2-bob. Qo‘mitaning asosiy vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar Qo‘mitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
avtomobil yo‘llari sohasida yagona texnika siyosatini olib borish;
avtomobil yo‘llarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
avtomobil yo‘llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining xalqaro tranzit yo‘laklarini shakllantirish;
avtomobil yo‘llarini moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, ta’mirlash va ulardan foydalanish masalalari kompleks hal etilishini tashkil etish hamda buyurtmachi xizmatining samarali faoliyatini tashkil etish;
avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sifati ustidan nazoratni amalga oshirish;
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarining mavjud tarmog‘i saqlanishini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish;
ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish;
avtomobil yo‘llari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shu jumladan, chet ellarda o‘quv-amaliyot kurslari va seminarlar tashkil etish;
avtomobil yo‘llarining hududiy arxitektura-badiiy tuzilishiga va landshaft dizayniga taalluqli zamonaviy yondashuvlarni shakllantirish hamda amalga oshirish bo‘yicha yagona davlat siyosatini o‘tkazish, avtomobil yo‘llariga tutash hududlarni ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari o‘tkazilishini tashkil etish;
avtomobil yo‘llarini loyihalash sohasidagi normalar va standartlarga rioya etilishini ta’minlash;
yo‘l xo‘jaligi sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
11. Qo‘mita o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) avtomobil yo‘llari sohasida yagona texnika siyosatini olib borish sohasida:
yo‘l xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni va xorijiy mamlakatlarning tajribasini hisobga olgan holda avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash, shuningdek, yo‘l-qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalarni ishlab chiqish borasida texnik jihatdan tartibga solish borasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;
safarbarlik tayyorgarligini, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlarning safarbarlik tayyorgarligi bo‘yicha ular faoliyatini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
Qo‘mita yoki uning tegishli buyrug‘i bilan vakolat berilgan idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan respublika hududida, shuningdek, respublika hududiga kiradigan og‘ir va yirik gabaritli avtotransport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qiladi hamda avtomobil yo‘llari bo‘ylab harakatlanishi uchun yig‘imlar undiradi va ularning harakatlanishi (kirishi) uchun ruxsatnomalar beradi;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida yo‘l harakatini tartibga solishning texnik vositalari va ularning konstruksiyalari, shu jumladan foto va video qayd etish texnik vositalarining o‘rnatilishiga ruxsatnomalar beradi;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bilan muhandislik kommunikatsiyalarining ko‘ndalang kesishishiga ruxsatnomalar beradi;
Qo‘mita yoki uning tegishli qarori bilan vakolat berilgan idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining ajratilgan mintaqalarida joylashgan yer uchastkalarida va inshootlarida tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) qurishga ruxsatnomalar beradi;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining yo‘l bo‘yi mintaqasidagi yer uchastkalarida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, savdo, servis obyektlari, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati uchun boshqa obyektlarni joylashtirish va qurish uchun ruxsatnomalar beradi;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llariga tutashuvchi yo‘llar (syezdlar) qurilishi uchun texnik shartlar (ruxsat) beradi;
Qo‘mita yoki uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo‘llari bosh boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — bosh boshqarmalar) tomonidan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari chetidagi ajratilgan mintaqalarda obyektlar qurilishi uchun, jumladan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun texnik shartlar beradi;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari tarmog‘ini tegishli holatda saqlash va rivojlantirish, ularning o‘tkazish qobiliyatini oshirish, avtomobil yo‘llari foydalanuvchilariga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash, shuningdek, yo‘l va yo‘l bo‘yi servisi obyektlarini rivojlantirishni muvofiqlashtiradi;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining ajratilgan mintaqalarida yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanishni belgilangan tartibda tashkil etadi;
transport oqimlarini boshqarishning zamonaviy raqamli avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etadi;
b) avtomobil yo‘llarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
avtomobil yo‘llari ho‘jaligi sohasida amaldagi normativ hujjatlar va ajratilgan moliya manbaalardan kelib chiqib, respublikaning avtomobil yo‘llari tarmog‘ini davlat iqtisodiyoti bilan hamohang rivojlanishini ta’minlaydigan yaqin va o‘rta muddatli davlat dasturini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
avtomobil yo‘llarining texnik holatidan kelib chiqqan holda avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashning har yilgi dasturlarini shakllantiradi va amalga oshirishni muvofiqlashtiradi;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokida, shuningdek, donorlar mablag‘larini jalb qilgan holda yo‘l qurilishi sohasida loyihalar ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish va ularni loyihalashtirish, korxonalarni modernizatsiya qilish bo‘yicha manzilli ro‘yxatlarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi;
avtomobil yo‘llarini mukammal ta’mirlash va ularni loyihalashtirish ishlari bo‘yicha manzilli ro‘yxatlarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarini qurish, qayta qurish va ularni loyihalashtirish ishlari bo‘yicha manzilli ro‘yxatlarni kelishadi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarini mukammal va joriy ta’mirlash hamda ularni loyihalashtirish ishlari bo‘yicha manzilli ro‘yxatlarni kelishadi;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida favqulodda vaziyatlar oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish ishlari bo‘yicha obyektlarning manzilli ro‘yxatlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash, qishki qarov, ko‘kalamzorlashtirish va joriy ta’mirlash ishlari uchun texnologik asbob-uskunalar, texnikalar va mashina-mexanizmlar bilan jihozlash ishlari bo‘yicha manzilli ro‘yxatlarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash, qishki qarov, ko‘kalamzorlashtirish va joriy ta’mirlashning vaqtinchalik va yillik yig‘ma smetalarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi;
v) avtomobil yo‘llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash sohasida:
O‘zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxatini shakllantirish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
iqtisodiyot va aholining ehtiyojlaridan hamda davlatning strategik vazifalaridan kelib chiqqan xolda, respublika avtomobil yo‘llari tarmog‘ini istiqbolli rejalashtirish, takomillashtirish va rivojlantirish choralarini ko‘radi;
respublika umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari tarmog‘ini takomillashtirish va rivojlantirish choralarini ko‘radi;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari hisobini va O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda davlat kadastrini yuritadi;
g) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining xalqaro tranzit yo‘laklarini shakllantirish sohasida:
maxsus ruxsatnoma bergan holda, shu jumladan xalqaro tashishlarni amalga oshirayotgan yirik o‘lchamli va og‘ir yuk ko‘taradigan avtotransport vositalarining avtomobil yo‘llari bo‘yicha harakati yo‘nalishlarini belgilaydi;
xalqaro transport yo‘nalishlaridan foydalanishda xalqaro tashkilotlar va kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish choralarini ko‘radi;
tarmoqqa investitsiyalarni jalb qilish va moliyalashtirishning muqobil manbalarini, shu jumladan, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish choralarini ko‘radi;
d) avtomobil yo‘llarini moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, ta’mirlash va ulardan foydalanish masalalari kompleks hal etilishini tashkil etish hamda buyurtmachi xizmatining samarali faoliyatini tashkil etish sohasida:
bosh boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning muassisi funksiyasini amalga oshirish, ular faoliyati ustidan nazorat olib borish va iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish, shuningdek, bosh boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarda moliya-xo‘jalik faoliyatini va mol-mulkdan foydalanilishini nazorat qiladi;
zamonaviy menejment tizimlarini, ilg‘or xorijiy tajriba hamda xalqaro standartlarga muvofiq ishni tashkil etishning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish orqali tarmoqni boshqarishni takomillashtiradi;
idoraviy mansub tashkilotlarning moliya-xo‘jalik faoliyatidan kelib chiqib, yo‘l ishlarini bajarishda zaruriy foyda olinishini ta’minlash maqsadida rentabellik darajasining minimal miqdorlarini belgilaydi;
qulay va xavfsiz harakatni ta’minlash uchun umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridan foydalanishda yo‘l harakati xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
yo‘l qurilishining yirik loyihalarini moliyalashtirishga xalqaro moliya institutlarini va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarini jalb etadi;
fuqarolarni qabul qilishni tashkil etadi, jismoniy va yuridik shaxslarning og‘zaki va yozma murojaatlari o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi, ular bo‘yicha qarorlar qabul qiladi va ariza beruvchilarga qonun hujjatlarida belgilangan muddatda javob beradi;
e) avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sifati ustidan nazoratni amalga oshirish sohasida:
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va sun’iy inshootlarning texnik holatini ko‘rikdan o‘tkazadi;
avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish sohasida sifat ustidan nazoratni amalga oshiradi;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash ustidan texnik kuzatuvni amalga oshiradi;
yo‘l qurilishi, yo‘l-qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalar ishlab chiqarish sohasini texnik tartibga solishda normativ hujjatlar va talablarga rioya etilishini ta’minlaydi;
j) xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarining mavjud tarmog‘i saqlanishini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish sohasida:
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarini ta’mirlashning har yilgi dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarining mavjud tarmog‘ini ta’mirlash bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishini muvofiqlashtiradi;
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalari tarmog‘ini rivojlantirish va takomillashtirish yuzasidan shaharlar va tumanlarning bosh rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
z) ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish sohasida:
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari sohasida texnik jihatdan tartibga solish borasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi va takomillashtiradi;
avtomobil yo‘llari va yo‘l xo‘jaligi masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqadi va kelishadi;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etadi va olib boradi;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sohasida zamonaviy texnologiyalarni va yangi materiallarni joriy etish bo‘yicha tajriba ishlarini olib boradi;
i) avtomobil yo‘llari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shu jumladan, chet ellarda o‘quv-amaliyot kurslari va seminarlar tashkil etish sohasida.3
Xulosa
Ichki kommunikatsiya deganda korxona ichidagi bo’limlar o’rtasidagi, korxona ichki faoliyatini yurgizish uchun zarur bo’lgan axborot almashuvi tushuniladi. Bu erda boshqaruv bo’g’inlari (vertikal kommunikatsiya) va bo’limlararo (gorizonlatl kommunikatsiya) axborot almashuvi amalga oshiriladi.
Rahbar va bo’ysinuvchi o’rtasidagi kommunikatsiya - bu tashkilotlarda eng ko’p uchraydigan axborot almashuvidir. Masalan, tsex boshlig’i yoki masterning jamoa va ayrim xodimlar bilan jonli aloqasi juda yuksak baholanadi. Jonli aloqada rahbar faqat o’z qarorini billdiribgina qolmay, bo’ysinuvchilarga ta'sir ko’rsatishi, ularda qarorni yaxshiroq bajarish uchun tashabbus va xohish uyg’otishi mumkin. qo’pollik bilan baqirish, "so’kinish"ga va hokazolarga aslo yo’l qo’ymaslik kerak. Rahbarning shaxsiy obro’si ko’p jihatdan u o’z fikrini qay tarzda bildirishiga, qanday so’zlashiga bog’liq.
Noformal kommunikatsiya - bu rahbar atrofidagi shov-shuvlar, rahbarning xizmatga doir bo’lmagan shaxsiy aloqalari, norasmiy kanallar bilan axborot almashuvlari kiradi. Bunday axborot almashuvi chegara doirasida bo’lishi kerak.
Kommunikatsion jarayon - bu ikki va undan ortiq odamlar o’rtasidagi axborot almashish jarayonidir. Bu jarayonda to’rtta bazaviy unsur qatnashadi:
axborotni jo’natuvchi;
axborotning o’zi (xabar);
aloqa kanali, ya'ni axborotni uzatish vositasi;
axborotni qabul qiluvchi.
Ana shu to’rt unsur bir-biri bilan hamohang ishlagandagina, axborot o’z vazifasini bajaradi. Axborotlarni almashuv jarayonida har ikkala tomon (jo’natuvchi va qabul qiluvchi) faol rol o’ynashi kerak.
Eng asosiysi, transport vositalaridan foydalanish yoki egalik qilishdagi arzimagan qisqarish ham katta foyda keltiradi. Yo‘l tirbandligi chiziqli bo‘lmagan effektga duchor bo‘ladi: transport oqimidagi kichik qisqarish yo‘ldagi tirbandlikni sezilarli darajada kamaytiradi.
Sayohatlarni monitoring qiluvchi Inrix kompaniyasi 2008 yilda transport vositalari bosib o‘tgan masofaning 3 foizga qisqarishi yo‘llardagi tirbandlikning 30 foizga qisqarishiga olib kelganini ma’lum qildi. Avtomobil haydashning kamayishi natijasida atmosferaga uglerod va boshqa ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish ozaygan, shuningdek, yo‘l-transport hodisalari natijasida sodir bo‘lgan avariya va o‘limlar soni qisqargan.
Congestion pricing dunyoning ko‘plab shaharlarida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi va ommaviylashib bormoqda. Misol uchun, 2003 yilda London haydovchilardan shahar markazining tor ko‘chalari bo‘ylab harakatlanish uchun to‘lov olishni boshladi. O‘shandan beri yillar davomida olib borilgan tadqiqotlar tirbandliklar kamaygani, avtobus xizmati yaxshilanganini, baxtsiz hodisalar soni ozayganini va umumiy hayot sifati yaxshilanganini tasdiqladi.
O‘zgarib turadigan to‘lovning ayrim tanqidchilari bu kam daromadli odamlarga nisbatan adolatsizlik ekanligini ta’kidlaydilar, ammo Londonda bundan kam daromadli sayohatchilar ko‘proq manfaatdor bo‘ldilar, ertalabki soatlarda avtobus yo‘lovchilari soni 38 foizga oshdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |