«TREST-7» MChJ faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o’rganish.
TA'SISCHILARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Jamiyat ta'sischilari kuydagilarga haqlidirlar:
-jamiyatning ta'sis hujjatlarida belgilangan tartibda Jamyatning ishlarini boshqarishda ishtirok etish;
- konun hujjatlarida va jamiyat ta'sis hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning
faoliyati tugrisida axborat olish xamda uning buxgalteriya daftarlari va boshka hujjatlari bilan tanishish;
- foydani taksimlashda va uning tegishli kismini olishda ishtirok etish;
-jamiyatning ustav fondidagi o‘z ulushini yoxud uning bir qismini qonun hujjatlarida va Jamiyatning ustavida nazarda tutilgan tartibda mazkur Jamiyatning bir yoki bir necha ta'sischisiga yoxud uchinchi shaxslarga sotish yoki o‘zga tarzda ularning foydasiga voz kechish;
-jamiyat boshqa ta'sischilarining roziligidan qat'iy nazar konun hujjatlarida va Jamiyat ta'sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda istagan vaqtda Jamiyat ta'sischilari tarkibidan chiqish;
-jamiyat tugatilgan takdirda, kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini olish;
-jami ulushlar Jamiyat ustav fondining kamida o’n foizni tashkil etadigan Jamiyat ta'sischilari o‘z majburiyatlarini qupol buzayotgan yoxud o’z harakatlari yoki harakatsizligi bilan Jamiyatning faoliyat ko‘rsatishiga imkon bermayotgan yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotgan ta'sischini Jamiyadan sud tartibida chiqarilishini talab qilishga haqlidirlar;
-jamiyat Ta'sischilari jamiyatning ta'sis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa
huquqlarga ega bo‘lishlari mumkin.
Jamiyat Ta'sischising majburiyatlari:
-jamiyatning ta'sis hujjatlarida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilishlari:
-jamiyatning ta'sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, miqdorda, usullarida va
muddatlarda hissa qushishlari;
Jamiyat faoliyati tugrisidagi sir tutilgan axboratni oshkor kilmasliklari shart
Jamiyat ta'sischilariga jamiyatning ta'sis hujjatlarida nazarda tutilgan boshka
majburiyatlar xam toklanishi mumkin.
VI.
6.1.
JAMIYaTNING MOL-MULKI VA MABLAGLARI
Jamiyat mustakil ravishda o‘ziga tegishli mol-mulkdan foydalanadi.
6.2.
Jamiyatning mol-mulki va mablaglari Ta'sischilarga ularning ustav fondidagi
ulushlariga mutanosib ravishda tegishli bo‘ladi.
6.3.
Jamiyatning mol-mulki;
-Ta'sischilarining ulushlaridan;
-Jamiyat faoliyati natijasida olingan foydalan;
- Fukarolarning, shuningdek muassalari, korxonalar va jamoat tashkilotlarining
ixtiyoriy ulushlari va ajratmalaridan;
O‘zbekiston Respublikasining konupi hujjatlari bilan ruxsat etilgan ijara va boshka
tulovlar va badallaridan;
kaytarib olinmaydigan yordam va xayrin badallaridan;
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi konun hujjatlari bilan takiklanmagan boshka
manbalardap shakllantiriladi.
VII. JAMIYaTNING USTAV FONDI
7.1.
Jamiyatning tashkil etilishi va faoliyatini amalga oshirish uchun ta'sischi
3 411 568 000 (uch milliard to‘rt yuz o‘n bir million besh yuz oltmish sakkiz ming) sum
mikdorida ustav fondi shakllantirildi.
7.2.
Ta'sischining ustav fondidagi ulushi kuyidagicha:
Mo'sayev Saidumar Xabibullayevich - 3 411 568 000 (uch milliard to‘rt yuz o‘n bir
million besh yuz oltmish sakkiz ming) so‘mni tashkil etib, jamiyat ustav fondini 100 %
tashkil etadi.
Ustav fondining kolgan kismi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin bir yil
mobaynida kiritilishi va bu xakda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga ma'lumot berish lozim
Kayta ro‘yxatdan o‘tayotgan jamiyatlar bundan mustasno.
7.4.
7.3.
Jamiyat ustav fondidagi Ta'sischilarning ulushlari pul, mol-mulk, asbob-uskuna,
ko‘chmas mulk, intellektual mulk va x.k.lar bilan kiritilishi mumkin.
7.5.
Jamiyat Ta'sischilar umumiy yigilishining qaroriga asosan Ustav fondini
ko‘paytirishi yoki kamaytirishi mumkin.
7.6.
Ustav fondini ko‘gaytirish tugrisidagi qaror Ta'sischilar tomonidan o‘z
ulushlari tulik kiritilgandan keyingina qabul kilinishi mumkin. Ustav fondini
ko‘paytirish ta'sischilar tomonidan ko‘shimcha ulushlar kiritish va yoki Jamiyatning sof
Foydasi xisobidan amalga oshirilishi mumkin. Jamiyatning ustav fondini sof foyda
xisobidan ko‘paytirish tugrisida qaror fakatgina bunday qaror qabul kilingan yillag
Jamiyatning buxgalteriya xisoboti ma'lumotlari asosida qabul kilinishi mumkin.
Jamiyatning ustav fondini kamaytirish Ta'sischilarga tegishli bo‘lgan
ulushlarning nominal kiymatini kamaytirish yo‘li bilan amalga oshirilnip mumkin.
Jamiyat ustav fondini kamaytirish va uning yangi mikdori tugrisida qaror qabul kilingan
vaktdan boshlab o‘ttiz kun mobaynida Jamiyatning unga ma'lum bo‘lgan barcha kremorlarni xabardor qilish, shuningdek qabul kilingan qaror tugrisida ommaviy axborot vositalarida e'lon qilishi shart. Ustav fondini o‘zgartirish to‘grisidagi qaror uchinchi shaxslar uchun Ustav va Ta'sis shartnomasini tegishli o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyingina kuchga kiradi.
TA'SISCHILARNING JAMIYAT TA'SISChILARI SAFIDAN CHIQISHI VA UNING OQIBATLARI
Jamiyat har qanday ta'sischisi Jamiyat Ta'sischilari safidan chiqish huquqiga ega. Bunday Ta'sischi ustav fondidagi o‘z ulushini Ta'sischilarga yoxud ularning roziligi bo’yicha uchinchi shaxslarga motish yoki ularning foydasiga kechish huquqiga ega. Ta'sischi Ta'sischilar safidan chikinda unga fen tomonidan ustav fondiga kiritilgan ulushlar haqiqiy qiymati natura yoki haqiqiy qiymatiga teng bo‘lgan pul ko‘rinishida holida qaytariladi. Jamiyat Ta'sischisi o‘zgartirilganidan keyin Jamiyatinig tavsne hujjatlariga zaruriy o‘zgartirishlar kiritilishi lozim. Jamiyatning ta'sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgarishlar uchinchi shaxslar uchun ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin kiradi.
JAMIYAT TA'SISChISI ULUSHI (ULUSH QISMI)NING UCHINCHI SHAXSLARGA O‘TISHI
Jamiyat "Ta'sischilaridan har biri Jamiyatning ustav fondidagi uz ulushini yoki ulushining ismini uchinchi shaxslarga sotishga yoki boshkacha shaklda ularning foydasiga voz kechishga haqli. Jamiyat Ta'sischining ulushi tuliq to‘lashgan davrgacha bo‘lgan muddatda to‘langan qismi bo‘yichagina begonalashtirilishi mumkin.
Jamiyat ustav fondidagi ulusindan voz kechish kuydagi shaklda amalga oshirilasht mumkin: Yuridik shaxsning arizasi firma blankasida to‘ldiriladi va muxr bilan tasdiqlangan (chet el yuridik shaxsining arizasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda notarial tasdiqlanishi yoki litalizasiya kilinishi lozim). Mazkur Ustav bilan nazarda tutilmagan holatlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi konun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
JAMIYATNING HUJJATLARINI SAQLASH
Jamiyat quyidagi hujjatlarni saqlashga majbur:
-jamiyatning ta'sis hujjatlari, shuningdek ta'sis hujjatlariga kiritilgan va
belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni;
-jamiyatni tashkil etish va jamiyat ustav fondiga pul ko‘rinishida bo‘lmagan ulushlarini pulla baxolashni tasdiklash tugrisida Jamiyat Ta'sischilarining umumiy yigilish bayonnomalarini, shuningdek Jamiyatni tashkil etish bilan bog’lik bo‘lgan boshqa qarorlarni;
-jamiyatning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiklovchi hujjatlar;
-Jamiyatning balansida bo‘lgan mol-mulkka bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni;
-jamiyatning filiallari va vakolatxonalari tugrisidagi nizomlarini;
-jamiyat Ta'sischisining umumiy yig’ilish, jamiyatning ijro etuvchi organi bayonnomalarini;
-mustaqil auditorlik tashkilotlari xulosalarini;
- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni.
Yuqorida aytib o‘tilgan hujjatlar ijro etuvchi organ joylashgan joyda saqlanadi. Agarda amaldagi qonun hujjatlari bilan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lmasa, Jamiyat mazkur ustavning 10.1. bandida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarni doimo saqlaydi. Jamiyat har Qanday ta’sischisining talabi bilan unga axborat, shuningdek ta’sis hujjatlarini unga kiritilgan o‘zgarishlar bilan taqdim qilishi yoki nusxa berishi shart.
XISOB VA HISOBOT
Jamiyat o‘z faoliyatini mustakil rejalanttiradi va o‘z maxsulot va xazmatlariga narxlarni bozor konyukturasidan kelib chikib belgilaydi. Korxona mustaqil ravishda buxgalteriya hisobini, statistika va moliyaviy hisobotni konun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi. Jamiyatning moddiy-texnika bazasini asosiy va aylanma mablaglar, shuningdek boshqa moddiy aktivlar va moliyaviy zaxiralar tashkil etadi. Jamiyatning barcha mablag’lari to‘liq uning tasarrufida bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari olib quyilishi mumkin emas. Jamiyat mustakil ravishda Jamiyatning tashkiliy tuzilmasini va shtat jadvalini ishlab chpadi, xodimlarning bilimlari va ko‘nikmalari darajasini belgilaydi, mehnatga haq to’lash va rag’batlantirish to’grisidagi masalalarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofik hal qiladi. Belgilangan muddatlarda olingan daromadlar tugrisidagi hisobotlari, shuningdek qonunda belgilangan hisobotlarni statistika, moliya va soliq organlariga topshiradi.
DAROMADNI TAQSIMLASH VA ZIYONLARNI QOPLASH
Jamiyat barcha majburiy to‘lovlar va soliklarni to‘lagandan keyin uning hisobida qolgan mablaglar Jamiyatning foydasini tashkil etadi. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofik daromadlan belgilangan soliklar va to’lovlar, shu jumladan davlat sugurta jamgarmasi, pensiya jamgarmasit to‘lovlar, ijarf to’lovi va h.k.to‘lanadi. Jamiyat ustav fondining 15 % mikdorida zaxira fondi shakillantirishi mumkin. Jamiyatning zaxira fondi uning ziyonlarini qoplash va Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan Hollarda Jamiyatning ustav fondidagi ulushi (ulushning qismini) sotib olish uchun mo‘ljallangan.
JAMIYATNING BOSHKARUV ORGANLARI
Jamiyatning boshqaruv organlari bo‘lib:
- Ta'sischilarning umumiy yigilish-oliy boshkaruv organi;
- Direktor jamiyatning ijro etuvchi organi bo‘lish mumkin. Jamiyatda kuzatuv kengashi va taftish komissiyasini belgilangan tartibda tashkil etishi mumkin.
ISHTIROKCHILARNING UMUMIY YIG’ILISHI
Jamiyatning oliy boshqaruv organi bo‘lib Jamiyat Ta'sischilarining umumiy yig’ilishi hisoblanadi. Ta’sischilar umumiy yigilinda ustav fondidagi o‘z ulushlariga mutanosib ravishda ovozlar sonlar soniga egadirlar. Ta'sischilar umumiy yigilishining Raisi va kotibi Umumiy yig’ilish tomonidan saylanadi. Jamiyat Ta'sischilari umumiy yig’ilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga quydagilar kiradi:
-Jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash, shuningdek tijorat tashkilotlarining boshqa birlashmalarida ishtirok etish to’g’risida qaror qabul qilish;
-Jamiyatning ustavini tasdiklash;
-ustav fondining miqdorini belgilash va o‘zgartirish;
-ta'sis hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish;
- ijro etuvchi organlarini tuzish va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
-yillik hisobotlarini va yillik buxgalteriya balanslarini tasdiklash;
-Jamiyatning sof foydasini Jamiyat Ta'sischilari o‘rtasida taksimlash tugrisida
qaror qiladi;
-jamiyat organlarining faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlash qabul qilish auditorlik tekshiruvini o‘tkazish tugrisida qaror qabul qilish, auditorlik
tashkilotlari hamda ularning xizmatlariga to‘lanadigan haqning eng ko‘p miqdorinini aniqlash;
-jamiyatni qayta tashkil etish yoki tugatish tug’risida qaror qabul qilish;
-tugatish komissiyasi taynlash va tugatish balanslarini tasdiklash.
Ko‘rsatib o‘tilgan masalalar, shuningdek Jamshitish ustavi bilan belgilangan boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar Ta'sischilarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul kilinadi. a, b, v, e,i, k bandlari ko‘rsatib o‘tilgan masalalar bo‘yicha qarorlar Jamiyatning barcha ta’sischilari tomonidan qabul qilindi.
IJRO ETUVChI ORGAN
Jamiyatning ijro etuvchi organi bo’lib Jamiyatning joriy faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiruvchi direktor hisoblanadi. Jamiyatning Direktori Ta’sischilarning umimiy yig’ilish tomonidan tayinlanadi va huddi shunday tartibda lavozimidan ozod qilanadi. Jamiyat va jamiyatning Direktori o‘rtasidagi shartnoma, Jamiyat nomidan Direktor tayinlangan jamiyat Ta'sischilarining umumiy yig’ilishida raislik qiluvchi yoki Jamiyat Ta'sischilarining Umimiy yig’ilish tomonidan vakolat berilgan Jamiyat ta'sischisi tomonidan imzolanadi. Direktor lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi fukarosi saylanishi mumkin. Direktor bilan tuzilgan mehnat shartnomasini Direktorni tayinlash to‘grisida masala ko‘rib chiqilgan Jamiyat Ta'sischilarining umumiy yig’ilishsh raisi imzolaydi. Direktor lavozimidan Ta'sischilarning umumiy yig’ilib qarori bilan lavozimidan ozod qilinishi mumkin.
JAMIYAT DIREKTORI
Jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, uning manfatlarini O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarida va boshqa davlatlar organlarida, korxonalar, tashkilotlar va muassalarda va, shuningdek bitimlar tuzadi;
- Jamiyat nomidan vakillik qilish huquqi uchun ishonchnomalar beradi, banklarda hisob-kitob raqamlar va boshqa hisoblar ochadi;
-Jamiyatning tashkiliy tuzilmasini va shtat jadvalini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi:
-Jamiyat xodimlari bilan mehnat partnomalari tuzadi va ularni bekor qiladi, xodimlarga nisbatan rag’batlantirish choralarini va intizomiy jazolarni qo‘llaydi;
- Jamiyatning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruklar va farmoishlar
chiqaradi;
-Ta'sischilar qarorlar tuzish va bajarishni tashkillashtiradi va ularning bajarilishi
tugrisida hisobotlar takdim etadi;
-Jamiyat bo‘yicha hisobotlar taqdim etilishini tashkillashtiradi;
Ta'sischilar tomonidan unga yuklatilgan boshka vakolatlarini amalga oshiradi. Direktor Ta'sischilar Umimiy yig’ilishida hisobot beradi va uning oldida Jamiyat faoliyatining amalga oshirilishi hamda unga vazifa topshiriqlarning bajarilishi uchun javobgardir. Direktor Jamiyat mol-mulkini tasarruf etishi va Ta'sischilarning umumiy yig’ilish qarori bo‘yicha yirik bitimlar tuzishi mumkin.
JAMIYAT FAOLIYATI YUZASIDAN NAZORAT
Jamiyatda alohida nazarat qiluvchi organning tuzilishi ko‘zda tutilmagan. Jamiyatning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini ustidan nazorat Ta'sischilar mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
XODIMLAR
Jamiyat ma'muriyati xodimlar bilan jamoa shartnomasini imzolaydi. Ushbu shartnomaning mazmuni, shu jumladan "Xodimlarning ijtimoiy ta'minoti va ularni ijtimoiy himoya qilish to’g’risidagi Nizomi" O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlar, mazkur ustav, shuningdek Jamiyat faoliyatining xususiyatlari bilan belgilanadi. Jamiyat xodimlari - O‘zbekiston Respublikasi fuqorolarining ish vaqti va dam olish tartibi,ularning ijtimoiy, pensiya ta'minoti va ijtimoiy sugurtasi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari normalari bilan tartibga solinadi. Ushbu normalar Jamiyatning chet ellik xodimlariga ham tadbiq etiladi, har bir chet ellik xodim bilan alohida tuziladigan shartnoma (kontrakt) da hal qilinadigan mehnat haq to’lash, mehnat ta'tillari berish, pensiya ta'minoti masalalari bundan mustasno.
JAMIYATNING TIJORAT SIRI
Jamiyatning tijorat siri deyilganida tarkatilishi (berish, uzatish) uning manfaatlariga zarar yetkazuvchi, Jamiyatni boshkarish, rejalashtirish, moliyalar boshqa faoliyat bilan boglik uslubiy axborat, ma'lumotlar tushuniladi. Har bir xodim Jamiyatning moliyaviy va boshqa faoliyati bilan bog’lik bo’lgan har qanday, shu jumladan tasodifay olingan ma'lumotlarning tarkalib ketmaslik choralarini ko‘rishi va bunday axboratning tarkatilishidan ogoxlantirilishi shart. Tijorat siri tarqatilgan holda Direktor yaxboratning tarkalishidan ogoxlantirish uchun barcha choralarni ko‘radi xamda aybdor shaxsga nisbatan uni egallab turgan Lavozimidan ozod qilishgacha choralarni qo’llaydi.
JAMIYATNI KAYTA TAShKIL ETISH VA TUGATISH
Jamiyatni kayta tashkil etish yoki tugatish O‘zbekiston Respublikasi Fukarolik
kodeksining 49-55-moldalarida va "Mas'uliyati cheklangan xamda ko‘shimcha mas'uliyatli jamiyatlar tugrisida" O‘zbekiston Respublikasi Konunining 49-55-moddalarida nazarda tutilgan tartibda kayta tashkil etiladi yoki tugatiladi.
Jamiyatni kayta tashkil etish ta'sischilarning umumiy yigilishi qarori bo‘yicha kushib yuborish, birlantirish, bo‘lish, ajratib chikarish va kayta tuzish shaklida amalga oshiriladi. Jamiyatni tugatish Ta'sischilarning umumiy yigilish qarori yoki Xo‘jalik usulining qarori asosida amalga oshiriladi. Jamiyatni davlat ruyxatiga olgan tomondan yagona davlat reestriga tegishli yozuv kiritilgan vaktdan boshlab tugatish tugallangan, jamiyat esa o‘z faoliyatini tugatgan deb xisoblanadi.
NIZOLARNI HAL QILISH
Ta'sis shartnomasi va Ustav bo‘yicha kelib chikadigan barcha pizo kelishmovchiliklar Ta'sischilarning o‘zaro kelishuvi yo‘li bilan hujjatlari, ta'sis shartnomasi va Ustav asosan xal kilinadi. Nizo va kelishmovchiliklarni muzokaralar yo‘li bilan xal qilish imkoniyati bo‘lmagan takdirda ular O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik sudi orkali xal kilinadi.
YAKUNIY KOIDALAR
Mazkur Ustav Jamiyat O‘zbekiston Respublikasi konun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatiga olingan vaktdan boshlab kuchga kiradi. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi konun hujjatlari bilan tartibga solinmagan masalalar, konunda boshka xollar nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu Ustavga muvofik tartibga solinadi.
«TREST-7» mas'uliyati cheklangan jamiyat ta'sischisi:
Mysaev Sauyuar Xabibullaev
Do'stlaringiz bilan baham: |