaziladigan kundan bir hafta avval xabarnoma orqali boshqarma a'zolariga ma'lum qilinadi.
- boshqarma umumiy yig’ilishning qarorlari vakillarning ochiq ovoz berish yo’li bilan, umumiy ovozlari soni uchdan ikki qismidan kam bo’lmagan taqdirda qabul qilinadi.
- umumiy yig’ilish qarorlari boshqarma tarkibiy tuzilmalari uchun majburiy bo’lib, birinchi navbatda ijro qilinadi.
- boshqarma kengashi 5 kishidan iborat bo’lib, boshqarma umumiy yig’ilishi tomonidan 5 yil muddatga saylanadi, a'zolaridan biri boshqa ishgao’tsa, sog’ligi yomonlashganligi tufayli ushbu vazifani bajara olmasa, nafaqaga chiqsa o’rniga vaqtinchalik boshqarma kengashi qaroriga asosan boshqa a'zo saylanadi.
- boshqarma boshlig’i kengash tarkibiga kiradi va kengash raisi hisoblanadi.
- boshqarma kengashi zaruratga qarab, ammo yilning har choragida kamida bir marta chaqiriladi, har oyda hamda zarurat bo’lganda chaqirilishi mumkin.
- boshqarma kengashi qarorlari a'zolaring ko’pchillik ovoz berish yo’li bilan qabul qilinadi, har bir kengash a'zosi bitta ovozga ega bo’ladi. ovozlar soni teng bo’lgan hollarda boshqarma boshlig’ining ovozi hal qiluvchi ovozga ega bo’ladi.
Boshqarma boshqaruv Kengashi quyidagi vakolatlarga ega:
- boshqarma faoliyatiga tegishli hujjat loyihalarini ko’rib chiqish, rasmiylashtirish, qaror qabul qilish.
- boshqarma faoliyatiga tegishli hujjat loyixalarini ko’rib chiqish, tasdiqlash;
- boshqarma tarkibida ekspertlar kengashi, turli masalalar bo’yicha ishchi guruhlar tashkil qilish;
- boshqarma rahbar organlari faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlar ishlab chiqish va umumiy yigilish muhokamasiga kiritish;
- ishchi guruhda boshqarma a'zolarining kasb faoliyatlari bilan bog’liq masalalarni ko’rib chiqish, uslubiy qo’llanmalar, yo’riqnomalar ishlab chiqish va nizomda belgilangan boshda vazifalarni amalga oshirish uchun boshqarma boshqaruv kengashi qaroriga asosan tashkil qilinadi.
- ishchi guruhlari boshqarma a'zolarining vakillaridan, boshqarma shtatidagi xodimlar, shuningdek, mehnat shartnomasi asosida jalb qilingan mutaxassis xodimlardan tashkil topadi.
- boshqarma faoliyatini yaxshilashga va yuritishga oid loyihalar ishlab chiqadi va boshqarma a'zolarining umumiy yig’ilish muhokamasiga taqdim etadi;
- monitoring tekshiruvlari o’tkazish haqida qarorlar qabul qiladi;
- boshqarma faoliyatining asosiy yo’nalishlarini belgilaydi va boshqarma faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- boshqarma boshligi, uning o’rinbosarlari, boshqarma tarkibiga kirgan bo’lim va tuzilmalar faoliyatini, hisobotlarini eshitadi, faoliyatlariga baho berib, qarorlar qabul qiladi.
- boshqaruv kengashi qarori yig’ilishda ishtirok etgan kengash a'zolarining ochiq ovoz berish yo’li orqali eng ko’p ovoziga qarab aniqlanadi.
- ovozlar teng bo’lganda, raislik qiluvchi ovozi hal qiluvchi hisoblanadi;
- boshqaruv kengashi raisi imzolagan bayonnoma rasmiylashtiriladi;
- boshqaruv kengashi faoliyati boshqarma tomonidan moliyalashtiriladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |